Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
Nodira Hidoyatovaga 12 yillik qamoq jazosi berish so'ralmoqda


18/02/2006

Iqtisodiy jinoyatlarda ayblanayotgan muxolifatdagi “Serquyosh O`zbekiston” milliy birlik koalitsiyasi muvofiqlashtiruvchisi Nodira Hidoyatova ustidan kechayotgan mahkama jarayonlari o'z nihoyasiga yetmoqda. Davlat ayblovchisi suddan Nodira Hidoyatovaga 12 yil qamoq jazosi belgilashni so`ramoqda.

Nodira Hidoyatova O`zbekiston jinoyat kodeksining sakkizga yaqin moddalari bo'yicha ayblanmoqda.

Sud jarayonida ishtirok etayotgan inson huquqlari himoyachisi Surat Ikromovga ko`ra,  davlat ayblovchisining "Nodira Hidoyatovaga nisbatan qo`yilgan ayblovlar o`z tasdig`ini topdi" degan fikri himoya tomonidan keskin e'tirozga uchragan.

“Qo'yilgan jinoiy moddalar tasdig`ini topdi, deb aytildi, ammo Hidoyatovaning himoyachisi Babenko chiqib, shuncha guvohlar so`roq qilindi, ko`rsatmalar berildi, qo'yilgan aybnomalar o`z tasdig`ini topmaganini ta'kidlab o`tdi”, deydi Surat Ikromov.

O`zbekiston prokuraturasi “Serquyosh O`zbekiston” milliy birlik koalitsiyasi yetakchilarini uyushgan ravishda uyushtirilgan iqtisodiy jinoyatlarda aybdor topmoqda.

Muxolif koalitsiya vakillariga ko`ra esa, sud jarayonlari ularning siyosiy faoliyatalari bilan bog`liq.

Koalitsiya tarkibidagi  “Ozod dehqonlar” partiyasining raisi Nigora Hidoyatova sud jarayonlarining sababini O`zbekiston hukumatini siyosiy faol bo`lgan qatlamga, muxolif partiyalarga nisbatan yuritayotgan tayziqlarida ko`radi.

Nodira Hidoyatova ustidan kechayotgan mahkama jarayoni 24 fevralga qoldirilgan. Unda Nodira Hidoyatovaga hukm oldidan so`nggi so`z berilishi kutilmoqda.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun
  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?