Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
Kongress O'zbekistonda inson huquqlari e'zozlanishiga chaqirmoqda


19/11/2005

Kapitoliya, Vashington 
Yaqinda AQSh Kongressining Vakillar palatasida “Serquyosh O’zbekistonim” koalitsiyasining hibsdagi rahbari Sanjar Umarov ahvoliga xavotir bildirilib, maxsus rezolyutsiya loyihasi taklif etildi. Sal oldin, xuddi shu mavzuda Senatda ham rezolyutsiya chaqiriqlari bo’lgan edi.

2 noyabr kuni AQSh Senatining Xalqaro aloqalar bo’yicha qo’mita raisi respublikachi Richard Lugar tomonidan taklif etilgan rezolyutsiya “Serquyosh O’zbekistonim” koalitsiyasining O’zbekiston hukumati tomonidan qalloblikda ayblanib qamoqqa olingan rahbari Sanjar Umarovning ishi adolatli ravishda ko’rilishi lozim, degan talabni olg’a suradi. Rezolyutsiya birinchi o’qishda ma’qullandi va senatorlar tomonidan hech qanday qarshilik yoki o’zgartirishsiz qabul qilindi.

Oradan 10 kun o’tib, Vakillar palatasining yetakchi a’zolari, jumladan Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha quyi-qo’mita raisasi respublikachi Ileana Ros-Leytinen (Ileana Ros-Lehtinen), demokrat Gari Akermen (Gary Ackerman), respublikachi Marsha Blekburn (Marsha Blackburn), demokrat Xerold Ford (Harold Ford) Umarovning qamoqdagi ahvolidan xavotirda ekanliklarini bildirib, O’zbekistonda inson huquqlari e’zozlanishi va har bir fuqaroning fundamental erkinligini ta’minlashga chaqirgan rezolyutsiyani taklif qildilar.

Ileana Ros-Lehtinen
Respublikachi Ileana Ros-Leytinen -     AQSh Vakillar Palatasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo masalalari bo'yicha quyi-qo'mitasi raisasi
- Rezolyutsiya Sanjar Umarovning ishiga urg’u beradi, -deydi Ileana Ros-Leytinen. - Ammo biz butun Markaziy Osiyo bo’ylab, butun O’zbekiston bo’ylab, barchaning inson huquqlari himoyalanishi tarafdorimiz, - deydi u. 

O’zbekistonda minglab siyosiy mahbuslar bor. Nima uchun aynan Sanjar Umarov haqida gap ketyapti, deb so’rarkanmiz, Ros-Leytinen xonim, “Umumiy gaplar bilan ish bitmaydi,” -deydi.

- Maqsad, huquqi poymol etilayotgan bir shaxs misolida butun mamlakatda fuqaro erkinligi buzilayotganini aks ettirish. Biz Markaziy Osiyodagi har bir mamlakatdagi inson huquqlari ahvolini shunday izohlaymiz. Bir kishining taqdiri mamlakatdagi fuqarolar taqdirini namoyon etadi. Xalqaro jamoatchilik uchun buni tushunib yetish juda muhim, - deydi AQShning mintaqaga nisbatan siyosati ortida turgan Kongress a’zosi Ileana Ros-Leytinen.

O’zbekiston hukumati Kongress chiqarayotgan bu rezolyutsiyalarga javob beradi, deb o’ylaysizmi? – degan savolga Ros-Leytinen xonim shunday javob beradi:

- Men, AQSh qonun chiqaruvchisi sifatida, hukumatimiz boshqa davlatlarga qanday siyosat yuritishni buyurishi kerak, deb hisoblamayman. 

- Biz O’zbekistonga, mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligi uchun odil va mustaqil sud katta ahamiyatga egaligini, aytyapmiz. Aytingchi, qaysi xalq va qaysi insofli fuqaro adolat ravnaq topishini istamaydi? Har qanday ayblanuvchi uning barcha huquqlari e’zozlangan holda sudga tortilmog’i lozim. AQSh har bir xalqqa shuni tilaydi,-deydi Ros-Leytinen xonim.

Respublikachi qonun chiqaruvchining fikricha, muxolifat a’zolariga, tadbirkorlarga soxta ayblar qo’yib, ularni panjara ortiga tashlash, ularni qiynoqqa solish va xalqdan bu haqiqatni yashirish hech bir jamiyatga yarashmaydigan hol. - Biz bunga qat’iyan qarshimiz,- deydi Ros-Leytinen xonim.

Sanjar Umarovning ahvolidan qattiq tashvishda bo’lgan  oilasiga ko’ra, uning qamoqxonadan berilgan kiyim-kechaklarida qon dog’lari va kuygan joylar topilgan. Ammo, advokatining aytishicha, Umarovning badanida kuygan joylar ko’zga tashlanmagan.    

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun
  Bosh mavzu
Barak Obama Markaziy Osiyodagi vaziyat bilan tanishmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh Afg'onistonga yuk yuborishning muqobil yo'llarini izlamoqda
Rossiya Dumasi prezidentlik muddatini uzaytirdi
Qimmatchilik amerikaliklarni kasalxonalardan uzoqlashtirmoqda
Elektromobillar - yangi zamon ulovlari
Kongressda AQSh-Iroq bitimi muhokama qilinmoqda
Past iqtisodiy ko'rsatkichlar birjaga ta'sir qilmoqda
Solijon Abdurahmonov ishi qayta ko'rildi, ammo hukm o'zgarmadi
NATO Afg'onistonda qo'shinlar ko'payishini kutmoqda
Hindistonda Tibet ozodlik harakatining kelajagi muhokamada
Demokratlar: Respublikachi qonunchilar bilan hamkorlikka tayyormiz
G'arb va Yaqin Sharq adovatini tahlil qiluvchi yangi kitob
Yonilg'iga tashna Yevropa Markaziy Osiyoni ko'z ostiga olmoqda
O'zbekistonda kredit tizimi bor, ammo xalqqa nafi sezilmaydi
Dunyo bo'ylab iqtisodiy o'sish sur'atlari pasayib bormoqda
Inqiroz asoratlari: pul yo'q, xalq norozi, muhojirlar ishsiz
O'zbekistonda SPIDga oid ma'lumotlar sir saqlanmoqda
O'zbekiston Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatidan chiqmoqchi