Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
Memorial tuzgan ro'yxat keskin muhokama ostida


12/01/2006

Inson huquqlari bo’yicha “Memorial” tashkiloti Andijon otishmalarida  qurbon bo`lganlarning ro’yxati yuzasidan munosabat bildirayotgan mahalliy inson huquqlari faollari O`zbekistondagi nohukumat  tashkilotlariga bunday ro`yxat tuzish uchun imkoniyat berilmaganini ta’kidlashmoqda.

“Memorial” tuzgan O`zbekiston Oliy sudida Andijon voqealari yuzasidan o`tgan sud muhokamasida bildirilgan ma`lumotlarga tayanadi. Asos sifatida sud tibbiy ekspertizasining o`lim to`grisida berilgan guvohnomasi olingan. Unda Andijon voqealarida o’lgan 185 kishining ism –sharifi keltiriladi. O`zbekiston hukumati bergan ma’lumotlariga ko`ra  Andijon voqealari oqibatida 187 kishi qurbon bo`lgan.

O`zbekistonlik kuzatuvchilar  ro`yxatning  to`liq emasligini bildirishar ekan, “Memorial” tomonidan O`zbekistondagi inson huquqlariga oid vaziyatga berilayotgan ahamiyatni ta’kidlab o`tishadi.

O`zbekiston Inson huquqlari jamiyati raisi Tolib Yoqubovga ko`ra “Memorial”  tashkiloti Andijonda qurbon bo`lgan odamlar ro`yxatini e`lon qilib juda katta ish qilgan, biroq  bu ro`yxat  halok bo`lganlarning juda kam qismini o`z ichiga oladi.

 “Vaqt o`tishi bilan bu ro`yxat to`ldirilib boriladi. Hukumat doiralari aytayotganidek 187 kishi emas, hatto yuzlab kishi emas, balki minglab kishilar qurbon bo`lganligini hozir ko`pchilik gapirayapt. Bu ochiq bir faktga aylanib borayapti. Hozir O`zbekiston hukumati o`zining sodir etgan jinoyatlarini berkitish uchun qo`lidan kelgan va kelmagan ishlarni amalga oshirayapti.  Andijonda bo`lgan xunrezlikni jahon jamoatchiligidan, O`zbekiston jamoatchiligidan yashirishga harakat qilib kelayapti”, - deydi Tolib Yoqubov.

O`zbekiston Inson huquqlari tashabbus guruhi raisi Surat Ikromovga ko`ra Andijon otishmalarida qurbon bo`lganlardan tashqari, Andijon voqeasi natijasida bedarak yo`qolgan odamlar ham ko`pchilikni tashkil etadi.

“Shunaqa voqealar ko`p. Masalan, biz shularni guvohi bo`ldik, yaqin qarindoshlari bilan gaplashdik. Ular Ichki ishlarga, Milliy xafvsizlik xizmatiga murojaat qilishgan.

Shu paytgacha ularning na tirigi, na o`ligi haqida ma’lumot bor. Shuning uchun bu ro`yxatdagidan ancha ko`proq odam o`lgan bo`lishi mumkin. Mening fikrimcha, bir mingdan ortiq”, - degan fikrlarni bildiradi Surat Ikromov.

Andijonda yuz bergan voqealarga yarim yildan ko`p vaqt o`tdi. Bu orada O`zbekiston hukumati tomonidan ham, mamlakatdagi nohukumat tashkilotlari tomonidan ham qurbon bo`lganlarning ro`yxati, ularning ism-shariflari haqida to`liq ma’lumotlar bildirilmagan.

Siyosiy sharhlovchi Tursunboy Qoratoevga ko`ra O`zbekiston hukumati o`lganlarning ro`yxatini e’lon qilishi va qurbonlar xotirasiga ko`ra motom kuni ham e`lon qilishi lozim edi.

“Bu mening shaxsiy qarashlarim, motam kuni va o`lganlarning ro`yxati aytilishi kerak edi”, - deydi Tursunboy Qoratoyev.

O`zbekiston inson huquqlari jamiyati raisi Tolib Yoqubovga ko`ra hukumat hech qachon bu ro`yxatni e`lon qilmaydi, chunki u hukumat manfaatlariga zid.

“Hukumatning o`zi ham tushunib turibdi, jahon jamoatchili ularni gapiga hech ham ishonmayotganligini, shuning uchun ham hukumat bu ro`yxatni e`lon qilmaydi.

Boshqa, nohukumat tashkilotlar ham bu ishni O`zbekistonda qila olmadi, chunki inson huquqlari tashkilotlari Andijondan tag-tomiri bilan yo`q qilindi”, - deb hisoblaydi Tolib Yoqubov.

“Lutfilla Shamsuddinov, Saidjahon Zaynobiddinov, Dilshod Tillaxo`jaev, Nurmuxammad Azizov kabi ilg`or inson huquqlari himoyachilari boshida hibsga olindi. Ba’zilari mamlakatdan chiqib ketishga majbur qilindi.  Shu nuqtai-nazardan bu tashkilotlarning birortasi ham bu ishni bajarishga qurbi yetmadi,” - deydi O`zbekiston inson huquqlari jamiyatining raisi.    

Hozirgacha Andijon voqealarida ishtirok etganlikda ayblangan 150dan ko`proq kishiga nisbatan turli muddatdagi qamoq jazolari belgilandi. Kuzatuvchilarga ko`ra mazkur jarayonlar inson huquqlari paymol etilgan holda  yopiq tarzda o`tgan.

 

 

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun
  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?