AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Iroqda

Amerika Ovozi

Published June 23, 2014

AQSh bosh diplomati Jon Kerri Iroqqa tashrif buyurdi. U mamlakatda rasmiylar bilan xavfsizlik borasida yuzaga kelgan muammolarni muhokama qildi. So'nggi haftalarda "Iroq va Shom islomiy davlati" guruhi jangarilari Iroqning qator shaharlarini egallab olgan. Ular poytaxt Bag'dodga yurish qilish niyatida.

2

Iroq Bosh vaziri Nuri al-Malikiy

3

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri (chapda) Iroq Oliy islomiy kengashi rahbari Sayyid Amar Al-Hakim bilan uchrashmoqda, Bag'dod, Iroq, 23-iyun, 2014-yil.

4

Davlat kotibi Jon Kerri Bag'doddagi elchixonada amerikalik askarlar bilan ko'rishayapti.

5

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Iroq Bosh vaziri Nuri al-Malikiy bilan uchrashish uchun Bag'doddagi AQSh elchixonasini tark etmoqda, 23-iyun, 2014-yil.

6

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri (chapda) Iroq Bosh vaziri Nuri al-Malikiy bilan, Bag'dod, Iroq, 23-iyun, 2014-yil.
 

7

"Iroq va Shom islomiy davlati" guruhi jangarisi ko'chada mashina ichidagi odamlarga Qur'on kitobini tarqatmoqda, Mosul, Iroq, 22-iyun, 2014-yil.

8

"Iroq va Shom islomiy davlati" guruhi jangarisi ko'chada mashinalar harakatini tartibga solmoqda, Mosul, Iroq, 22-iyun, 2014-yil.
 

9

Iroq xavfsizlik kuchlari hamda ko'ngilli askarlar Diyala viloyatining Udaym shahri atrofida qo'riqchilik qilmoqda, 22-iyun, 2014-yil.

10

Iroq xavfsizlik kuchlari vakillari hamda ko'ngilli askarlar Diyala viloyatining Udaym shahri atrofida, 22-iyun, 2014-yil.
 

11

Shimoliy Iroqning Irbil shahri yaqinida tiklangan Xazir qochoqlar lageri, 22-iyun, 2014-yil.

This forum has been closed.
Comments
     
There are no comments in this forum. Be first and add one