Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Ayoli xor jamiyatda taraqqiyot bo'lmaydi

08/04/2008

Rivojlanayotgan davlatlarda xotin-qizlar uchun sharoit va imkoniyatlar cheklangan. Ularga odatda bo’lajak tadbirkor yoki mutaxassis emas, bo’lajak rafiqa va ona sifatida qarashadi.

Ko’pchilik xotin-qizlar bu munosabatni tabiiy deb hisoblasa-da, ular ham jamiyatda teng huquq va imkoniyatlarga ega bo’lishni istaydi.

Ayrimlar nazarida, ayol istasa, oldidagi ijtimoiy to’siqlarni yenga olishi mumkin. Xususan biznes asoslari, moliya va marketingni o’rganib. “10 000 ayol tashabbusi” nomli ta’lim loyihasi mana shu maqsadni ko’zlaydi.

Goldman Saks (Goldman Sachs) nomli global moliya kompaniyasi 10 000 nafar ayolni biznes yo’nalishida o’qitish uchun 100 million dollar ajratgan. 

“Qiz-juvonlarni biznes sirlariga o’qitishni, eng sara ta’lim dasturlarini ularga muhayyo etishni ko’zladik”,- deydi kompaniya direktori Dina Pauel. 

“Shoir Hofiz Ibrohim degan ekan: “Ayolni o’qimishli qilsang, millatni ma’rifatli qilasan”. Ayol kishini qo’llab-quvvatlash orqali butun oila, mahalla, jamiyatni oyoqqa turg’izish mumkin”,- deydi Dina Pauel.

Amerikadagi ko’zga ko’ringan universitetlar, jumladan, Garvard, Kolumbiya, Braun va Stenford boshqa davlatlardagi biznes maktablar bilan hamkorlik qilish orqali loyihaga hissa qo’shmoqda.

“Yaqin Sharq, Osiyo va Afrikada hamkorlarimiz bor”, -deydi Goldman Saks kompaniyasi vakili.

Nigeriyadagi Pan-Afrika Universiteti shulardan biri. Har yili ellikka yaqin ayol saboq oladi deydi universitet xodimi Piter Bamkole.

“Haftada 2-3 marta ma’ruza tinglab, qolgan paytlarda amaliyot o’taydilar. Goldman Saks kompaniyasi esa 1 yillik moliyaviy yordam ajratadi. Bu pul, deylik, biznes maslahat-konsalting, nazorat, yo’l-yo’riq uchun sarflanadi. Biror ishni yo’lga qo’yishda birinchi yil ancha mushkul bo’ladi. Shunday ekan, mazkur loyiha dastlabki qiyinchilikni yengib o’tib, muvaffaqiyat qozonishga xizmat qiladi”.

Afg’onistondagi Amerika Universiteti esa biznes bilan shug’ullanishni orzu qilgan ayollarga yordam beradi.

Dastur 40 soatlik ma’ruzadan iborat deydi universitet xodimi Melissa Rudderxam.

“Afg’on xotin-qizlariga biznes boshqaruvining asoslarini o’rgatamiz. Birgalikda biznes rejalar tuzamiz: masalan, loyiha taklifini yozma tarzda bayon qilish singari oddiy, biroq muhim tushunchalardan. Nafaqat poytaxt, balki Afg’onistonning barcha burchaklaridan irodali va yuragida o’ti bor qiz-juvonlarni chorlaymiz”, - deydi Rudderxam

Qohiradagi Amerika Universiteti dastlab 500 ayolni 2 dastur bo’yicha o’qitishni mo’ljallamoqda.

“Besh hafta davomida bosib o’rganadilar”,- deydi professor Maha Alshinnaviy. “Faqat sinfda emas, balki tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot, jarayonni bevosita kuzatish nazarda tutiladi”.

Yaqin Sharqda ayollar ishni kichik bizneslardan boshlashni ma’qul ko’radi.  Biznesni yaxshi o’rgangan xotin-qizlar esa tavakkal qilishni, kattaroq ishlarga qo’l urishni istaydi.

“Maqsad shuki biznes olamida qudratga ega bo’lsin. Katta daromad olsin, soliq to’lasin, ish o’rinlari yaratsin. Boshqa ayollar ulardan o’rnak oladi”,- deydi Maha Alshinnaviy. 

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Rossiya demokratik yo'ldan og'maslikka va'da bermoqda

  Boshqa xabarlar
Markaziy Osiyo yonilg'i zaxiralari ustida raqobat qizimoqda
AQSh va Chexiya mudofaa tizimini o'rnatishga kelishdi
Markaziy Osiyo haqiqatda tahlika maydonimi?
Xitoy matbuotni cheklamaslik va'dasi ustidan chiqmayapti
Eron G'arb shartlarini qabul qilmoqchi emas
O'zbekistonda kadrlar saviyasi pasayib bormoqda
AQSh siyosiy sahnasida uchinchi yirik partiyaga o'rin yo'q
Sibir suvlarini Markaziy Osiyoga burish loyihasi yana muhokamada
AQSh qonunchilari Qozog'istonni va'dasida turishga chaqirmoqda
"Ozodlik" o'z jurnalistlari taqdiridan xavotirda
Tahlilchilar: O'zbekistonda korrupsiya - tirikchilik
Qozog'iston Yevropa talablarini qondirish harakatida  Audio Clip Available
Rossiya Yevropa qistovi bilan islohotlar qilishi mumkinmi?
Rossiya-Yevropa hamkorlik bitimi yangilanyapti
O'zbekistonda internet cheklanayotganiga qarshi kurash
Korrupsiya qoradoriga qarshi kurash yo'lida asosiy to'siq
O'zbekiston va Xitoy gaz quvuri qurish arafasida
Jahon Banki O'zbekistonda yangi strategiya asosida ishlaydi  Audio Clip Available
Amerikada qolishning eng oson yo'li soxta nikohmi?
Guantanamodagi uyg'ur mahbus ishi qayta ko'riladi