Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Ellis oroli - Amerikaning tarixiy darvozasi

01/04/2008

Nyu-York
Nyu-York

Amerika muhojirlar mamlakati.

Bundan bir asr ilgari AQSh hukumati Nyu-York bandargohidagi Ellis orolida immigratsiya markazi barpo etgan edi.

1892 – 1954 yillar orasida taxminan 12 million muhojir aynan Ellis oroli orqali Amerikaga kirgan. Nyu-York shahri ostonasida joylashdan bu kichik maskan  - o’ziga xos darvoza. Bugun orol tarixiy obida.  

Amerikada federal hukumat nazorat qiluvchi ilk immigratsion tizim Ellis orolida bo’lgan. Har kuni Yevropadan minglab muhojir kirib kelgan.

Ellis oroli
Ellis oroli Nyu-York shahrining bir qismi
"Orol ochilishidan oldin immigratsiya deyarli nazorat qilinmagan",- deydi Barri Moreno, immigratsiya muzeyi xodimi. 

"AQShga shunchaki kirib kelaverishgan. Hatto pasportni ko’rsatish talab qilinmagan".

Paroxodga chipta olish va yangi vatanda hayot boshlash uchun ozgina pul topsangiz bo’ldi edi. Ammo 1921 yilga kelib, muhojirlar oqimi kengaygach AQSh hukumati tekshiruv tizimini yo’lga qo’ygan.

Inspektorlar har bir muhojirdan uning ism-sharifi, yoshi va qayerda yashashini so’ragan. “AQShda avval bo’lganmisiz? Qancha pulingiz bor? Kim bo’lib ishlaysiz”? deb so’rashgan. Maqsad nomaqbul shaxslarni ajratib, ularni mamlakatga kiritmaslik edi. Masalan anarxist, bolshevik, kommunist va ko’p xotinlilarni.

Savodsiz, nosog’lom yoki puli yetarli bo’lmagan muhojirlar Ellis orolidagi vaqtincha markazlarda saqlangan. Ular tekshiruvlardan so’ng AQShga kiritilgan yoki deportatsiya qilingan.

Ellis oroli, 1930-yillar
Ellis oroli, 1930-yillar
Qo’shma Shtatlarda jinoyat sodir etgan muhojirlarni ham xuddi shunday qismat kutgan. Ellis orolining 62 yilik faoliyati davomida muhojirlarning 1 foizigina vatanga qaytarilgan.

Hozirda Amerikaga kelayotganlar orasida kimlarni uchratmaysiz. Ammo 40 foiz amerikaliklarning ota-bobosi qachonlardir Ellis oroli orqali mamlakatga kirgan.

Oroldagi “Oilaviy Tarix” markazida Nyu-Yorkka kirib kelgan immigrantlar, ularning qayerdan va kim bilan kelgani haqidagi ma’lumotlarni topsa bo’ladi.

"Buvim va bobom oddiy odamlar bo’lgan",- deydi bir amerikalik. "Cho’ntakda 10 dollar pul bilan arzon chiptalarni olib kelishgan. O’ylab qarasam, ularga juda qiyin bo’lgan. Bor-budini, uyi va oilalarini tashlab AQShga kelishga qaror qilgan. Lekin ular tufayli bizning hayotimiz farovon, juda xursandman".

Markazda 25 million muhojir haqida ma’lumot bor ekan, hozirgi avlodi ular haqida bemalol izlanishi mumkin.

Amerikada, norasmiy ma’lumotlarga ko’ra, 10 mingga yaqin kishining asl kelib chiqishi o’zbek. Afg’onistonlik va turkiyalik o’zbeklar qatorida o’zbekistonliklar ham kam emas.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Katta Sakkizlikka a'zo davlatlar sammiti ish boshlayapti

  Boshqa xabarlar
Dollar qadri pasayishda, neft narxi o'sishda davom etyapti
O'zbekistonda yosh kadrlar saviyasi nima uchun pasaymoqda?
AQSh siyosiy sahnasida uchinchi yirik partiyaga o'rin yo'q
AQSh harbiylari Eron bilan urush boshlash ortiqcha degan fikrda
Bush Afg'onistonga qo'shimcha askar jo'natishga va'da bermoqda
Sibir suvlarini Markaziy Osiyoga burish loyihasi yana muhokamada
Rossiya va Ukraina gaz, NATO va Sevastopolni muhokama qilgan
Siyosiy maydonda ayollar hamon ozchilik
AQSh qonunchilari Qozog'istonni va'dasida turishga chaqirmoqda
"Ozodlik" o'z jurnalistlari taqdiridan xavotirda
Tahlilchilar: O'zbekistonda korrupsiya - tirikchilik
Qozog'iston Yevropa talablarini qondirish harakatida  Audio Clip Available
Rossiya Yevropa qistovi bilan islohotlar qilishi mumkinmi?
AQSh Pokistonning terrorchilarga qarshi sust harakatidan norozi
Rossiya-Yevropa hamkorlik bitimi yangilanyapti
O'zbekistonda internet cheklanayotganiga qarshi kurash
Korrupsiya qoradoriga qarshi kurash yo'lida asosiy to'siq
O'zbekiston va Xitoy gaz quvuri qurish arafasida
Jahon Banki O'zbekistonda yangi strategiya asosida ishlaydi  Audio Clip Available
Amerikada qolishning eng oson yo'li soxta nikohmi?
Guantanamodagi uyg'ur mahbus ishi qayta ko'riladi