Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
O'zbekistonda bolalar mehnatining og'ir shakllari taqiqlandi


12/04/2008

O`zbekiston “Bolalar mehnatining og`ir shakllarini taqiqlash va yo`q qilishga doir shoshilinch choralar to`g`risida”gi Jeneva konvensiyasini ratifikatsiya qildi.

Huquq himoyachilarining aytishicha, ratifikatsiya qilingan xalqaro konvensiya qanday samara berishini bu yilgi paxta terimi ko`rsatadi.

Xalqaro konvensiya ratifikatsiya qilinishidan avval bolalar huquqlarini kafolatlashga doir qonun qabul qilingan edi. 

Mazkur qonunda bolalar mehnatining og`ir shakllari haqida aniq ma`lumot berilmagan. Unda maktab o`quvchilarini majburiy mehnatga jalb etish taqiqlanib, ayrim hollarda ota-ona ruxsati bilan yengil ishlarga jalb etish mumkinligi qayd etiladi.

Paxta yig’im-terimi boshlangach, O`zbekistonda bolalar ommaviy tarzda paxta dalalariga safarbar etiladi.

Konvensiyada bolalarni, xususan, maktab o`quvchilarini paxta dalasiga olib chiqishni taqiqislash haqida hech narsa deyilmaydi.

Huquq himoyachilari fikriga ko`ra, hukumat qarori qanchalik ish berishini bu yilgi paxta terimi ko`rsatadi.

“Men ishonmayman bu narsaga. O`zbekiston paxtani terib olish uchun yetarli texnikaga ega emas. Bolalarni jalb etishga majbur. Yoki o’quvchilarni ishlatmayman desa, fermerlarga erkinlik bersin. Paxta narxini ko`tarsin. Aholini majburan chiqarish mumkin, lekin bunaqada paxtani yig’ib olish qiyin ”, - deydi jizzaxlik huquq himoyachisi Ma`murjon Azimov.

Bolalar mehnatidan foydalanilgani uchun dunyoda o`zbek paxtasini boykot qiluvchi kompaniyalar safi kengayib bormoqda.

Sharhlovchilar nazarida Jeneva konvensiyasining ratifikatsiya qilinishi, bolalar huquqlarini kafolatlash haqidagi qonunning qabul qilinishida shu boykotlar, G`arb-O`zbekiston muzokaralarining o’rni katta.

Mavjud fikrga ko’ra, bolalar huquqlarini poymol qilish holatlarini nafaqat paxta terimida, balki ta`lim jarayoni, umuman kundalik turmushda ko’rish mumkin.

“Kecha shaharga chiqqandim, o`quvchilar shaharni tozalab yurishibdi. Yoki yosh-yosh maktab bolalari bozorda arava sudrab yuribdi. Ularni hayot, hozirgi iqtisodiy sharoit majbur qilayapti arava tortishga yoki mardikor bozoriga chiqishga”, - deydi Ma`murjon Azimov.

Maktab o`qituvchisi Zayniddin Raimovning aytishicha, o`quvchilar haqiqatan ham darslarni qoldirib, bozorlar tirikchilik qilmoqda. Ta’lim jarayonida o`quvchilar zimmasiga tushayotgan boshqa muammolar yetarli deydi u.

Uning aytishicha, hozir qishloq xo’jaligi va umumta`lim maktablari bir-biriga bog`liq sohaga aylangan.

“Rayonodan maktab uchun qandaydir yer ajratilgan. U yerga paxta ekish kerak va daromad olib, davlat rejasini bajarish kerak. U shunaqangi yerki, to`qay, sho`rlangan, hech narsa unmaydi, shuning uchun oylikdan ushlab qolishadi. Nima ekan, o`sha joyga xarajat qilinishi kerak va planni bajarish kerak”, - deydi maktab o`qituvchisi.

O`zbekistonda bolalar huquqlarini kafolatlash haqidagi qonun qabul qilindi, xalqaro konvensiya ratifikatsiya qilindi. Biroq bu islohotlar bolalar, maktab o`quvchilarini ommaviy mehnatga jalb qilish muammosini hal qilishda qanday samara berishi aniq izohlab berilganicha yo`q.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
O'zbekistonda yangi siyosiy-ekologik harakat shakllanishi mumkin

  Boshqa xabarlar
O'zbekistonlik olimlar kashfiyotini takomillashtirish umidida  Audio Clip Available
BMTda O'zbekistondagi huquq ahvoli muhokamada
AQSh Qozog'istonni islohotlarni jadallashtirishga chaqirmoqda
Tahlilchilar: Rasmiy Toshkent siyosiy burilishlar zaruratini anglamoqda
AQShga qarashli nohukumat tashkilot ro'yxatdan o'tdi
Vashington Kosovo mustaqilligini qo'llab-quvvatlaydi
Amerikaliklar orasida arab dunyosiga qiziqish ortmoqda
AQSh Olimpiya jamoasi Xitoyga otlanmoqda
Nebraska Universiteti - ko'psonli afg'onlar uchun vatan
Amerika Ovozi qurbon bo'lgan jurnalistlarni xotirlaydi
Markaziy Osiyo: Suv taqsimoti bo'yicha kelishuvdan darak yo'q
O'zbekistonda g'alladan daromad ko'rayotgan dehqon emas
Eron yadro dasturini tugatish bo'yicha muzokara natijasiz tugadi
AQSh Kosovoga 400 million dollar yordam ajratmoqda
Oziq-ovqat muammosini yechish katta mablag' talab qiladi
O'zbekiston xalqi o'z huquqini biladimi? Uni talab qila oladimi?
Jahonda bir milliard odam toza suvga muhtoj
Xitoy hukumati uyg'ur faollarini terrorizmda ayblab, qamamoqda  Audio Clip Available
Prezidentlikka da'vogarlar xorij safarlariga e'tibor qaratmoqda
Fransiya O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarini tiklamoqchi
Baltimor - Amerikaning geroin poytaxti