Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
Rossiya-O'zbekiston hamkorligining yangi asri


14/02/2006

Prezidentlar Putin va Karimov

Putin va Karimov - hamkorlikning yangi asri. Ekspert Bahodir Musayevning fikricha, O'zbekistonda “hukumat bugun har qachongidan ko`ra kuchaygan. Chunki Rossiya u tomonda. Rossiya o`z geosiyosiy maqsadlari uchun O`zbekiston prezidentining har qanday ichki siyosatini qo`llab-quvvatlashga tayyor."

O`zbekiston va Rossiya o`rtasida imzolangan ittifoqchilik shartnomasidan so`ng aloqalar jadal ravishda rivojlanib bormoqda.

O`zbek muxolifat vakillari Rossiyaning O`zbekiston uchun muhim hamkor ekanini urg'ulashadi.  Muxolifatdagi “Erk” demokratik partiyasining Bosh kotibi Otanazar Oripov shunday mulohazalar bildiradi:

“Hamma sohalarda aloqalar yaxshi bo`lishi kerak, lekin hozirgi o`rnatilgan aloqalarni men xalqlar o`rtasidagi aloqalar deb ayta olmayman. O`zbekiston hukumati necha yillar davomida Rossiya siyosatini, bo`layotgan ishlarni tanqid qilib keldi. Boshqa davlatlar bilan aloqalar izladi, qurdi va birdaniga o`zgarib qolgani yaxshilikka deb o`ylamayman”.

O`zbekistondagi muxolifat vakillariga ko`ra ular Rossiyagi demokratik kuchlar bilan muloqotga tayyor. Rossiya hukumati doiralari bilan shunday muloqot boshlash lozimligi tashabbusini  ko`targan muxolifatdagi “Serquyosh O`zbekistonim” koalitsiyasi bu borada Rosssiya prezidenti, jumladan, Rossiya Dumasi rahbari Boris Grizlovga ham ochiq xat bilan murojat qilgan edi.

Biroq o`zbek muxolifatining murojaatlariga Rossiya rasmiy doiralari tomonidan munosabat bildirilgani haqida malumotlar yo`q. Bu tashabbus muallifi, muxolifatchi Sanjar Umarov ustidan sud jarayonlari davom etmoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, Rossiya O`zbekistonda demokratik qadriyatlarni tiklash uchun ehtiyotkorlik bilan harakat qiladi. 

Otanazar Oripovga ko`ra, Rossiya prezidenti bu bilan O`zbekiston hukumatining kirdikorlaridan xabardorligini, biroq o’z manfaatlardan kelib chiqib, hozircha shunday aloqzlarni o`rnatishga majburligini bildirgan.

“Shuning uchun buni O`zbekiston prezidentining hatti-harakatlarini qo`llab-quvvatlayapti, deb o`ylamayman”, - deydi Otanazar Oripov.

Mahalliy kuzatuvchilarning fikricha, Rossiya o`z milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda O`zbekistonda hozirgi mavjud tuzumning hukm surishidan manfaatdordir. Kuzatuvchilar O`zbekistondagi va Rossiyadagi tuzumlarning o`xshashligi va shu bois Rossiya Andijondagi otishmalardan so`ng O`zbekiston hukumatini quvvatlagani, Rossiya bilan hamkorlikda demokratik islohotlar muhokamasi ortiqcha ekanligi haqida gapirishadi.

Sharhlovchi Komron Aliyevga ko`ra, Rossiyaning O`zbekiston hukumatini qo`llashi avvalo hukumatlarning bir xil tuzumga egaligi va Rossiyada imeriyacha siyosatning tiklanayotganligi bilan bo`gliq.

“Rossiya o`zini sobiq ittifoq hududidagi bir qator davlatlarni birlashtirgan yetakchi davlat sifatida ko`rsatmoqchi. Shuning uchun Markaziy Osiyo Hamkorlik Tashkilotini Yevrosiyo Iqtisodiy Hamkorligiga qo`shish bilan tugatishga majbur qildi. Bundan tashqari Rossiya mintaqa davlatlarini o`z tovarlarini o`tkazish mumkin bo`lgan kolonial davlatlarga aylantirishni rejalamoqda”, - deydi Komron Aliyev.

O`zbekiston prezidenti Islom Karimov Rossiyaga qilgan oxirgi tashrifi chog`ida xavfsizlik masalariga to`xtalgan va Rossiya bilan tuzilgan shartnomalarning O`zbekiston mustaqilligini saqlab qolishdagi ahamiyati haqida gapirgan edi.

Ayrim kuzatuvchilarning fikricha, Rossiya tashqi siyosatidagi asosiy tirgak bo`lgan energetika strategiyasi ko`p jihatdan Markaziy Osiyo mintaqasidagi energetik zahiralarni egallash bilan ham bog`liq. Bu borada O`zbekneftgaz milliy xolding kompaniyasi bilan tuzilgan so`nggi shartnomalar Rossiya hukumati uchun qulay imkoniyatlar yaratmoqda.

Mahalliy ekspertlardan biri Bahodir Musaevga ko`ra, O`zbekiston hukumati Rossiya energetika siyosatiga yaratilayotgan imkoniyatlar evaziga faqatgina avtoritar tuzum xafsizligini kafolatlash shartini qo`ymoqda.

“Hukumat bugun har qachongidan ko`ra kuchaygan. Chunki Rossiya u tomonda. Rossiya o`z geosiyosiy maqsadlari uchun O`zbekiston prezidentining har qanday ichki siyosatini qo`llab-quvvatlashga tayyor. Rossiya bilan hamkorlikdan ko`zlangan asosiy manfaatlaridan biri shu”, -  deydi Bahodir Musayev.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun
  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?