Dunyo bo'ylab Ramazon

    Amerika Ovozi

    Published July 01, 2014


    Musulmonlar uchun Ramazon oyi boshlandi. Bu oy 30 kun davomida islom dini vakillari sahardan shomgacha oziq-ovat yemasdan va ichimlik ichmasdan ro'za tutadi. Xuftondan so'ng esa masjidlarda taroveh namozlari o'qilib, Qur'on xatm qiladilar.

    1

    Shimoliy Iroqning Irbil shahri yaqinida qochoqlar uchun iftorlik dasturxoni tayyorlanmoqda, 29-iyun, 2014-yil.

    2

    Falastinlik pazandalar shirin kulcha tayyorlamoqda. Shirin kulchaga, odatda pishloq va yong'oq mag'zi solinadi va u Falastin oilalarida ko'p tayyorlanadi, G'arbiy sohildagi Jenin shahri, 29-iyun, 2014-yil.

    3

    Indoneziyada iftorlik oldidan oziq-ovqat rastalarida savdo qiziydi, Jakarta, 30-iyun, 2014-yil.

    4

    Iroqdagi qochoqlar iftorlikka bepul ovqat olish uchun navbatda turibdi, Irbil yaqinidagi Xazer qochoqlar lageri, 29-iyun, 2014-yil.

    5

    Suriyalik bola ko'chada non sotmoqda, Xalab, 29-iyun, 2014-yil.

    6

    Iroqlik qochoqlarga yuk mashinasida iftorlik tarqatilmoqda, Xazer qochoqlar lageri, Irbil, 29-iyun, 2014-yil.

    7

    Misrda jamoat joyida yozilgan iftorlik dasturxoni, Qohira, 29-iyun, 2014-yil.

    8

    Pokistonda odamlar masjidda og'zini ochmoqda, Peshavor, 29-iyun, 2014-yil.

    9

    Pokistondagi masjidlardan birida odamlar og'zini ochishdan oldin duo qilmoqda, Peshavor, 29-iyun, 2014-yil.

    This forum has been closed.
    Comments
         
    There are no comments in this forum. Be first and add one