Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Markaziy Osiyo Afg'onistonga qanday yordam berishi mumkin?


03/04/2008

NATOning Ruminiyadagi sammitida Afg`onistondagi vaziyat keng muhokamada.

Sammitda mintaqa davlatlari, jumladan, Afg’onistondagi vaziyatdan tashvishlangan O`zbekiston va Turkmaniston rahbarlari ham ishtirok etmoqda.

Anjumanda  Afg`onistondagi ahvolni barqarorlashtirish rejasi taqdim etilgan.

NATOning Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo bo`yicha maxsus vakili Robert Simmons sammit arafasida matbuot bilan mulqot qilib, Yevropani Markaziy Osiyo orqali Afg`oniston bilan bog’lovchi yangi temir yo`l loyihasi haqida to’xtalgan.

Mazkur temir yo`l Ukrainada boshlanib, Belarus, Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari orqali Afg`onistongacha cho’ziladi.

Loyiha tashabbusichisi AQSh ekani, mablag’ ham aynan Qo’shma Shtatlar tomonidan ajratilayotgani aytilmoqda.  

NATO vakilining so’zlariga qaraganda, xalqaro qo`shinlarning Afg`onistondagi missiyasi yana bir necha 10 yil davom etishi ehtimoldan holi emas. Temir yo`l orqali muhim yuklarni Afg`onistonga yetkazish mumkin bo`ladi.

Ayrim sharhlovchilar nazarida bu loyiha - AQSh tomonidan ilgari surilayotgan “Katta Markaziy Osiyo dasturi”dagi birinchi qadam.     

Siyosiy sharhlovchi Farhod Tolipov so’zlariga qaraganda mazkur loyiha savol tug’diradi.

“Shu paytgacha gaz quvurlari bo`ladimi, yo`llar qurilishi bo`ladimi - barchasida boshqa davlatlarni chetlab o`tish nazarda tutilar edi. Bu safar esa AQSh geosiyosiy raqiblarini ham loyihaga qo`shmoqchi. Agar munosabatlar sovuqlashsa, geosiyosiy vaziyat o`zgarsa, unda qanday ish tutiladi?” - deydi Tolipov.

Siyosiy sharhlovchi Abduvali Soyibnazarovning aytishicha, mazkur loyihaning NATO sammiti arafasida ma`lum qilinishi Rossiya manfaatlarini ham inobatga olgan.

“Afg`onistonga yuklarni havo yo`li orqali yetkazish katta xarajatlarga tushmoqda. Shu bois temir yo`l yo`nalishi rejalanayapti. Keyingi paytda NATO mintaqada, jumladan, Rossiya va boshqa davlatlarda bu masala yuzasidan muzokara o`tkazdi. Loyiha ijrosi Ukraina va Gruziyani NATOga qabul qilish yoki qilmaslik masalasiga bog`liq. Agar Rossiya e’tirozi inobatga olinib, ularga rad javobi berilsa, loyiha ijrosi tezlashishi mumkin”, - deydi Soyibnazarov.

Farhod Tolipov fikriga ko`ra, temir yo`l loyihasi ma`qullandimi, demak  Kollektiv xavfsizlik shartnomasiga a’zo davlatlar va NATO o`rtasida Afg`oniston bo`yicha hamkorlik boshlanadi.

Shu kunlarda Afg`onistonni Tojikiston orqali Eron bilan bog`lovchi temir yo`l loyihasi ham muhokamada.

Afg`oniston, Tojikiston va Eron rasmiylarining Dushanbedagi uchrashuvida temir y`ol qurilishi Eronning moliyaviy ko`magida amalga oshirilishi ta`kidlangan edi. Eron temir yo`l tizimi esa Turkiya orqali Yevropaga chiqadi.

Abduvali Soyibnazarov AQSh va Eron o`rtasidagi ziddiyatlar bois bu loyiha amalga oshishi qiyin deydi.

Taxminlarga ko’ra, NATO sammitidan keyin O`zbekiston Afg`oniston bo`yicha NATO bilan hamkorlikni kengaytirishi mumkin.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?