Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
Nodira Hidoyatova Toshkentda qamoqqa olingan


21/12/2005

Nodira Hidoyatova
Nodira Hidoyatova
O’zbekiston rasmiylariga ko’ra, Serquyosh O’zbekistonim koalitsiyasining faol a’zolaridan biri Nodira Hidoyatova Rossiyadan vataniga qaytayotib, Toshkentda qamoqqa olingan.

O’zbekiston Bosh prokuraturasining bildirishicha, Nodira Hidoyatovaga soliq to’lamaganlik va jinoiy guruhga a’zolik ayblari qo’yilmoqda.

Ayblanuvchining opasi, Nigora Hidoyatova bu ayblovlarni quruq tuhmat deb atab, singlisinig qamoqqa olinishi O’zbekiston hukumatining siyosiy muxolifatni qanchalik ta’qib qilayotganining yana bir isbotidir, dedi.

Nigora Hidoyatovaning turmush o’rtog’i, turkiyalik Orif Oydin yaqinda o’q jarohatidan vafot etgan edi. Hidoyatovaning aytishicha, umr yo’ldoshi uning siyosiy faoliyati sabab nishonga olindi.

Serquyosh O’zbekistonim koalitsiyasining rahbari Sanjar Umarov qalloblikda ayblanib, shu yilning oktyabr oyida qamoqqa olingan edi. Uning taqdiri noma'lumligicha qolmoqda.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun
  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?