Tirikchilik qiyin, lekin Navro'z hamon dabdabali bayram

Published March 31, 2013

Tojikiston shahar va qishloqlarida Navro’z tantanalari o'tmoqda. Respublikada odatda asosan shaharlarda rahbarlar ko’zi uchun bayram tadbirlari o’tkazilar edi. Bu yilgi Navro’z sayllari esa ko'proq nohiya va qishloqlarda ko'zga tashlanadi. Mahallalarda sumalak uchun dosh qozonlar ilgarigidek ko’p emas. Odamlarning katta dasturxon yozishga qurbi yetmaydi. Ammo bayram – bayramda, Navro’zni nishonlamay bo’ladimi, oz bo’lsada sumalaklar qilinayapti, shifobaxsh giyohlardan turfa pishiriqlar tayyorlanmoqda. Tog’liklarning qurutobi, ipdek ingichka kesilgan ugrasi va vohadagi qo’lbola lag’monlar, sutli, mayiz-yong'oqli patirlar, qazi solib damlangan osh, to’g o’tlari solib qaynatilgan suyuq osh… Bularning hammasi dasturxon ko’rki bo’lib qolmoqda.


This forum has been closed.
Comments
     
There are no comments in this forum. Be first and add one