Accessibility links

Ozarbayjonda prezident saylovlari

Ozarbayjonda prezident saylovlarida amaldagi rahbar Ilhom Aliyev g’alaba qozongani aytilar ekan, aksariyat fuqarolar nazarida bu – tabiiy hol. “Amerika Ovozi” Boku ahlidan fikr so’raganida, Aliyev davrida iqtisodiy farovonlik, barqarorlik mustahkamlandi, degan javoblar yangragan. Aliyev shu tariqa uchinchi bor besh yillik muhlatga saylangan. Saylov komissiyasi hisobicha, prezident 80 foizdan ko’p ovoz jamg’argan. Muxolifatdan asosiy da’vogar, tarixchi Jamil Hasanlining tarafdorlari nazarida ovoz berish jarayonida buzilishlar ko’p qayd etilgan. Bir odam bir necha martalab ovoz bergan hollar qayta-qayta kuzatilgan. Xalqaro kuzatuvchilar saylov bo’yicha hisobotini bugun kechroq e’lon qilishi kutilmoqda.
Show more

1
Prezident Ilhom Aliyev, rafiqasi Mehribon ovoz berayapti. Neftga boy Ozarbayjonda o'rtacha daromad oshib borayapti, bu esa Aliyevlar hukmronligini ta'minlovchi asosiy omil sanaladi.
2

Prezident Ilhom Aliyev, rafiqasi Mehribon ovoz berayapti. Neftga boy Ozarbayjonda o'rtacha daromad oshib borayapti, bu esa Aliyevlar hukmronligini ta'minlovchi asosiy omil sanaladi.

Bokudagi saylov uchastkasi.
3

Bokudagi saylov uchastkasi.

4

Load more

XS
SM
MD
LG