Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Prezidentlikka Oliy Majlisdagi partiyalardan nomzodlar ko'rsatilmoqda


02/10/2007

Ahtam tursunov

Axtam Tursunov "Fidokorlar" partiyasidan prezidentlikka nomzod

2000 yildagi prezident saylovlarida Islom Karimovni o'z nomzodi qilib ko'rsatgan “Fidokorlar” partiyasi bu safar markaziy kengash rahbari, partiyaning Oliy Majlisdagi fraksiyasi raisi, Axtam Tursunovni tanlagan.  

Tursunov qonunchilik palatasida Mudofaa va xavfsizlik masalalari bo’yicha qo`mita raisi.

“Fidokorlar” parlamentda 18 deputatga ega. Liberal demokratlar va Xalq demokratlaridan keyingi uchinchi yirik partiya. 

“Milliy Tiklanish” partiyasi esa o’z markaziy kengashi raisi, partiyaning Oliy Majlisdagi fraksiyasi rahbari, yozuvchi Xurshid Do'stmuhammadni prezidentlikka nomzod etib tasdiqlagan. 

Xurshid Do'stmuhammad

Xurshid Do'stmuhammad "Milliy Tiklanish" partiyasidan prezidentlikka nomzod

“[Do’stmuhammad] 2005 yilda partiyaga yetakchi bo`lib kelgandan buyon partiya son jihatdan ham, sifat jihatdan ham ko`tarildi. Tajribali siyosatchi va yaxshi ijodkor”, - deydi Mirzajonova.

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Dilorom Toshmuhamedovani ko’rsatgan.

Toshmuhammedova  partiya kengashining birinchi kotibasi va uning qonunchilik palatasidagi fraksiyasi raisi. 

Tanqidchilar fikricha esa bu “qo’g’irchoq” partiyalardan chiqayotgan nomzodlar saylovda siyosiy kurash uchun emas, balki saylovning bir nechta nomzodlar ishtirokida o`tayotganini ko`rsatish uchungina qatnashmoqda.

O`zbekistonda o’zini muxolifat deb e’lon qilgan partiyalar hukumat tomonidan ro`yxatga olinmagan.

Adolat
"Adolat" nomzodi Dilorom Toshmuhamedova respublika tarixida prezidentlik uchun ko'rsatilgan ilk ayol arbob 
Muxolifat vakillari tashabbus guruhlar orqali prezidentlik saylovida qatnashishni rejalagan.

O`zbekiston huquq himoyachilari alayansining uch a`zosi prezidentlik uchun kurashmoqchi.

Bu nomzodlardan biri, huquq faoli Jahongir Shosalimovning aytishicha saylov qonunlari buzilmagan taqdirda u jarayonda ishtirok eta oladi.

Jahongir Shosalimov
Jahongir Shosalimov Prezidentlik uchun mustaqil nomzod sifatida ro'yxatdan o'tishga urinmoqda
“Bizni qo’llab- quvvatlovchi kishilarga bosimlar ortayotganiga qaramasdan saylovda ishtirok eta olamiz. Chunki qonunlarni ishlashidan hukumatning o’zi manfaatdor. Saylovlarning qonuniy va haqqoniy o`tishi O`zbekiston kelajagi uchun muhim. Hukumat tanqidlarning keyingi oqibatlaridan qo`rqqan holda ham bizga yo`l beradi”, - deydi Shosalimov.

Markaziy Saylov Komissiyasi 2 oktyabr kuni o`tkazgan matbuot konferensiyasida prezidentlik saylovlarida ishtirok etishni istagan partiyalar, shuningdek mustaqil tashabbus guruhlaridan arizalar qabul qilinayotganini bildirgan.

Hozircha bu qog’ozlar “Adolat” va “Fidokorlar ” partiyasidan qabul qilingan xolos.  

Mustaqil nomzodlardan Abdulla Tojiboy o’g’lidan saylov komissiyasiga ariza tushgani aytiladi.  

Abdulla Tojiboy Ogli
Abdulla Tojiboy O'g'li Prezidentlik uchun mustaqil nomzod sifatida ro'yxatdan o'tishga urinmoqda
Markaziy Saylov Komissiyasiga ko`ra Abdulla Tojiboy o’g’li tashabbus guruhi yig’ilishini o`tkazishda xavfsizlik ta’minlanishini va yig’ilish o’tishi uchun bino ajratilishida yordam so’ragan.

Abdulla Tojiboy o’g’lining so’zlariga qaraganda ariza faqat tashabbus guruhini ro`yxatga olish yoki yordam so’rashdan iborat bo’lmagan.

“Biz uchrasha olmaganimizdan keyin shu arizani yozishga majbur bo`ldik… Saylov byuletenlari, imzo qog’ozlari haqida, umuman gaplashadigan gaplarimiz ko’p edi”, - deydi Abdulla Tojiboy o’g’li.

Mustaqil nomzodlar ro’yxatdan o’tishi uchun 300 kishidan iborat tashabbus guruhi tuzishi va nomzodni qo’llab-quvvatlovchi 800 000 yaqin imzo to’plashi lozim.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?