Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
YTTB O'zbekistondagi faoliyatini xususiy sektorda davom ettiradi


23/11/2005

Mahalliy axborot vositalari taraqqiyotida ko’maklashuvchi Internews tashkiloti O`zbekistondagi faoliyatini tugatganidan keyin bir kun o’tib, Reuters axborot agentligi Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YTTB) ham O`zbekistondagi  faoliyatini  to`xtatishga qaror qildi, degan xabar tarqatgan edi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, xalqaro bank O’zbekistonda xususiy sektor bilan ishlashda davom etadi.

Bankning Londondagi bosh idorasidan O`zbekiston bo’yicha mutaxassis Bonora Bennettning xalqaro matbuotga bergan ma’lumotida, YTTB O`zbekistondagi faoliatini tugatmoqchi emas, biroq, bank ma'muriyatining O`zbekistondagi inson huquqlariga oid vaziyat yuzasidan jiddiy tashvishda. 

 

Bonora Bennettning aytishicha, YTTB shu yilning iyul oyida O`zbekiston bilan hamkorlikka oid ikki yilga mo`ljallangan dastur qabul qilgan.  Bu dasturda  O`zbekiston hukumati Andijon voqealari yuzasidan  va 2004 yilda bo`lib o`tgan parlament saylovlaridagi qonunbuzarliklar uchun tanqidga olingan. 

 

YTTB prezidenti Jan Lemmeerning O`zbekiston prezidenti nomiga y`ollagan maktubida  O`zbekiston  hukumati  siyosiy islohatlar o`tkazish haqidagi muloqotni natijasiz qoldirayotganligi tufayli,  bank hukumat bilan ishlay olmasligi, faqatgina O`zbekistondagi xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlashi bildirilgan.

 

YTTBning Toshkentdagi vakolatxonasiga ko`ra hozirda bank tomonidan O`zbekistondagi bir nechta xusisiy korxonalarga sarmoya berilgan va vakolatxona faoliayati bank tomonidan qabul qilingan ikki yillik strategiya asosida davom etmoqda. 

YTTB vakolati doirasiga u hamkorlik qiulayotgan amalakatda so`z erkinligi va inson huquqlari, iqtisodiy erkinliklarga oid vaziyatni kuzatish  ham kiradi.

O`zbekiston hukumati bu sohalarda islohatlar o`tkazilishi haqida YTTBning 2003 yilda Toshkentda o’tgan yillik yig`ilishida takidlangan edi. Biroq keyinchalik vaziyat o`zgarmagach bankning hukumat bilan hamkorligi tobora qisqarib borayotgan edi.

Mahalliy kuzatuvchi Bahtiyor Isabekka ko`ra, O`zbekiston hukumati tomonidan barcha xalqaro tashkilotlar chiqarilayotgani va shunga muhut yaratilgani tabiiydir.

“Chunki, shundoq bo`lsa ham, buni qo`llab turish kerak, tinchlik kerak, degan qarash bilan ish tutishdi. Nahotki, aqshlik, angliyalik yoki boshqa siyosatchilar tushinishmaydiki, hech qachon totalitar tuzumda turgan odam, o`z xalqiga o`zi do`st bo`lmagan odam, biron bir demokratik tuzumga do`st bo`la olmaydi. O`zbekistonning ulardan burilib buyoqqa o`tishi, bu tabiiy jarayon edi va bu jarayonga aynan o`sha demokratik davlatlar o`zi istabmi, istamaymi yo`l ochib berishdi”, - deydi Bahtiyor Isabek.

Mustaqil kuzatuvchilarga ko`ra hozir rasmiy Toshkent  inson huquqlari, demokratik islohatlar, Andijon voqealari yuzasidan hisobot talab etmagan davlat bilan hamkorlikka muhtoj. Bunday hamkor esa xuddi shunday avtoritar tuzumga ega bo`lgan Rossiya qiyofasida namoyon bo`lmoqda.  

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun
  Bosh mavzu
Barak Obama Markaziy Osiyodagi vaziyat bilan tanishmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh Afg'onistonga yuk yuborishning muqobil yo'llarini izlamoqda
Rossiya Dumasi prezidentlik muddatini uzaytirdi
Qimmatchilik amerikaliklarni kasalxonalardan uzoqlashtirmoqda
Elektromobillar - yangi zamon ulovlari
Kongressda AQSh-Iroq bitimi muhokama qilinmoqda
Past iqtisodiy ko'rsatkichlar birjaga ta'sir qilmoqda
Solijon Abdurahmonov ishi qayta ko'rildi, ammo hukm o'zgarmadi
NATO Afg'onistonda qo'shinlar ko'payishini kutmoqda
Hindistonda Tibet ozodlik harakatining kelajagi muhokamada
Demokratlar: Respublikachi qonunchilar bilan hamkorlikka tayyormiz
G'arb va Yaqin Sharq adovatini tahlil qiluvchi yangi kitob
Yonilg'iga tashna Yevropa Markaziy Osiyoni ko'z ostiga olmoqda
O'zbekistonda kredit tizimi bor, ammo xalqqa nafi sezilmaydi
Dunyo bo'ylab iqtisodiy o'sish sur'atlari pasayib bormoqda
Inqiroz asoratlari: pul yo'q, xalq norozi, muhojirlar ishsiz
O'zbekistonda SPIDga oid ma'lumotlar sir saqlanmoqda
O'zbekiston Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatidan chiqmoqchi