Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
O'zbek hunarmandchiligi ko’rgazmasi - Vashingtonda


12/11/2005
O'zbekiston elchixonasidagi ko'rgazmadan tafsilotlar audio clip

Marg'ilon to'qimachilik san'atidan namunalar
Marg'ilon to'qimachilik san'atidan namunalar
O’zbekistonning AQShdagi elchixonasida O’zbekiston hunarmandchiligi ko’rgazmasi boshlandi. Unda asosan Farg’ona vodiysidan bo’lgan ustalarning ijodiy namunalari namoyishga qo’yilgan.
 

Rishton kulolchilik san’at maktabi va Marg’ilon to’qimachilik san’ati haqida biluvchilar yanada ko’paydi, desak xato bo’lmaydi. O’zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida ko’rgazmaga qo’yilgan kulolchilik va to’qimachilik namunalari Amerika ommasiga O’zbekistonning noyob, rang-barang tarixiy va madaniy merosi haqida so’zlayotgandek…

Rishton kulolchilik maktabi ustasi Rustam Usmonov bunday ko’rgazmalarga o’rganib qolgan.

Rishton kulolchilk maktabi ustasi Rustam Usmonov
Rishton kulolchilk maktabi ustasi Rustam Usmonov
“Men mazkur ko’rgazmaga 250 dan ziyod eksponatlarni olib keldim. Amerikada ikkinchi marotaba bo’lib turibman. Mazkur yilning iyul oyida Nyo Meksika shtatining Santa Fe shahrida ham xalqaro ko’rgazma va savdo yarmarkasida qatnashdim. 85 nafar istirokchilar orasida bizning san’at namunalrimiz amerikaliklar orasida katta qiziqish uyg’otdi”, dedi usta Rustam Usmonov.

Shuni ta’kidlash joizki, 2006 yilning mart oyida Tatariston poytaxti Qozonda ustaning shaxsiy ko’rgazmasi tashkil etiladi.

Tadbir avvalida O’zbekiston elchisi Abdulaziz Komilovning rafiqasi Gulnora Rashidova mehmonlarga tashrif uchun tashakkur bildirdi.  Shundan so’ng mehmonlar uchun O’zbekistonning tarixiy madaniyati va uning dunyo tsivilizaciyasiga qo’shgan hissasi haqida so’zlovchi hujjatli film namoyish etildi. Mehmonlar, shuningdek, Vashingtonda tashkil etilgan, mashhur raqs ustasi, Qizlarhon Do’stmuhamedovaning amerikalik shogirdi, Lorel Viktoria Grey boshchiligidagi “Ipak Yo’li” raqs dastasi ijrosidagi raqslardan bahramand bo’lishdi.

Rishtonda yaratilgan likopchalar, laganlar, piyolalarni ko’zdan kechirib,  betakror ranglar jilosida yaratilgan to’qimachilik durdonalari tomon yo’l olamiz.  Turli adras, bahmal, shoyi parchalari, so’zanalar…

Qo’lda to’qilgan Marg’ilon gilamlari ustasi Fazliddin Jumanov san’atini ko’z-ko’z qilarkan, jumladan shunday deydi:    

Marg'ilonlik usta, Fazliddin Jumanov
Marg'ilonlik usta,  Fazliddin Jumanov
“Yoshligimdan to’qimachilikka qiziqib kelaman. Asosan, eskirgan va qadimda mashhur bo’lgan matolarni yana qayta tiklashga harakat qilaman. Bundan tashqari 30 ga yaqin mualliflik ishlarim ham bor. Hozirda, Marg’ilonda yosh bolalar uchun to’qimachilik to’garagi ochib, san’atning mazkur turiga mehr qo’yganlar uchun, o’zimning bilganlarimni o’rgatib kelmoqdaman.”

Amerika-O’zbekiston orasidagi madaniy almashinuv bundan 9 yil oldin sobiq elchi Sodiq Safayev tashabbusi bilan yo’lga qo’yilgan. Bu borada biroz ma’lumot olish uchun O’zbekiston elchixonasi bilan yaqindan hamkorlik qilib kelayotgan O’zbekiston Do’stlari Jamg’armasi vitse-prezidenti Marti Shanklinni so’zga tutamiz. 

“Bundan 9 yil oldin bir guruh amerikalik sayyohlar qatorida men O’zbekistonda bo’lganimdan beri bu yurtga mehrim oshgan. Ayniqsa, noyob madaniyati va o’ziga xos urf –odatlari haqida do’stlarimga bildirgim keldi. Biz o’zbek oilalarida istiqomat qildik, ularning hayoti bilan tanishdik. Shu qatorda ular ham AQShga tashrif buyurib, bizning hayotimizga nazar tashlashdi. Bugunda biz jamg’armamizni keng miqyosda targ’ib qilib, O’zbekiston elchixonasiga turli madaniy tadbirlarni o’tkazishga yaqindan yordam berayapmiz”, dedi Marti Shanklin.

“Ko’rgazmaga kelishimdan maqsad”, deydi biz bilan suhbatlashgan yana bir mehmon, “O’zbekiston tarixiga, madaniyatiga va an’analariga qiziqadigan ko’plab odamlar bilan tanishish.”

O’zini Sammer Koysh deb tanishtirgan bu inson yaqinda Markaziy Osiyo madaniyati jurnalini tashkil etganini aytadi.

“Jurnalning birinchi sonini O’zbekiston san’atiga va madaniyatiga bag’ishlamoqchiman. Bu yerda tomosha qilgan o’zbek raqsi, hunarmandchilik namunalari meni yanada hayratga soldi.” 

Ko’rgazmada eksponat sifatida qo’yilgan asarlar savdosi ham tashkil etilgan.  Turli buyoqdor likopchalar, sozanalar va adraslar Amerika ayollari tomonidan katta qiziqish bilan xarid qilinayotganini ko’rasiz. Ko’rgazma 12 noyabrga qadar davom etadi.

 

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun
  Bosh mavzu
Rossiyaga oltin, Gruziyaga kumush, AQShga esa bronza?

  Boshqa xabarlar
Rossiya Gruziya kuchlarini Abxaziya va Osetiyaga yo'latmaydi
NATOning nimaga qodirligi sinovdan o'tmoqda
O'zbeklar tarixi haqida yangi kitob  Audio Clip Available
Paxtakorlar: O'quvchilarsiz hosilni kim teradi?
Polsha AQSh mudofaa tizimini qabul qilishga tayyor
Rossiya Gruziyadan chiqishga undayotgan hujjatga veto qo'yadi
Rossiya tinchlikparvar kuchlari Janubiy Osetiyani tark etmaydi
So'zlar urushi: AQSh "ko'zbo'yamachi"; Rossiya "buzg'unchi"
O'zbekiston Janubiy Osetiyaga insonparvarlik yordami beradi
O'zbekiston aholisining qariyb uchdan biri xorijda
Tahlilchilar: Gruzin va osetinlar siyosiy o'yinlar qurboni
Millatchilik - Kavkazdagi mojaro zaminida yotgan omil
Rossiya AQShga: Yo biz bilan hamkorlik, yo "demokratik proyekt"
Rossiya MDHning istalgan davlatini istilo qilishi mumkinmi?
Bushning yosh mustaqil davlatlarga nisbatan siyosati qoralanmoqda
Hukumatni muloqotga chorlagan muxolifatchi badarg'a qilingan
Sharh: Rossiya agressor, ammo Gruziya ham farishta emas