Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Irq va jins AQSh prezident saylovlarida nozik masala

07/04/2008

U.S. presidential candidates Barack Obama (l), John McCain (center), and Hilary Clinton (r) (file photo)

AQShda prezidentlikka nomzodlar saylovchi ko’nglini turli yo’llar bilan ovlaydi.

Irq, jins va din saylov natijasini belgilovchi muhim omillar. Nomzodlar saylov strategiyasini ana shu faktorlar asosida rejalaydi.

Demokratik Partiyadan Oq Uy uchun kurashayotgan ikki nomzodning biri qora tanli, ikkinchisi ayol. Tarixda bunga guvoh bo’linmagan. 

Obama-Klinton
Poygada Barak Obama oldinda, lekin Xillari Klinton aprel va may oylaridagi partiyaviy saylovlarga katta umid bog'lagan
Prezidentlikka nomzod Barak Obama yanvar oyida Janubiy Karolinaga, saralash sayloviga yo’l olganida, ommaviy so’rovlar bu shtatdagi qora-tanli demokratlarning 60 foizi unga ovoz berishini ko’rsatgan edi.

Ammo saylovlar o’tgach, senator Obamaga 80 foiz saylovchi ovoz bergani ma’lum bo’ldi. Sharhlovchilar buni “o’xshashlik” siyosatining natijasi deb tushuntiradi.

Odamlarning o’ziga o’xshaganlar bilan til topishishi va ularga yordam berishi tabiiy hol, deydi Mark Roum, Jorjtaun Universiteti professori.

"O’xshashlik siyosati deb nomzodga irqi, jinsi yoki etnik kelib chiqishiga qarab ovoz berishni aytamiz. Ya’ni sizga o’xshagan nomzodlarni tanlash bu".

Klinton-Obama
Saralash musobaqalarida qora tanlilar ko'proq Obamaga, xotin-qizlar esa ko'proq Klintonga ovoz bermoqda 
Ushbu mavzu saylovoldi kampaniyasida turli bahsu-munozaralarga sabab bo’lib kelmoqda. Sal avval sobiq prezident Bill Klinton senator Barak Obamani boshqa bir qora tanli nomzodga taqqoslagan edi.

"Jessi Jekson Janubiy Karolinada ikki marotaba, 1984 va 1988 yillarda g’olib bo’lgan. Senator Obama ham yaxshigina kampaniya yuritmoqda",- degan edi Klinton.

Obama AQShdagi turli etnik guruhlarga ma’qul tushgan ilk qora tanli nomzod. Bill Klintonning so’zlari, deydi ba’zi saylovchilar, Obama nomzodini kamsitishni maqsad qilgan.

Deyvid Bositis siyosiy va iqtisodiy tadqiqotlar markazida tahlilchi. Afro-amerikaliklarlar hayoti bilan bog’liq mavzularni o’rganadi.

"Oq tanli saylovchilarni faollikka undash uchun irq omili ishga solinsa, qora tanli aholidan ham shuni kutavering",- deydi Bositis. "Ular birlashib, qora tanli nomzodga ovoz beradi, albatta".

Makkeyn
Respublikachi nomzod 72 yoshli Jon Makkeynning demokrat raqibi yo yosh qora tanli yo ayol bo'ladi 

Oq Uy uchun kurashayotgan boshqa siyosatchilarning kampaniyasida ham shu manzara.

Senator Xillari Klinton Demokratik Partiyadan nomzodlikni qo’lga kiritmoqchi. Demokrat ayollar, ayniqsa o’rta yoshli avlod vakillari, bu imkoniyatni boy bermoqchi emas, deydi professor Mark Roum.

"Amerika ayollari Xillari Klintondek o’zlariga o’xshash nomzodni anchadan beri kutayotgan edi". 

Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Jon Makkeyn esa, deydi tahlilchilar, saylovchilarga ishonch va mardlik haqida vaz qilmoqda. Makkeyn Amerika g’ururi, xavfsizlik va harbiy salohiyat kabi tushunchalariga urg’u beryapti.  

Nomzodlar va siyosiy partiyalar, deydi siyosatdonlar, ovoz to’plash uchun har qanday strategiyani qo’llashga tayyor. 

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Shu mavzuda
Amerikada musulmonlar demokrat nomzodga xayrixoh
Demokrat nomzod kim bo'lishini superdelegatlar hal etishi mumkin
AQShda saylovlarni siyosiy reklamalar qizitadi 
Amerikada yoshlar yirik siyosiy kuchga aylangan
AQSh prezidentlikka nomzod tanlash bilan ovora
Saylovoldi musobaqa qizirkan, Oq Uyga da'vogarlar siyraklashmoqda
Xotin-qizlar AQShda prezident saylovlari natijasini belgilashi mumkin
Nyu-Gempshir shtatida saralash saylovlarida Klinton, Makkeyn g'olib
AQSh prezidentligiga nomzodlar tashqi siyosat haqida va'z aytmoqda
AQSh ayol prezidentga tayyormi?
AQSh saylov tizimida monitoring juda muhim amaliyot
Amerikada saylovlar, nomzodlar va siyosiy reklama
AQShda saylovlar: Nomzodni saylovchiga bepardoz ko'rsatma!
 
  Bosh mavzu
Katta Sakkizlikka a'zo davlatlar sammiti ish boshlayapti

  Boshqa xabarlar
Dollar qadri pasayishda, neft narxi o'sishda davom etyapti
O'zbekistonda yosh kadrlar saviyasi nima uchun pasaymoqda?
AQSh siyosiy sahnasida uchinchi yirik partiyaga o'rin yo'q
AQSh harbiylari Eron bilan urush boshlash ortiqcha degan fikrda
Bush Afg'onistonga qo'shimcha askar jo'natishga va'da bermoqda
Sibir suvlarini Markaziy Osiyoga burish loyihasi yana muhokamada
Rossiya va Ukraina gaz, NATO va Sevastopolni muhokama qilgan
Siyosiy maydonda ayollar hamon ozchilik
AQSh qonunchilari Qozog'istonni va'dasida turishga chaqirmoqda
"Ozodlik" o'z jurnalistlari taqdiridan xavotirda
Tahlilchilar: O'zbekistonda korrupsiya - tirikchilik
Qozog'iston Yevropa talablarini qondirish harakatida  Audio Clip Available
Rossiya Yevropa qistovi bilan islohotlar qilishi mumkinmi?
AQSh Pokistonning terrorchilarga qarshi sust harakatidan norozi
Rossiya-Yevropa hamkorlik bitimi yangilanyapti
O'zbekistonda internet cheklanayotganiga qarshi kurash
Korrupsiya qoradoriga qarshi kurash yo'lida asosiy to'siq
O'zbekiston va Xitoy gaz quvuri qurish arafasida
Jahon Banki O'zbekistonda yangi strategiya asosida ishlaydi  Audio Clip Available
Amerikada qolishning eng oson yo'li soxta nikohmi?
Guantanamodagi uyg'ur mahbus ishi qayta ko'riladi