Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
O'zbekistonda saylov va saylovchi bir-biridan juda yiroq


22/10/2007
Lavhani tinglang audio clip
Lavhani tinglang audio clip

O'zbekiston ko'chalarida
O’zbekistonda, Markaziy saylov komissiyasi tili bilan aytganda, saylovga tayyorgarlik avjiga chiqqan. Saylov okruglari tuzilmoqda, nomzodlar aniq.

Davlat matbuoti va axborot vositalari jarayonni komissya bilan hamkorlikda yoritib bormoqda.

Lekin saylovchilar, faol o’zbekistonliklar hamda tashqaridan kuzatayotganlar nazarida xalqni bugun saylov u qadar qiziqtirayotgani yo’q.

"Saylov nima o’zi? Bu so'z [o'zbekistonliklar] uchun oddiy bir so'z xolos. Uni xalq his qila olmaydi, xohlaganda ham bunga yuqoridagilar yo'l qo'ymaydi… ".

O’zbekistonda xalq siyosatga uning buguni va ertasini hal etuvchi omil sifatida qarashga o’rganmagan. Mutaxassislar fikricha bu holat jamiyatni turg’unlikka yetaklaydi. Oddiy odamlar nazarida esa tirikchilik deb yashashdan ayb nima? Saylovda ovoz berish yoki kimga ovoz berishga kelganda esa… o’sha kuni bir gap bo’ladi. 

O’zbekistonliklardan Amerika Ovozi ga tushayotgan xatlar asosan shu mazmunda. Onda-sonda Islom Abdug’aniyevich Karimov O’zbekiston uchun eng ma’qul rahbar; O’zbekistonning o’z tanlagan taraqqiyot yo’li bor degan fuqarolardan ham maktublar kelib turibdi.

Bir qarashda omma ikkiga bo’lingandek: hukumatni xush ko’radiganlar va undan nafratlanadiganlar. Karimovni hokimiyatda qolishini istaganlar va yangi rahbar kelishini xohlovchilar. Saylovni bir tiyinga qimmat deb o’ylovchilar va uning mohiyatini yuqori baholovchilar. Saylovni oldindan bashorat qilishni istamaganlar va saylov natijasi oldindan aniq deganlar.

Fikr va qarashlarning xilma-xil bo’lgani yaxshi deydi erkinlikni targ’ib qiluvchi Freedom House tashkiloti vakili Robert Xerman. Demokratiya xalq fikriga asoslangan tuzum.

Lekin O’zbekistonda tub ma’noda muxolifat, amaldagi siyosatga nisbatan muvozanat kuchi, tanqidchi partiya yo’q.

"O’zbekistonda fuqarolar erkin uyusha oladimi? Muxolif partiyalar ro’yxatdan o’tganmi? Ular uchun teng huquq va imkoniyat berilyaptimi? Muxolifat matbuotga chiqa oladimi? Yig’ila oladimi? Odamlar nomzodlar haqida yashirinmasdan erkin fikr bildira oladimi? Bularga javob “yo’q” bo’lsa, unda saylovning erkin va adolatli o’tishiga ishonch yo’q",- deydi Robert Xerman. 

Abdusalomov
Mirzoulug'bek Abdusalomov  O’zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi
O’zbekiston Markaziy saylov komissiyasi jarayon demokratik o’tishini kafolatlab, xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar taklif etilishini ma’lum qilgan. Komissiya raisi Mirzoulug’bek Abdusalomov:

“Xalqaro birlashmalar, ko’pchilik bizga xayrixoh davlatlardan kuzatuvchilarni taklif qilmoqchimiz. Kuzatuvchilar saylovlarni demokratik tarzda o`tganini xalqimizga, dunyo davlatlariga ko`rsatish uchun kerak”.  

Markaziy saylov komissiyasiga ko’ra, prezidentlikka nomzodlar olti kishidan iborat. O`zbekiston xalq demokratik partiyasidan Asliddin Rustamov, “Fidokorlar” partiyasidan Ahtam Tursunov, “Adolat” partiyasidan Dilorom Toshmuhammedova, “Milliy Tiklanish” partiyasidan Xurshid Do`stmuhammad, Liberal-demokratlar partiyasidan esa amaldagi prezident Islom Karimov. Qonunan, Karimovning uchinchi muddatga nomzod bo’lishga haqqi yo’q.

Saylov arafasida tuzilgan tashabbus guruhidan Akmal Saidov, inson huquqlari milliy markazi rahbari, nomzod sifatida ko’rsatilgan.

Nomzodlar amaldagi siyosatni savolga tutmaydi va muqobil yo’nalish ham  taklif qilmagan.

Robert Xerman                                Freedom House (Ozodlik Uyi) tashkiloti xodimi
Robert Xerman                                Freedom House (Ozodlik Uyi) tashkiloti xodimi
Saylovlar jamiyatga o’zgarishlardan darak berishi kerak. Xalq uning hayotiga zarur o’zgarishlar olib keladigan rahbarni tanlay olishi lozim, deydi Freedom House, Vashingtonda asoslangan nohukumat tashkiloti, vakili Robert Herman.

"Har safar umummamlakat saylovi bo’lganda xalqqa jamiyatni yana bir pog’onaga ko’tarish imkoniyati beriladi. Buning uchun raqobat maydoni keng bo’lishi kerak, toki siyosiy qarashlar va yondashuvlar xilma-xil bo’lsin. Bunga erishish uchun esa islohotlar qilish kerak. Siyosiy-ijtimoiy tuzumni yangilash kerak. Islohotlar tezlashishi uchun zarur muhit yaratilishi kerak. Afsuski, O’zbekistonda bunga guvoh emasmiz",- deydi Xerman. 

O’zbekistonlik tadqiqotchi, omma fikri ayniqsa xotin-qizlar hayoti bilan yaqindan tanish Marfua To’xtaxo’jayeva nazarida bugun xalq saylov tashvishi bilan yashayotgani yo’q. Jamiyat shunday nuqtaga yetganki, deydi olima, unda odamlar siyosatdan juda yiroq. Saylov kuni bir oiladan bir kishi hamma uchun ovoz berib keladi. 

"Viloyatlarda har xil muammolarga duch kelasiz. Hamma bir narsa ustida o’ylanmoqda – qanday qilib yashash. Maosh… Pul topish yo’li… Hayot uchun kurash deb odamlar o’zini o’qqa ham, cho’qqa ham tashlashga tayyor",- deydi To'xtaxo'jayeva.

O’zbekistonda xalq siyosatga uning buguni va ertasini hal etuvchi omil sifatida qarashga o’rganmagan. Mutaxassislar fikricha bu holat jamiyatni turg’unlikka yetaklaydi. Oddiy odamlar nazarida esa tirikchilik deb yashashdan ayb nima? Saylovda ovoz berish yoki kimga ovoz berishga kelganda esa… o’sha kuni bir gap bo’ladi. 

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?