Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
"Adolat" partiyasidan prezidentlikka nomzod taklif qilindi


29/09/2007

Dilorom Toshmuhamedova
Dilorom Toshmuhamedova Oliy Majlis a'zosi, prezidentlikka nomzod
O’zbekistonda prezident saylovlariga hozirlik ko’rilmoqda. Mamlakatdagi rasmiy partiyalardan biri - “Adolat” partiyasi mamlakat rahbari lavozimiga ayol nomzodini taklif qilgan.

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi o`tkazgan plenumda partiya siyosiy kengashining birinchi kotibi, partiyaning qonunchilik palatasidagi fraksiyasi raisi Dilorom G'ofurjonovna Toshmuhammedova O`zbekiston prezidentligiga nomzod sifatida ko`rsatilgan.

Dilorom Toshmuhammedova shu yilning 23 dekabrida o`tishi kutilayotgan prezident saylovlarida rasmiy partiyalar tomonidan ko`rsatilgan birinchi nomzod.

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi yetakchisining nomzodi oktyabr oyida o`tadigan partiya s’yezdida tasdiqlanishi kutilmoqda.

Shu paytgacha O`zbekistondagi rasmiy partiyalar prezidentlik saylovidagi ishtiroklar borasida aniq ma`lumot taqdim etmay kelayotgan edi.

Taxminlarga ko`ra, O`zbekistonda ro`yxatga olingan beshta partiyaning har biridan bittadan nomzod ko`rsatilishi kutilmoqda.

O`zbekistondagi rasmiy partiyalar  “cho`ntak” partiyalar sifatida baholanadi. Ular amaldagi prezident va hukumat amriga bo`ysingani ta`kidlanadi. 

Mahalliy ekspert Toshpo`lat Yo`ldoshev fikriga ko`ra, rasmiy partiyadan ko`rsatilgan nomzodlar o`z saylov dasturlarida Islom Karimov nomzodini targ`ib qilishlari aniq.

“Jalolov (Abdulhafiz Jalolov, 2000 yilda o`tgan O`zbekiston prezident saylovlarida Islom Karimovga raqib sifatida qatnashgan nomzod) nima ish qilgan bo`lsa, bular ham shu ishni qiladi, ya`ni saylov targ`ibotini Karimov foydasiga olib boradi”, - deydi ekspert.

Hozircha O`zbekiston prezidenti Islom Karimovning saylovda ishtirok etish-etmasligi haqida aniq ma`lumot yo`q.

O`zbekiston qonunlariga ko`ra, Islom Karimovning prezidentlikka saylanish vakolati tugagan. U ikki bor umumxalq saylovida saylangan.

O`zbekiston konstitusiyasi bir kishining uchunchi bor saylanishiga ruxsat bermaydi.

Kuzatuvchilar Islom Karimovning saylovda qatnashishini aniq deb hisoblaydi.

Ayni paytda davlat rahbarining mamlakat bo`ylab uyushtirayotgan safari saylov kampaniyasi sifatida talqin qilinmoqda.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?