Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
O'zbekiston NATO ga o'z hududidan foydalanmaslik talabini qo'ydi


24/11/2005

Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti 1949 yilning 4 aprelida tashkil topgan. Hozirda tashkilotga 26 mamlakat a'zolik qiladi. 
NATO rasmiylarining aytishicha, O’zbekiston hukumati 23 noyabr kuni alyansning yevropalik a’zo-davlatlariga Afg’onistondagi terrorga qarshi harakatlarda O’zbekistonning yer yoki havo hududidan bundan keyin foydalana olmasliklarini so’ragan.

Tashkilotning o’zi hali bu to’g’risida rasman noma olgani yo’q, biroq O’zbekiston hukumati NATO ga a’zo ba’zi Yevropa davlatlarini bundan rasman boxabar qilgan, deydi NATO rasmiylari.

Kuzatuvchilarning aytishicha, O’zbekiston hukumatining bu qarorini Rossiya bilan aloqalarning yaxshilanishi va Yevropa Ittifoqining O’zbekistonga nisbatan qo’ygan sanksiyalari doirasida izohlash mumkin. AQShning Xonoboddagi harbiy bazasi 21 noyabr kuni rasman yopilgan.

Kuzatuvchilar, shuningdek, amerikaliklar Xonoboddan ketganidan so’ng ularning joyini rossiyalik harbiylar egallashi  mumkin, deydilar, biroq Rossiya Bosh vazirining o’rinbosari va mudofaa vaziri Sergey Ivanovning 24 noyabr kuni aytishicha, Rossiya O’zbekistonda harbiy baza ochish niyatida emas.

NATO, ya'ni Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti 1949 yilning 4 aprelida tashkil topgan. Hozirda tashkilotga 26 mamlakat a'zolik qiladi. Ularni birlashtirgan  shartnoma a'zo-davlatlardagi erkinlik va xavfsizlikni siyosiy va harbiy yo'llar bilan himoya qilishga asoslanadi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun
  Bosh mavzu
Rossiyaga oltin, Gruziyaga kumush, AQShga esa bronza?

  Boshqa xabarlar
Rossiya Gruziya kuchlarini Abxaziya va Osetiyaga yo'latmaydi
NATOning nimaga qodirligi sinovdan o'tmoqda
O'zbeklar tarixi haqida yangi kitob  Audio Clip Available
Paxtakorlar: O'quvchilarsiz hosilni kim teradi?
Polsha AQSh mudofaa tizimini qabul qilishga tayyor
Rossiya Gruziyadan chiqishga undayotgan hujjatga veto qo'yadi
Rossiya tinchlikparvar kuchlari Janubiy Osetiyani tark etmaydi
So'zlar urushi: AQSh "ko'zbo'yamachi"; Rossiya "buzg'unchi"
O'zbekiston Janubiy Osetiyaga insonparvarlik yordami beradi
O'zbekiston aholisining qariyb uchdan biri xorijda
Tahlilchilar: Gruzin va osetinlar siyosiy o'yinlar qurboni
Millatchilik - Kavkazdagi mojaro zaminida yotgan omil
Rossiya AQShga: Yo biz bilan hamkorlik, yo "demokratik proyekt"
Rossiya MDHning istalgan davlatini istilo qilishi mumkinmi?
Bushning yosh mustaqil davlatlarga nisbatan siyosati qoralanmoqda
Hukumatni muloqotga chorlagan muxolifatchi badarg'a qilingan
Sharh: Rossiya agressor, ammo Gruziya ham farishta emas