Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
Sanjar Umarovning rafiqasi bosh prokuraturaga ochiq xat yo'lladi


07/11/2005

O'zbekistonda muxolifatdagi "Serquyosh O`zbekistonim"  koalitsiyasining hibsdagi rahbari Sanjar Umarovning turmush o`rtog`i Indira Umarova O`zbekiston Bosh prokuroriga  ochiq xat yo'llagan. Maktubda  Umarovning salomatligini tekshirish uchun mustaqil xalqaro tibbiy ekspertlar ishtirokidagi  komissiya chaqirish talab qilinadi.

 

Indira Umarovaning yozishicha, u o'zining 30 yillik turmush o'rtog'ining sog'lig'idan qattiq xavotirda.

 

Shuningdek, Indira Umarova advokat Vitaliy Krasilovskiy tomonidan Sanjar Umarovga tibbiy xizmat ko`rsatilishi haqida berilgan arizaning hamon javobsiz qolayotganligidan ham tashvishda.

 

“Serquyosh O`zbekistonim” koalitsiyasi vakillariga ko`ra ayni paytda Sanjar Umarovning turush o`rtog`i O`zbekistonda emas.

 

O`zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati boshlig`i Svetlana Ortiqovaning aytishicha, ochiq xat hozirda ko'rib chiqilmoqda.   

 

“ O`zbekiston bosh prokuraturasiga yuborilgan ochiq xat tergovchilar tomonidan o`rganilmoqda va tegishli ravishda javob beriladi. Sanjar Umarovning sog`ligi yaxshi, u tbbiy xizmatga muhtoj emas, deb hisoblaymiz. Lekin bundan qat'iy nazar,  ochiq xat o`rganiladi va qonunchilikkka muvofiq tarzda javob beriladi”, - deydi Ortiqova.

 

Sanjar Umarov O`zbekiston prokuraturasi tomonidan 3,5 milliard so`m miqdordagi mablag`ni o`zlashtirganlikda ayblanib, hibsga olingan edi.

 

Kuzatuvchilarga ko`ra esa Sanjar Umarovning hibsga olinishi uning muxolifatdagi faoliyati bilan bog`liqdir.

 

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun
  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?