Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
O'zbekistonga aynan nima tahdid solmoqda?


16/11/2005

Putin va Karimov

 Putin va Karimov                  2005 yil, 14 noyabr, Moskva

14 –15 noyabr kunlari O’zbekiston prezidentining Rossiyaga qilgan tashrifi natijasida O’zbekiston va Rossiya o’rtasida ittifoqchilik shartnomasining imzolanishi muxolif partiyalar va mustaqil kuzatuvchilarning qarshiligiga uchramoqda.

 

O’zbekiston va Rossiya o’rtasida imzolangan ittifoqchilik shartnomasida biron davlat hukumati xavf ostida qolganida ikkinchi bir davlat xavfsizlik yordami, jumladan harbiy yordamlarni ko’rsatishining belgilanishi, kuzatuvchilarning muxolif partiya vakillarining etiroziga sabab bo’lmoqda. Ba’zi kuzatuvchilar ittifoqchilik shatnomasini  ixtiyoriy tarzda Rossiya qaramog’iga krishdagi qadam sifatida ham baholashmoqda.

 

Muxolifatdagi “Ozod dehqonlar” partiyasining markaziy kengashi vakili Bahodir Nomozovga ko’ra, O’zbekiston prezidenti aynan o’ziga bo’lgan tahdidni his etmoqda va shuning uchun ham Rossiyadan panoh qidirayapti.

 

“O’zbekistonga hech kim tahdid solayotgani yo’q, O’zbekiston prezidenti jahon ommasi tomonidan ko’rsatilayotgan tayziqlardan qochib rossiyaning pinjiga yashirinmoqchi”, - deydi Bahodir Nomozov.

 

“Siyosat” axborot-tahlil markazining eksperti Qobilbek Karimbekov O’zbekistonga nisbatan kutilayotgan quyidagi tahdidlar haqida gapiradi:

 

“Birinchi tahdid xalqaro terrorizm. Mintaqamiz O’zbekiston uchun diniy ekstremiz, dinni niqob qilib olgan guruhlarning janubdan kutilayotgan tahdidi kuchli. Rossiyada imzolangan bitim haqida gapiradigan bo’lsak, bu bugun erta O’zbekistonga Rossiya qo’shinlari kiradi degani emas, lekin agar tahdid tug’ilsa Rossiya va O’zbekiston harbiy hamkorligi davom etadi.”

 

Mahalliy kuzatuvchilardan biri Sharof Ubaydullayevning fikricha esa “Eng birinchi xafv bu xalqning iqtisodiy ahvoli, uning ijtimoiy himoyalanmaganligi. Iqtisodiy ahvolni o’nglash chorasini qilolmagan ba’zi bir rahbarlar, O’zbekistonda diniy ekstremizm, akromiylar qiyofasida qandaydir xafv borligini ko’rsatishlari bu iqtisodiy muammolarni hal eta olmagan kishilarning shunchaki bahonasi”, - deydi Ubaydullayev.

 

Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimovga ko’ra esa Rossiya armiyasi O’zbekistonga tahdid bo’lishi bo’lmasligidan qat'iy nazar kirishi mumkin.

 

“Rossiya bu shartnoma orqali O’zbekistonga o’z harbiy bazasini kiritishni ko’zda tutayotgani tabiiy, lekin mafaatlarini tor doira bilan kelishib amalga oshirishda xatoga yo’l qo’ymoqda”, - deydi siyosatshunos.

 

Ko’pchilikning fikricha, xalqaro hamjamiyat tomonidan tanqidga olinayotgan O’zbekiston hukumatining xavfsizligini ta’minlashga Rossiya tomonidan kafolat berilayotganligi  Rossiyaning xalqaro maydondagi obro’sini tushirish bilan birgalikda, uning kelajakda O’zbekiston bilan bo’layotgan munosabatlariga ham jiddiy putur yetkazishi mumkin.

 

Kuzatuvchilar nazarida, mamlakatda Rossiya harbiy bazasi joylashadigan va yoki biron vaziyatda armiya kiritiladigan bo’lsa va O’zbekistonda Rossiyaning gaz va neft kompaniyalari uchun yetarli sharoit yaratilgach, bu holatda mustaqil O’zbekiston uchun chet el bilan  aloqalarda o’z manfaatlarini himoya qila olishi oson kechmaydi.  

 

 

 

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun
  Bosh mavzu
Kollektiv xavfsizlik a'zolari Rossiyaning Janubiy Osetiyadagi harakatlarini yoqladi

  Boshqa xabarlar
Tojikistonda radikal diniy oqim – salafiylar kuchaymoqda
Taniqli olim, nodir inson, tilshunos Xayrulla Ismatullayevni xotirlab…
Makkeyn: "Amerika xalqidan boshqa hech kimga xizmat qilmayman"
Yevropa Ittifoqi: Gruziyadagi mojaro xalqaro tergov qilinsin
AQSh kelajakda lotin amerikaliklar mamlakati bo'ladi
BMT Qochqinlar agentligi Goridagi vaziyatdan xavotirda
AQSh: Gruziyaga harbiy emas, iqtisodiy yordam beriladi
Jurnalist Solijon Abdurahmonovning sud kuni belgilandi
Tanishing: Sara Peylin, AQShning ehtimoliy vitse-prezidenti
Eron yoshi yetmagan insonlarni qatl etganlikda ayblanmoqda
Putin Rossiyaning O'zbekistondagi pozitsiyasini mahkamladi
AQShda minglab musulmonlar ro'za tutmoqda
Dik Cheyni Tbilisiga 1 milliard dollarlik yordam paketi yetkazadi
G'arb va Rossiya orasida so'z urushi avjida
Makkeyn va Peylin: Oq Uy "bizniki" bo'ladi
Karimov: Putin ishonchli do'st, Rossiya esa munosib hamkor
Gruziya va Rossiya kassetali bombalar ishlatgan
AQShda vitse-prezidentlikka nomzod atrofida mashmashalar
Amnistiya siyosiy mahbuslarni chetlab o'tishi mumkin