Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Qoloqlik domidan chiqish xalqlar irodasiga bog'liq


14/04/2008

Qayta qurish turli jamiyatlarda turlicha ma’no kasb etadi. Bu jarayon yangi tuzumga o’tgan yoki mojarolar ketidan o’zini tiklashga urinayotgan mamlakatlarda ayniqsa uzoq davom etadi.

Afrikaning Liberiya davlati dunyoda chetdan eng katta moliyaviy yordam oladigan mamlakatlardan biri, ammo iqtisodiy taraqqiyotiga bu ko’mak hisobiga emas, balki xalqining sa’y-harakati bilan erishilmoqda.

Liberiyada bozorlar ko’p, ammo hammasi xarobalarni eslatadi.

Poytaxt Monroviyada savdo markazlari ancha tiklangan. Mahalliy savdogarlar xaridor uchun qulay sharoit yaratish muhimligini biladi. 

Tadbirkolarning aytishicha, rastalarni qo’yib, atrofni tozalash bilan bozor ham qiziy boshlaydi

Bozorlarni hukumat emas, xorijda yashaydigan fuqarolar tuzatmoqda.

14 yillik urush natijasida vatanini tark etgan liberiyaliklar bugun chet eldan turib, turli tashkilotlar orqali mamlakatga yordam berayapti.

Fuqarolar urushi 2003 yilda Afrika Iqtisodiy Bloki vositachiligida va BMT tinchlikparvar kuchlari harakati bilan tugatilgan. 2006 yilda demokratik tuzumga asos solindi va Ellen Jonson xonim prezident etib saylandi. Biroq iqtisodiyot juda sekin taraqqiy etmoqda.   

Tinchlik uchun Jamg’arma degan nohukumat tashkiloti rahbari Pavlina Beyker nazarida  dunyoda zaif va iqtisodiy nochor davlatlar ko’p. “Cho’ntagi quruq xalqni demokratiya qiziqtirmaydi”,- deydi mutaxassis.  

"Ishchi kuchi va ish o’rinlari yetishmagan jamiyatda iqtisodiyot o’smaydi. Liberiyadek mamlakatda hatto poytaxtda elektr quvvati yo’q. Xalq tuzum o’zgarishi bilan hayot ham farovonlashib qolmasligini tushunmoqda". 

Afg’oniston ham xorijdan yirik miqdorda ko’mak olayotgan mamlakat. Tolibon hukmronlik davrida ta’lim tizimi barbod bo’lgan. 

Afg’on ayollari fikricha qizlarning maktabga borayotgani - eng muhim o’zgarish. 

"O’qituvchilikni vatan taraqqiyoti uchun xizmat qiluvchi oliy kasb deb bilaman. Dahshatli kunlarni boshdan kechirdik. Ilmli, kasbli bo’lmasak, odamlarga bilim bermasak, zulmatda yashayveramiz".

AQSh ajratgan mablag’ yordamida bugun Afg’onistonda yo’llar qurilmoqda. Transport yo’nalishlari ishga tushmoqda. Yanada ko’proq mablag’ ajratish kerak deydi demokrat kongressmen Adam Smit. 

"Afg’onistonda ayrim sohalar rivojlanmoqda, lekin ichki tizimlarni tiklamasdan turib, biror muvaffaqqiyatga erishish amri mahol. Yo’llar qurish kerak, ko’priklar barpo etish kerak, oddiy mahsulotlar ishlab chiqaradigan fabrikalar kerak. Buning uchun esa chetdan sarmoya olib kirmasak bo’lmaydi".

Xorijiy yordam samara bermagan hollar juda ko’p. Yaqinda notinch Gaiti orolida chet eldan yuborilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan to’la omborlar topildi. Hammasi buzilib bo’lgan. Hukumat yordamni xalq bilan ulashmagan deydi BMT rasmiysi Jeyn Xoll Lyut.   

"Xalqaro hamjamiyat yordam ko’rsatishi mumkin, lekin uni taqsimlash, moddiy ko’makdan samarali foydalanish xalq va rahbariyat qo’lida. Tashqi dunyo aholi turmushini osonlashtirib bera olmaydi. Moliyaviy va ruhan quvvatlashi mumkin xolos".  

Taraqqiyot sekin kechishi sir emas. Ijobiy o’zgarishlar avvalo yaqin o’tmish tahlili, kamchilik va xatolarni anglashdan boshlanadi.  

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?