Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Texasda ko'p-xotinlikni targ'ib qilgan sekta fosh etildi


10/04/2008

Eldorado

Eldorado - ko'p-xotinlikka asoslangan nasroniy sektasi joylashgan qorg'on
AQShning Texas shtatida poligamiya, ya’ni ko’p xotinlikka amal qiluvchi sekta vakillari ushlandi.

Sektada voyaga yetmagan bolalar, ayniqsa qizlar zo’rlangani, majburan o’zidan ancha katta bo’lgan erkaklarga turmushga berilgani aniqlandi. 

Politsiya tintuv natijasida poligamist oilalardan jami  417 bolani shtat himoyasiga olgan.

Bolalar Texasning Eldorado degan ranchosidan ko’chirildi. Ular bilan birga 130 nafar katta yoshdagi ayollar ham ixtiyoriy ravishda oilasini tark etgan. Hozir ular tibbiy ko’rik ostida. 

Eldorado, Texas, 6 aprel 2008
Eldorado, Texas, 6 aprel 2008
Politsiyaning aytishicha 29 mart kuni boshqarmaga 15-16 yosh orasidagi bir qiz telefon qilib, 50 yashar erkakka yettinchi xotin sifatida majburan turmushga berilgani va xo’rlanganidan arz qilgan.

Qonunan 16 ga to’lmagan qiz turmush qura olmaydi.

“Sekta bolalarni zo’rlagan va xotin-qizlar erkaklar zulmi ostida yashagan”,- deydi AQSh Bolalarni himoya qilish xizmati so’zlovchisi Marley Meyzner.

“Har bir bola bilan alohida suhbatlashyapmiz. Bizga arz bilan murojat qilgan qizning qayerda ekanini bilmaymiz”. 

Mazkur poligamist sekta yashirin faoliyat yuritgan va 680 gektarli hududda o’z qo’rg’onini barpo etgan.

Odamlar uni Texasdek bepoyon va qishloq xo’jaligiga asoslangan shtatdagi bir rancho deb o’ylagan.

poligamiya
Eldorado, Texas, 6 aprel 2008
Qorg’on Iso Masihga sig’inuvchi Nasroniy Fundamentalistlar Cherkoviga tegishli xususiy mulk.

Oqim bir asr oldin Mormonlar Cherkovidan ajralib chiqqan. O’sha paytda mormonlar ko’p-xotinlikdan voz kechgan. 

Oilalarga sekta boshlig’i Varren Jeffs ismli kishi bosh-qosh edi. Hozirda u qamoqda. 14 yashar qizni zo’rlagani va o’z qarindoshiga majburlab turmushga bergani uchun jazo o’tamoqda.

Tergov davom etar ekan, hozirgacha sektadan bir necha erkak hibsga olingan. 

Politsiya berayotgan ma’lumotlarga ko’ra, cherkov yetakchilari ayollarni jinsiy zo’rlash va qizlarni 13-14 yoshida turmushga berishni diniy hayotning bir qismi deb hisoblagan.

Qorg’on aholi yashaydigan punktlardan ancha uzoq bo’lgani uchun u yerdagi asl hayot haqida juda kam odam bilgan.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
"Human Rights Watch" vakili O'zbekistondan chiqarib yuborildi

  Boshqa xabarlar
Eron, Afg'oniston va Tojikiston umumiy telekanal yaratmoqchi
Afg'onistonda afyun balosi uchun hukumat javobgarmi?
Qozog'iston: 300 tonna yadroviy yonilg'i boshqa joyga ko'chiriladi
Bush bo'lg'usi prezidentga maslahat-o'git bermoqda
Amerika yoshlari musulmonlarni faolroq bo'lishga chaqirmoqda
AQSh qonunchilari Xitoy hukumatini huquq bobida siquvga olmoqda
O'zbekistonlik olimlar kashfiyotini takomillashtirish umidida  Audio Clip Available
BMTda O'zbekistondagi huquq ahvoli muhokamada
O'zbekistonda yangi siyosiy-ekologik harakat shakllanishi mumkin
AQSh Qozog'istonni islohotlarni jadallashtirishga chaqirmoqda
Tahlilchilar: Rasmiy Toshkent siyosiy burilishlar zaruratini anglamoqda
AQShga qarashli nohukumat tashkilot ro'yxatdan o'tdi
Vashington Kosovo mustaqilligini qo'llab-quvvatlaydi
Amerikaliklar orasida arab dunyosiga qiziqish ortmoqda
AQSh Olimpiya jamoasi Xitoyga otlanmoqda
Nebraska Universiteti - ko'psonli afg'onlar uchun vatan
Amerika Ovozi qurbon bo'lgan jurnalistlarni xotirlaydi
Markaziy Osiyo: Suv taqsimoti bo'yicha kelishuvdan darak yo'q
O'zbekistonda g'alladan daromad ko'rayotgan dehqon emas
Eron yadro dasturini tugatish bo'yicha muzokara natijasiz tugadi
AQSh Kosovoga 400 million dollar yordam ajratmoqda