Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
Britaniya elchixonasi vaqtincha viza bermayapti


24/11/2005

Buyuk Britaniya elchixonasi

Buyuk Britaniya elchixonasi

Buyuk Britaniyaning O`zbekistondagi elchixonasi O`zbekiston fuqarolariga vaqtinchalik viza berishni  to`xtatgan. Elchixona ma'lumotiga ko`ra, bu elchixona xavfsizligini ta'minlash masalasi bilan bo`gliq.

Buyuk Britaniyaning O`zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati kotibi  Leonid Kudryavtsevga ko`ra, Toshkent shahar hokimiyatining elchixona binosi oldidagi to`siqlarni olib tashlash haqidagi qaroridan so`ng, elchixona ma'muriyati xavfsizlik nuqtai nazaridan shunday chora qo`llashga majbur bo`lgan.

"O`zbekistonlik fuqarolarga qachondan boshlab viza berish yo`lga qo`yilishi noma'lum, xavfsizlik borasida biron chora qollanilmas ekan bu haqda gapirish erta, biroq buning boshqa turli choralari o`ylab ko`rilayapti", - deydi Leonid Kudryavtsev.
 
Toshkent shahar hokimiyatining matbuot xizmati vakili hokimiyatning elchixona oldidagi to`siqlarni olib tashlanishi shaharni obodonlashtirish va ko`chalardagi transport qatnovini tartibga keltirish bilan bo`gliq hamda biroq xavfsizlik ta'minoti  uchun qo`yilgan to`siqlarning elchixona oldiga qayta joylashtirilishi ko`zda tutilmayapti.

Buyuk Britaniya elchixonasiga ko`ra, viza zarur bo`lganda O`zbekiston fuqarolari Britaniyaning Qozog`istondagi yoki Moskvadagi konsullik bo`limlariga murojaat qilishlari mumkin. O`zbekiston tashqi ishlar vazirligi bu holatga daxli yo`qligini aytdi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun
  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?