Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
Amerika harbiylari O'zbekistonni tark etdi


22/11/2005

Xonobod aerodromi
Xonobod aerodromi
AQSh O`zbekistondan o’z harbiy kuchlarini chiqarib bo’ldi.  Kecha, 21 noyabr kuni, AQShga tegishli oxirgi samolyot  Qashqadaryodagi “Xonobod ” aerodromini tark etgan.

O`zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati berayotgan ma’lumotga ko`ra, AQSh  harbiylarining Xonobod aerodromidan chiqib ketishi munosabati bilan Ozbekiston va AQSh rasmiy vakillari ishtirokida marosim bo`lib o`tgan. Vazirlik matbuot kotibi Rahimjon Nurnazarovning aytishicha:

“Mahalliy vaqt bilan 15:30 larda AQSh harbiy samolyoti O`zbekistondan uchib ketdi va shu bilan AQShning harbiy bazasi yopildi. Marosimda O`zbekiston tomonidan okrug qo`mondoni general-mayor Alisher Sobirov AQSh tomonidan polkovnik Mak Kover ishtirok etgan. AQSh rasmiy vakili O`zbekiston tomoniga minnatdorchilik bildirgan va harbiylarga yorliqlar topshirilgan”.

Matbuot kotibi AQSh tomonidan Xonobod harbiy bazasidan foydalanilganligi uchun ajratilgan 23 million AQSh dollari haqida aniq ma’lumotlarga ega emasligini aytadi.

Avvaliga AQSh Senati O`zbekistonda muttasil ravishda inson huquqlari buzilayotgani, tayziqlar ko`rsatilayotgani bois,  Xonobod uchun ajratilgan pulni ma’lum muddatgacha ushlab turish haqida qaror chiqargan edi.

Xonobod aerodromi AQSh harbiy bazasiga Afgo`nistondagi aksilterror operatsiyalariga yordam sifatida berilgan edi. Biroq shu yilning may oyida Andijonda bo`lib o`tgan voqealardan so`ng  O`zbekiston Senati AQSh harbiy bazasini olib chiqib ketilishi haqida qaror chiqardi. Kuzatuvchilarga ko`ra bunga AQShning Andijon voqealarini mustaqil xalqaro tergov qilish haqidagi talabi sabab bo`lgan. O`zbekiston rasmiylari esa bazaning chiqarilishi  Afg`onistondagi vaziyatning barqarorlashganligi bilan bog’liq, deb ta’kidlashadi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun
  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?