Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Bush Xitoydagi Olimpiya o'yinlariga boradi

14/04/2008

Oq Uy rasmiylarining aytishicha, prezident Bush shu yil yozda Pekinda o’tadigan Olimpiya o’yinlarini borib ko’rish qarorida qat’iy.

Tashrif chog’ida AQSh rahbari Xitoydagi huquqiy ahvol yuzasidan o’z xavotirlarini bayon qiladi. Olimpiya musobaqalarini boykot qilish bilan biror ijobiy natijaga erishish qiyin deydi Oq Uy xavfsizlik maslahatchisi.

AQSh Kongressidagi ayrim qonunchilar Bushdan Olimpiya o’yinlariga bormaslikni talab qilmoqda.

Prezident fikridan qaytmoqchi emas.

Milliy Xavfsizlik bo’yicha maslahatchi Stiven Xedlining so’zlariga qaraganda, Qo’shma Shtatlar Xitoyga ta’sirini o’tkazish qudratiga ega, Bush ma’muriyati diplomatik choralar samara berishiga ishonadi.

Prezident AQSh Olimpiya jamoasini qo’llab-quvvatlash uchun Pekinga safar qiladi. Va u yerda Xitoy rasmiylari bilan yuzma-yuz muloqotda inson huquqlari masalasini muhokama qiladi deydi Xedli.

Prezident Bush Pekinga safar qilsa, u xorijdagi Olimpiya musobaqalarida ishtirok etgan ilk AQSh rahbari sifatida tarixga kiradi.

Qator davlatlar, xususan, Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Nikolya Sarkozi musobaqaning ochilish marosimida qatnashmaslikka qaror qilgan.

Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi qoidalariga ko’ra, musobaqada qatnashayotgan sportchilarning siyosiy bayonot bilan chiqishi qat’iyan taqiqlanadi.

Ayrim sport ustalari Olimpiya o’yinlarini boykot qilishga qarshi, biroq Olimpiya musobaqalarini o’tkazish sharafiga muyassar bo’lgan har qanday davlat, jumladan Xitoy ham, insoniy qadriyatlarni hurmat qilishi zarur deydi sportchilar.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
O'zbekistonda yangi siyosiy-ekologik harakat shakllanishi mumkin

  Boshqa xabarlar
O'zbekistonlik olimlar kashfiyotini takomillashtirish umidida  Audio Clip Available
BMTda O'zbekistondagi huquq ahvoli muhokamada
AQSh Qozog'istonni islohotlarni jadallashtirishga chaqirmoqda
Tahlilchilar: Rasmiy Toshkent siyosiy burilishlar zaruratini anglamoqda
AQShga qarashli nohukumat tashkilot ro'yxatdan o'tdi
Vashington Kosovo mustaqilligini qo'llab-quvvatlaydi
Amerikaliklar orasida arab dunyosiga qiziqish ortmoqda
AQSh Olimpiya jamoasi Xitoyga otlanmoqda
Nebraska Universiteti - ko'psonli afg'onlar uchun vatan
Amerika Ovozi qurbon bo'lgan jurnalistlarni xotirlaydi
Markaziy Osiyo: Suv taqsimoti bo'yicha kelishuvdan darak yo'q
O'zbekistonda g'alladan daromad ko'rayotgan dehqon emas
Eron yadro dasturini tugatish bo'yicha muzokara natijasiz tugadi
AQSh Kosovoga 400 million dollar yordam ajratmoqda
Oziq-ovqat muammosini yechish katta mablag' talab qiladi
O'zbekiston xalqi o'z huquqini biladimi? Uni talab qila oladimi?
Jahonda bir milliard odam toza suvga muhtoj
Xitoy hukumati uyg'ur faollarini terrorizmda ayblab, qamamoqda  Audio Clip Available
Prezidentlikka da'vogarlar xorij safarlariga e'tibor qaratmoqda
Fransiya O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarini tiklamoqchi
Baltimor - Amerikaning geroin poytaxti