Published February 15, 2013
O’zbekiston hayotini uzoq yillardan beri o’rganib kelayotgan olim Rassell Zanka aslida Nyu-Yorkdan, Kvins tumanida katta bo’lgan. Mahallasiga O’zbekistondan ko’chib kelgan muhojirlar, ayniqsa buxorolik yahudiylar bilan tanishib, o’lkaga qiziqib qoladi. O’zbekiston u yoqda tursin, hatto butun Markaziy Osiyo ko’plab amerikaliklar uchun hali ochilmagan dunyo edi, deydi Rassell Zanka. Mana shu cheksiz qiziqish uni antropologiya sohasiga yetakladi va yillar o’tib, olim mintaqaning bugungi kuni, O’zbekiston xalqi va uning turmushi haqida kitoblar yozdi. Rassell Zanka Chikagoda Shimoli-sharqiy Illinoys universitetida dars beradi. Yaqinda Vashingtonga kelganida, uni suhbatga tortdik.