Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Oziq-ovqat narxining oshishi urush va nizoga olib kelishi mumkin

14/04/2008

Jahon Banki prezidenti Robert Zellik 500 million dollarlik yordam dasturi taklif qilmoqda
Dunyoda oziq-ovqat narxi oshar ekan, turli mamlakatlarda ocharchilik, norozilik kayfiyati va hatto zo’ravonlik hukm surmoqda.

 

Xalqaro moliyaviy tashkilotlar eng ko’p talofat ko’rgan davlatlarga yordam va’da qilmoqda. Dam olish kunlari Vashingtonda Jahon Banki va Xalqaro Valyuta Jamg’armasining qo’shma majlisi o’tkazilgan.

 

Jahon Banki prezidenti Robert Zellikning aytishicha, oziq-ovqat qimmatlashgan ba’zi davlatlar ocharchilikka yuz tutmoqda.

 

Yordam dastlab aynan shu mamlakatlarga ko’rsatilishi zarur deydi janob Zellik.

 

O’tgan yili bug’doy narxi 2 baravar oshib, Gaiti va Bangladesh kabi nochor davlatlar eng ko’p zarar ko’rgan. Jahon Banki ko’mak tariqasida 500 million dollarlik dastur joriy etmoqda.

 

Xalqaro Valyuta Jamg’armasi rahbari Dominik Stros-Kan fikricha, oziq-ovqat narxining oshishi natijasida 100 million odam qashshoqlanishi mumkin.

 

Oxirgi 10 yil ichida erishilgan yutuqlarni bir necha lahzada qo’ldan boy berishimiz hech gap emas, deydi Xalqaro Valyuta Jamg’armasi rahbari.

 

Osiyoda so’nggi 3 oy davomida guruch narxi 75 foizga ko’tarilib, guruch eksport qiluvchi ayrim mamlakatlar chetga mahsulot sotishni cheklab qo’ygan.

 

Iqtisodiy taraqqiyot oxirgi besh yil ichida eng past nuqtaga yetgan, vaholanki oziq-ovqat (guruch, un, bug’doy, paxta yog’i, sut) va yonilg’i mahsulotlari bahosi oshgandan oshmoqda.

 

Neftga boy davlatlar esa yonilg’ining to’rt baravar qimmatlashishidan foyda ko’rmoqda.

 

Jahon Banki prezidenti Robert Zellik neftdan tushgan foydaning muayyan qismi Afrika davlatlariga sarmoya sifatida kiritilsin deydi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Rossiyaga oltin, Gruziyaga kumush, AQShga esa bronza?

  Boshqa xabarlar
Rossiya Gruziya kuchlarini Abxaziya va Osetiyaga yo'latmaydi
NATOning nimaga qodirligi sinovdan o'tmoqda
O'zbeklar tarixi haqida yangi kitob  Audio Clip Available
Paxtakorlar: O'quvchilarsiz hosilni kim teradi?
Polsha AQSh mudofaa tizimini qabul qilishga tayyor
Rossiya Gruziyadan chiqishga undayotgan hujjatga veto qo'yadi
Rossiya tinchlikparvar kuchlari Janubiy Osetiyani tark etmaydi
So'zlar urushi: AQSh "ko'zbo'yamachi"; Rossiya "buzg'unchi"
O'zbekiston Janubiy Osetiyaga insonparvarlik yordami beradi
O'zbekiston aholisining qariyb uchdan biri xorijda
Tahlilchilar: Gruzin va osetinlar siyosiy o'yinlar qurboni
Millatchilik - Kavkazdagi mojaro zaminida yotgan omil
Rossiya AQShga: Yo biz bilan hamkorlik, yo "demokratik proyekt"
Rossiya MDHning istalgan davlatini istilo qilishi mumkinmi?
Bushning yosh mustaqil davlatlarga nisbatan siyosati qoralanmoqda
Hukumatni muloqotga chorlagan muxolifatchi badarg'a qilingan
Sharh: Rossiya agressor, ammo Gruziya ham farishta emas