Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Rim papasi AQShga safar qilmoqda

15/04/2008

Pope Special Report

Rim papasi Benedikt XVI AQShga o'zining ilk safarini qilmoqda. 

Amerika aholisining chorak qismi o'zini katolik deb biladi va ularning soni bugun 64 milliondan oshadi.

Olti kunlik tashrifi chog’ida papa turli e’tiqod vakillari, jumladan, musulmonlar bilan ham uchrashadi.

Nasroniylar, xususan katoliklar va musulmonlar o’rasidagi kelishmovchiliklar uzoq tarixga borib taqaladi. Ammo zamon dinlararo munosabatlarni yaxshilashni talab qilmoqda.

Ayrim musulmon guruhlar bugungi kun mojarolarini o’tmishdagi diniy nizolarga qiyoslashni xush ko’radi. Al-Qoida rahbarlaridan biri Ayman al-Zavohiriy ikki yil oldingi videomurojaatida Vatikan rahbarini salib yurishlariga da’vat etgan XI asr Rim papasiga qiyoslagan.

Vashingtondagi Jorjtaun universitetida dinlararo aloqalarni o’rganuvchi markaz professori Jon Vollning aytishicha, 2001 yil 11 sentyabr voqealari ayrim odamlarni musulmon va nasroniylar o’rtasida urush bo’lyapti degan xayolga yetaklagan.

"Biroq shu bilan birga ko’pchilik ikki din vakillari o’rtasidagi aloqalarni yaxshilash uchun muloqot o’tkazish istagini bildirgan" deydi u.

Pope Benedict XVI is welcomed by President Bush upon his arrival at Andrews Air Force Base in Maryland, 15 Apr 2008

So’nggi 40 yil mobaynida Vatikan ana shunga bel bog’lagan.

1965 yili Ikkinchi Vatikan Kengashi nasroniy va musulmonlarni tinchlikka va osoyishtalikka chaqirgan.

2001 yili esa Rim papasi Ioann Pavel Ikkinchi Suriyaga tashrif buyurib Umaviylar masjidini ziyorat qilgan.

O’tgan yil oktyabrida jahonning 130 ga yaqin musulmon ulamosi papaga xat yozib, jahon taqdiri ushbu ikki yirik din vakillarining totuvligiga bog’liq degan.

Benedikt XVI ning Vashington va Nyu-Yorkka tashrifi davomida e’tiqodlararo tadbirlar o’tkaziladi va u yerda amerikalik musulmonlar ham ishtirok etadi.

Benedikt XVI ikki yil burun Germaniyaga borganida o’z nutqida 14-asrda Vizantiyani boshqargan hamda Muhammad payg’ambar ta’limotlarini tanqid qilgan imperatordan iqtibos keltirib, dunyo musulmonlarini g’azabga keltirgan edi. Biroq keyinchalik bu ishidan afsusda ekanini bildirib, vaziyatni yumshatishga harakat qilgan.

Amerika-Islom aloqalari kengashi raisi Parvez Ahmadning aytishicha, G’arbda islomni qora rangda tasvirlash keng tarqalgan.

"Ko’p mo’tadil diniy rahbarlar Muhammad payg’ambar, islom va Ollohni haqorat bilan tilga olishgan. Agar ular boshqa din yoki diniy guruhlarga nisbatan shunday munosabatda bo’lishganida edi, katta janjal ko’tarilardi," deydi u.

Kit Ellison AQSh Kongressiga saylangan ilk amerikalik musulmon.

Uning aytishicha, Qur’onda diniy bag’rikenglik va jinsiy tenglik haqida yozilgan va bu ta’limotdan munosabatlarni yaxshilashda foydalanish kerak.

Yaqinda Yaqin Sharq tinchligi haqida og’iz ochgan Benedikt XVI dinlararo va madaniyatlararo muloqotni mojarolarga barham beruvchi eng yaxshi vosita deb biladi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?