Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
O'zbekiston xorij doniga zor ekan, tirikchilik yanada qimmatlashadi


17/04/2008

Jahon Banki dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari narxining oshishi turli inqirozlarga olib kelishi mumkin deya ogohlantirmoqda.

Ayniqsa, don va un narxining ko`tarilishi rivojlanayotgan mamlakatlarda vaziyatni keskinlashtirishi mumkin. 

O`zbekiston hukumati bir necha yillardan buyon mamlakat g`alla bo`yicha mustaqillikka erishgani, hatto g`alla qo`shni davlatlarga eksport qilinayotganini ta`kidlab keladi. 

O`zbekistonda iqtisodiy ko`rsatkichlar, don eksporti -importi haqida ma`lumot olish qiyin. Hukumat rasmiy hisobotlariga ko`ra O`zbekiston uchun un importiga ehtyoj yo`qdek.

Biroq jahon g`alla bozorini tahlil qiluvchi xalqaro tashkilotlarga ko'ra O`zbekiston bugungi kunda xorijdan un sotib olish bo`yicha dunyoda Braziliyadan keyin ikkinchi o`rinda turibdi. Bu ma`lumot respublikadagi ayrim axborot vositalarida ham e`lon qilindi, biroq rasman izohlanmadi.

Iqtisodchi Jahongir Shosalimov fikricha hukumat dunyo bo`ylab oziq-ovqat inqirozi tahdidi yuzasidan aniq bir pozitsiya bildirishi kerak.

“Qozog`istondan kelayoatgan bug’doyning 90 foizi kontrabanda. Buni hukumat odamlari qilyapti. Bu narsani oshkor etilishi ular manfaatiga xizmat qilmaydi. Xalqaro Valyuta Jamg`armasi ham vaziyatni tahlikali ekanini zimdan kuzatib kelayapti. Narx navoning bunday o`sib borishi ayniqsa cho`l zonalarida Sirdaryo, Jizzax va Farg`ona vodiysini nihoyatda tahlikali ahvolga keltirib qo`ygan”, - deydi Shosalimov.

Chorsu bozorida Qozog`istondan keltirilgan sara don 1200 so`m, O`zbekiston bug’doyining oldi 800 so`mdan sotilayapti. Sotuvchilardan biri so`nggi bir yilda bug`doyning narxi bir necha barobariga oshganini ta`kidlaydi.

“Avval 150 so`m edi, juda oshganda 250 so`mga chiqishi mumkin edi. Hozir juda o`sib ketdi. Bilmadim nima sabab, ehtimol yo`l xarajati oshgandir. Buni olib kelyotganlardan so`rash kerak”,  - deydi u.

Sotuvchilarning aytishicha Qozog’iston bug’doyi turli pishiriqlar uchun xarid qilinadi. O`zbekiston bug`doyi esa chorvaga ozuqa sifatida olinadi. O`zbekiston bug’doyining sifati pastligi, deydi ular, unga ko’p suv berilganida.

“Cho`l zonasida havo boshqacha bo`lsa kerak, kam sugo`riladi, farqi shunda. Mustaqilllikdan keyin bizda ekilgan bug`doylar asosan chorva uchun bo`ldi, non eyish uchun emas”, - deydi sotuvchilardan biri.

O`zbekiston xalqi asosan Qozog`istonda ishlab chiqarilgan unni iste`mol qiladi. Bozordagilar nazarida O`zbekiston uni chekka viloyatlarda iste`mol qilinishi mumkin xolos.

Xaridorlar nafaqat un, balki barcha mahsulotlar narxi kun sayin oshib borayotganidan noliydi.

Qozog`iston hukumati 1 sentabrga qadar don eksportini cheklab qo’ygan.  

Bu xabar sotuvchilarni unchalik bezovta qilmaydi, hozirgacha un va bug`doy asosan kontarbanda orqali kelayotganiga ishora qilinadi. Biroq narxlar hozirdagidan ko`ra yana bir necha barobariga ko`tarilishi ehtimoldan xoli emas.

Jahongir Shosalimov aholi uchun tirikchilik yanada qiyinlashadi deydi.

“Eng xavflisi qishloq joylardagi odamlar bu haqda bilmaydi. O`zbekiston uni 400-500 so`m. Lekin bu uzoqqa bormaydi. O`tgan yil g`allakorlar katta zarar ko`rdi. Bu yilgi g`alla hosili qanaqa bo`lishi va g`alladan olingan daromad O`zbekiston hukumatining kelajagini belgilaydi”, - deydi Shosalimov.

Xalqaro ekspertlar taxminicha dunyo bo`ylab kutilayotgan oziq-ovqat inqirozi mintaqa davlatlarini chetlab o`tmaydi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?