Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
O'zbekistonda maosh va narx-navo birga oshadi


13/04/2008

Xalqaro moliyaviy tashkilotlar nazarida jahonda oziq-ovqat mahsulotlari bahosining oshayotgani ocharchilikni avj oldirishi va siyosiy-ijtimoiy vaziyatni izdan chiqarishi mumkin. 

O`zbekistonda narx-navoning tobora ko’tarilib borayotgani jamoatchilikka tushuntirilmaydi va axborot vositalarining iqtisodiy ko’rsatkichlarni tahlil qilishga haddi sig’maydi.

Prezident farmoniga ko`ra, 1 aprelidan boshlab oylik maosh va nafaqalar miqdori oshirildi. Shu bilan birga bozordagi narx-navo, elektr toki, issiq va sovuq suv, komunal xizmatlar va jamooat transportida yo’l haqi ko`tarildi.

Mustaqil axborot vositalari prezidentning maoshlarni oshirish haqidagi farmonini "bir so`m berib, ikki so`m olish" deya baholaydi. O`zbekistonda eng kam oylik ish haqi 20 ming so`mdan oshiq qilib belgilandi. Hozir bu pulga bozorda ikki kilodan sal ko’proq go`sht olish mumkin.

Prezident televideniye orqali chiqishlarining birida O`zbekistonda o`rtacha ish haqi 210 dollarni tashkil etayotganini takidlab o`tgan edi.

Biroq davlat budjetidan moliyalanuvchi muassasalarda, xususan, maktab va kasalxonalarda bunday maosh oluvchilar deyarli yo`q. 

Bozorda oziq-ovqat bilan savdo qiluvchi fuqaroning aytishicha, u hozir o`rtacha oylik qancha ekani haqida tushunchaga ega emas, biroq maosh 200 ming so`m bo`lgan taqdirda ham trikchilikka yetkazib bo`lmaydi.

"Hozirgi narx-navoga qarasak, 200 ming so`m hech narsa emas. Aholini qiynab turgan asosiy muammo shuki, hozir paxta yog`i erkin savdoda yo`q, mol go`shti 6 ming so`m atrofida, qo`y go`shti 7-8 ming so`mdan olayapmiz. Toparmon-tutarmon olib ketaveradi, lekin ishsizlarga yoki davlat maoshiga ishlaydiganlarga qiyin", - deydi u.

"Bug`doy narxi ko`tarilishi munosabati bilan Qozog`iston va Xitoy hukumati aholi manfaatlaridan kelib chiqib, choralar ko`rdi. Bizning hukumat jim. Buning orqasida nima turibdi, biz bilmaymiz. Narx-navo o`sgan paytlarda olomonning qachon junbushga kelishi, ko`chalarga chiqishi ham noma`lum. Aholining kam ta`minlangan qismi qanday holatga tushadi, buni ham bilish qiyin", - deydi iqtisodchi Jahongir Shosalimov.

Uning so’zlariga qaraganda, O`zbekiston ijtimoiy portlash xavfi kuchli bo`lgan davlatlardan. Qashshoqlik darajasi, narx-navo o`sishi, ijtimoiy siyosat bunga turtki beruvchi omillardan.

""O`zbekiston" navli un bor, hech narsaga yaramaydi. Qishloq joylarda o`shani sotishayapti  400-500 so`mdan, qaysidir ma’noda shu saqlab turibdi. Lekin bu bilan uzoqqa borib bo`lmaydi. O`tgan yil g`allakorlarning juda katta qismi zarar ko`rgan. Yashash imkoni qiyinlashgandan keyin, davlat oyligiga ishlaydiganlar poraxo`rlik, o`g`rilik qilishga majbur bo`ladi. G`ayriisnoniy sharoitda yashash esa jamiyatda zulmni rivojlantiradi. Aholi noroziligini doimiy ravishda kuch bilan ushlab turishning iloji yo`q", - deydi Shosalimov.

Dunyoda guruch bahosining ko`tarilishi O`zbekiston bozorlarida aks-sado berganicha yo`q. Shuningdek, hukumat aholini o`simlik yo`g`i bilan ta`minlash bo`yicha ham chora-tadbirlar ko`rdi. Paxta  yog`ini 1,5 ming so`mdan yuqori narxda sotishni taqiqladi, mahalla qo`mitalari orqali yog` sotishni yo`lga qo`ydi.

Sharhlovchilarning aytishicha, ayni paytda O`zbekiston fuqarolarining 5-6 millioni tashqarida. Asosiy mehnat kuchini tashkil etayotgan shu muhojirlar yuborayotgan mablag` mamlakat ichidagi vaziyatni bir qadar barqarorlashtirib turibdi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Rossiyaga oltin, Gruziyaga kumush, AQShga esa bronza?

  Boshqa xabarlar
Rossiya Gruziya kuchlarini Abxaziya va Osetiyaga yo'latmaydi
NATOning nimaga qodirligi sinovdan o'tmoqda
O'zbeklar tarixi haqida yangi kitob  Audio Clip Available
Paxtakorlar: O'quvchilarsiz hosilni kim teradi?
Polsha AQSh mudofaa tizimini qabul qilishga tayyor
Rossiya Gruziyadan chiqishga undayotgan hujjatga veto qo'yadi
Rossiya tinchlikparvar kuchlari Janubiy Osetiyani tark etmaydi
So'zlar urushi: AQSh "ko'zbo'yamachi"; Rossiya "buzg'unchi"
O'zbekiston Janubiy Osetiyaga insonparvarlik yordami beradi
O'zbekiston aholisining qariyb uchdan biri xorijda
Tahlilchilar: Gruzin va osetinlar siyosiy o'yinlar qurboni
Millatchilik - Kavkazdagi mojaro zaminida yotgan omil
Rossiya AQShga: Yo biz bilan hamkorlik, yo "demokratik proyekt"
Rossiya MDHning istalgan davlatini istilo qilishi mumkinmi?
Bushning yosh mustaqil davlatlarga nisbatan siyosati qoralanmoqda
Hukumatni muloqotga chorlagan muxolifatchi badarg'a qilingan
Sharh: Rossiya agressor, ammo Gruziya ham farishta emas