Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Iroq urushi - saylov kampaniyasidagi ommabop mavzu

17/04/2008

Noyabr oyida AQShda prezident saylovlari bo’ladi. Saylov kampaniyasi qizg’in tusga kirgan. Saylovchilar bilan uchrashuv yoki matbuotdagi chiqishlarda Iroqdagi urush tez-tez tilga olinadi. Aksariyat amerikaliklar urushga qarshi. Saylovda bu qanday aks-sado beradi?

Ogayo shtati universitetida urush va ijtimoiy fikr bo’yicha mutaxassis Jon Myullerning aytishicha, so’nggi paytda Iroqda ahvol bir oz yaxshilanayotgan bo’lsada, ko’plab amerikaliklar urush tarixiy xato bo’lgan deydi.

"So’rovlar ayni damda demokratlar mavqei ancha yaxshiligini ko’rsatmoqda. Demak, ular saylov kampaniyasi davomida Iroq mavzusini tez-tez ko’tarib turadi," deydi Myuller.

Respublikachilardan prezidentlikka nomzod senator Jon Makkeyn Bush ma’muriyatining Iroqdagi siyosatini qo’llab-quvvatlaydi. Mamlakat oyoqqa turib olmaguncha, amerikalik askarlar Iroqni tark etmasligi kerak, deydi u.

Demokrat-da’vogarlar Barak Obama va Xillari Klinton esa saylovlarda g’alaba qozonsa qo’shinlarni bosqichma-bosqich Iroqdan chiqarishini aytmoqda.

Bryus Miroff Nyu-York shtati universitetida siyosatshunoslikdan dars beradi.

"Makkeyn ta’biricha," deydi Miroff, "Iroqdagi urush AQShning jahondagi mavqei uchun muhim. Iroqdan g’alabasiz ketib bo’lmaydi. Amerika oxirigacha turib berishi kerak."

Vashingtonlik tahlilchi Karlin Boumanning aytishicha, aholining aksariyati urushni xato desada, ayni damda nima qilinishi kerakligi bo’yicha fikrlar tarqoq.

"So’ralganlarning 20 foizga yaqini qo’shinlarni zudlik bilan Iroqdan chiqarish tarafdori. Qolganlar esa bosqichma-bosqich chiqarish uchun turli muhlatlarni aytmoqda."

Kampaniya davomida urush mavzusidan asosan demokratlar foyda ko’rayotgan bo’lsada, “Iroqdagi vaziyatni da’vogarlarning qay biri uddalay oladi” degan savolga javob demokratlar foydasiga emas.

So’nggi paytda o’tkazilgan beshta so’rovning to’rttasida so’ralganlar respublikachi Jon Makkeynni bu borada ancha tajribaliroq nomzod deya ko’rsatgan.

Saylov kampaniyasida qizg’in muhokama qilinayotgan yana bir mavzu – iqtisodiyot. Demokratlar Iroq urushini ushbu mavzuga bog’lamoqda.

Tahlilchi Bryus Miroffning aytishicha, AQSh iqtisodiy inqirozga yuz tutayotgan bir paytda urushga sarflanayotgan xarajatlar har qachongidan-da ko’zga tashlanmoqda.

Agar noyabr oyigacha iqtisodiyot yaxshilanmasa, saylovlar demokratlar foydasiga hal bo’lishi hech gap emas.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Katta Sakkizlikka a'zo davlatlar sammiti ish boshlayapti

  Boshqa xabarlar
Dollar qadri pasayishda, neft narxi o'sishda davom etyapti
O'zbekistonda yosh kadrlar saviyasi nima uchun pasaymoqda?
AQSh siyosiy sahnasida uchinchi yirik partiyaga o'rin yo'q
AQSh harbiylari Eron bilan urush boshlash ortiqcha degan fikrda
Bush Afg'onistonga qo'shimcha askar jo'natishga va'da bermoqda
Sibir suvlarini Markaziy Osiyoga burish loyihasi yana muhokamada
Rossiya va Ukraina gaz, NATO va Sevastopolni muhokama qilgan
Siyosiy maydonda ayollar hamon ozchilik
AQSh qonunchilari Qozog'istonni va'dasida turishga chaqirmoqda
"Ozodlik" o'z jurnalistlari taqdiridan xavotirda
Tahlilchilar: O'zbekistonda korrupsiya - tirikchilik
Qozog'iston Yevropa talablarini qondirish harakatida  Audio Clip Available
Rossiya Yevropa qistovi bilan islohotlar qilishi mumkinmi?
AQSh Pokistonning terrorchilarga qarshi sust harakatidan norozi
Rossiya-Yevropa hamkorlik bitimi yangilanyapti
O'zbekistonda internet cheklanayotganiga qarshi kurash
Korrupsiya qoradoriga qarshi kurash yo'lida asosiy to'siq
O'zbekiston va Xitoy gaz quvuri qurish arafasida
Jahon Banki O'zbekistonda yangi strategiya asosida ishlaydi  Audio Clip Available
Amerikada qolishning eng oson yo'li soxta nikohmi?
Guantanamodagi uyg'ur mahbus ishi qayta ko'riladi