Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Afg'on askarlari AQShda tayyorgarlikdan o'tmoqda

27/03/2008

Afg’onistonga ketishga hozirlanayotgan 300 nafar AQSh askari 31 nafar afg’on zobiti bilan Kanzas shtatida tayyorgarlikdan o’tmoqda. Amerikalik zobitlar afg’on askarlariga  harbiy sirlardan, afg’onlar esa amerikaliklarga mamlakati haqida saboq bermoqda.

Qo'shma mashqlar ssenariysi Afg’onistondagi vaziyatga o’xshash qilib yaratilgan. Askarlar muhim terrorchini qo’lga tushirish maqsadida jangari guruh o’rnashib olgan bir qishloqni tekshirmoqda. Qishloq aholisi va jangarilar rolini amerikalik afg’onlar o’ynab bermoqda. Ssenariy bo’yicha, askarlar qishloqqa sekingina kirib, jangarilar joylashgan uyni topishi va atrofdagi tinch fuqarolarga zarar yetkazmay uni egallashi kerak.

Operatsiyani mufavvaqiyatli bajarish uchun mahalliy xalq madaniyati va an’analaridan xabardor bo’lish kerak. AQSh qo’shinlariga qishloq oqsoqollarini hurmat qilish hamda afg’on xavfsizlik kuchlari bilan birga harakat qilish o’rgatiladi. Afg’on armiyasining AQShga kelgan 31 zobiti ularga mashqlarda yordam bermoqda.

Podpolkovnik Jon Negal jangarilarga qarshi kurash usullari haqida harbiy qo’llanma muallifi. Al-Qoida va Tolibonni yengish uchun afg’on xalqini tushuna bilish kerak, deydi u.

"Madaniyatni tushunish, o’sha madaniyat ichida ish yurita bilish, turli odamlarning fikrlashi va qadriyatlarini anglash juda muhimdir," deydi AQSh podpolkovnigi.

Bazada afg’on va AQSh harbiylari mashg’ulot davomida bir-birining tilini ham o’rganmoqda.

Afg’on armiyasi serjanti Rahmatulla Ahmad Zayning aytishicha, amerikaliklar ulardan Afg’oniston haqida, afg’on askarlari esa amerikaliklardan ilg’or harbiy texnologiya haqida ma’lumot olmoqda. Ularning Afg’oniston haqidagi bilimlari hozircha nazariy xolos, deydi u.

"Ular ham, biz ham bir xil maqsadga egamiz – al-Qoida va boshqa terrorchilar hamda narkokuryerlani yo’q qilish," deydi u. 

Guruh qo’mondoni kapitan Najibullo Askarzodaning aytishicha esa, Afg’oniston armiyasini oyoqqa turgizib, kuchaytirish mamlakat xavfsizligi uchun juda muhim.

"Chekka joylarda maktab, kasalxona, masjidlarni qurishdan oldin xavfsizlikni ta’minlash kerak. Buning uchun esa yaxshi tayyorgarlikdan o’tgan, mukammal qurol va anjomlarga ega armiya bo’lishi kerak."

Fort Rayli bazasi qo’mondoni, Afg’onistonda xizmat qilgan AQSh armiyasi general mayori Robert Durbin bir kun kelib afg’on armiyasi AQSh kuchlari yordamisiz xavfsizlikni ta’minlay olishiga ishonadi.

"Bunga bir, ikki, balki uch yil vaqt ketar. Biroq hozirning o’zidayoq ayrim operatsiyalarda afg’on maxsus kuchlari yolg’iz ishtirok etmoqda," deydi general.

Amerikalik murabbiylarning aytishicha, afg’on askarlari g’ayrat va shijoat bilan mashq qilmoqda.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Katta Sakkizlikka a'zo davlatlar sammiti ish boshlayapti

  Boshqa xabarlar
Dollar qadri pasayishda, neft narxi o'sishda davom etyapti
O'zbekistonda yosh kadrlar saviyasi nima uchun pasaymoqda?
AQSh siyosiy sahnasida uchinchi yirik partiyaga o'rin yo'q
AQSh harbiylari Eron bilan urush boshlash ortiqcha degan fikrda
Bush Afg'onistonga qo'shimcha askar jo'natishga va'da bermoqda
Sibir suvlarini Markaziy Osiyoga burish loyihasi yana muhokamada
Rossiya va Ukraina gaz, NATO va Sevastopolni muhokama qilgan
Siyosiy maydonda ayollar hamon ozchilik
AQSh qonunchilari Qozog'istonni va'dasida turishga chaqirmoqda
"Ozodlik" o'z jurnalistlari taqdiridan xavotirda
Tahlilchilar: O'zbekistonda korrupsiya - tirikchilik
Qozog'iston Yevropa talablarini qondirish harakatida  Audio Clip Available
Rossiya Yevropa qistovi bilan islohotlar qilishi mumkinmi?
AQSh Pokistonning terrorchilarga qarshi sust harakatidan norozi
Rossiya-Yevropa hamkorlik bitimi yangilanyapti
O'zbekistonda internet cheklanayotganiga qarshi kurash
Korrupsiya qoradoriga qarshi kurash yo'lida asosiy to'siq
O'zbekiston va Xitoy gaz quvuri qurish arafasida
Jahon Banki O'zbekistonda yangi strategiya asosida ishlaydi  Audio Clip Available
Amerikada qolishning eng oson yo'li soxta nikohmi?
Guantanamodagi uyg'ur mahbus ishi qayta ko'riladi