Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
Karimov: Rossiya bilan harbiy hamkorlikni tiklash - asosiy masala

14/11/2005

Islom Karimov
Prezident Karimov
14 noyabr kuni Moskvada O’zbekiston prezidenti Islom Karimov Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan O’zbekiston va Rossiya o’rtasidagi ittifoqchilik haqidagi shartnomaga imzo chekdi.

Ittifoqchilik haqidagi shartnoma O’zbekiston va Rossiya o’rtasidagi strategik shartnomaning mantiqiy davomi ekanligi aytilmoqda. Mazkur  shartnoma xavfsizlik, harbiy hamkorlik, mudofaa sohalarini ham qamrab oladi.

O’zbekiston prezidenti Rossiyaga jo’nab ketishdan avval mahalliy ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusuda shartnoma imzolashdan ko’zlangan maqsadlar haqida, jumladan, shularni aytgan:

“Bu shartnoma ittifoqchilik masalalarini rivojlantirish uchun nimalarni  ko’zda tutilayapti: avvalambor, harbiy hamkorlik, qurolli kuchlarni qurollantirish, hamkorlikni yangi pog’onalarga ko’tarish, bu borada Rossiyadan ko’mak olish. Mana shu shartnoma kuchga kirganda, O’zbekistonga yovuz, g’araz niyatlar bilan qilingan hamla yoki bostirish harakatlari bu Rossiyaga qo’l ko’tarishdek baholanadi va shunga qarab xulosalar, qarorlar  chiqariladi.”

Shartnoma haqidagi dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, imzolagan tomonlar biron hukumat rejimi xavf ostida qolganda ikkinchi tomon mamlakatga kirib harbiy yordan ko’rsatish majburiyatini oladi.

Kuzatuvchilarga ko’ra, mazkur shartnoma haqiqatda O’zbekiston hukumati va Rossiya hukumati  o’rtasidagi ittifoqning cho’qqiga chiqayotganligini bildirsa, ikkinchi tomondan    ittifoqchilik shartnomasining imzolanishi ijtimoiy  to’lgo’nishlar xafi ostida  turgan  O’zbekiston uchun o’ta xatarli bo’lishi ham mumkin ekan.

Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov shunday fikr bildiradi:

“Janob Putinnig bu hatti harakatlarini O’zbekistonning ichki ishlariga aralshish deb baholayman. Bu bilan Rossiya O’zbekistondagi mavjud tuzim avtoritarizmni tan olishini,  mutloqo qo’llab quvvatlashga intilish va shu orqali xalqning, jamiyatning jabr zulumlari orqali o’zining manfaatlarini qondrish deb hisoblayman. Rossiya o’z manfaatlarini O’zbekistonda parvarishlashi kerak, lekin bu malum bir balans saqlangan holda amalga oshirilishi kerak. Brinchi o’rinda hukumatning manfaatlarini hisobga olib, jamiyatning manfaatlarini inkor etish, bu rossiya tomonidan qilinayotgan asosiy xatolarning biri. Chunki, hozirgi paytda O’zbekiston hukumati va jamiyati o’rtasida jipslik, birlik umuman yo’q, ular o’rtasidagi muxolifatchilikkayfiyati hammaga ayon bo’lishi kerak.”

Karimovning Rossiyaga safari davomida mintaqa xavfsizligi, Mustaqil Davlatlar Hamdo’sligi Tashkiloti faoliyatini rivojlantirish, Shanxay Hamkorlik Tashkilotini faoliyati, O’zbekiston va Rossiya harbiy hamkorligi, milliy xavfsizlik masalalari muhokama qilinishi aytilmoqda.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun
  Bosh mavzu
Barak Obama Markaziy Osiyodagi vaziyat bilan tanishmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh Afg'onistonga yuk yuborishning muqobil yo'llarini izlamoqda
Rossiya Dumasi prezidentlik muddatini uzaytirdi
Qimmatchilik amerikaliklarni kasalxonalardan uzoqlashtirmoqda
Elektromobillar - yangi zamon ulovlari
Kongressda AQSh-Iroq bitimi muhokama qilinmoqda
Past iqtisodiy ko'rsatkichlar birjaga ta'sir qilmoqda
Solijon Abdurahmonov ishi qayta ko'rildi, ammo hukm o'zgarmadi
NATO Afg'onistonda qo'shinlar ko'payishini kutmoqda
Hindistonda Tibet ozodlik harakatining kelajagi muhokamada
Demokratlar: Respublikachi qonunchilar bilan hamkorlikka tayyormiz
G'arb va Yaqin Sharq adovatini tahlil qiluvchi yangi kitob
Yonilg'iga tashna Yevropa Markaziy Osiyoni ko'z ostiga olmoqda
O'zbekistonda kredit tizimi bor, ammo xalqqa nafi sezilmaydi
Dunyo bo'ylab iqtisodiy o'sish sur'atlari pasayib bormoqda
Inqiroz asoratlari: pul yo'q, xalq norozi, muhojirlar ishsiz
O'zbekistonda SPIDga oid ma'lumotlar sir saqlanmoqda
O'zbekiston Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatidan chiqmoqchi