Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Yevropa Ittifoqi O'zbekistonda vakolatxona ochish taraddudida


19/04/2008

Yevropa Ittifoqi O`zbekistonda vakolatxona ochishga hozirlik ko`rmoqda.

Sharhlovchilar fikricha, Ashgabatdagi Yevropa Ittifoqi va mintaqa davlatlari rasmiylarining ushrashuvi, shuningdek, NATO sammitida Markaziy Osiyo davlatlari ishtiroki ittifoq bilan aloqalar olg`a siljiyotganidan darak beradi.

Ashgabatda o`tgan uchrashuvda Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar komissari Benita Ferrera Valdner O`zbekistonda vakolatxona ochilishi haqida to’xtalar ekan, so’nggi paytlarda rasmiy Toshkent inson huquqlari va demokratik o`zgarishlar borasida muhim qadamlar qo’yayotganini ta`kidlagan.

O`zbekiston va Yevropa Ittifoqi davlatlari o’rtasida muloqot jonlanayotganini ham kuzatish mumkin. Joriy hafta Vengriya Moliya vaziri Yanosh Veresh, Ispaniya Ombudsmani Enrike Mugika Gersog O`zbekistonda bo`lgan.

“Nazarimda bu xildagi tashriflar ko’payishi oqibatida jazo sanksilari olib tashlanishi mumkin. Munosabatlar 2005 yildan avvalgi holatga keladi”, - deydi siyosiy sharhlovchi Abduvali Soyibnazarov.

Siyosiy sharhlovchi Farhod Tolipov fikriga ko`ra, bugun Yevropa Ittifoqi energiya masalasini demokratiya va inson huquqlari masalasidan ustunroq qo’ymoqda.

“Energoresurslar, ularni egallash, import qilish, transportirovka - birinchi darajali masala. Shuning uchun sanksiyalar ham bekor qilinishi mumkin, deb hisoblashayapti,” - deydi Tolipov.

Sharhlovchi Akbar Aliyev nazarida Yevropa Ittifoqi uchun demokratik qadriyatalar bosh masala, O`zbekiston hukumati bilan muloqot yangi taktika va usulni talab etmoqda.

“Sanksiya mamlakatdagi vaziyat, ayniqsa, rahbarning hulqiga bog`liq.  O`shalar agar bundan to`g`ri xulosa chiqarsa, o`rinli. Lekin bizning rahbariyat to`g`ri xulosa chiqarmadi. Umid qilamiz, Yevropa insonparvarlik sohasida oldinda,” - deydi u.

Akbar Aliyevning aytishicha, ittifoq idorasi ish boshlasa, vaziyat erkinlashishi mumkin.

“Buning uchun o`zimiz faol bo`lishimiz kerak, ijtimoiy va siyosiy ma`noda,” - deydi Aliyev.

Muxolifatdagi “Erk” partiyasi bosh kotibi Otanazar Oripov G`arb demokratik o`zgarishlar olib keladi degan umid puchga chiqmoqda.

“G`arb mamlakatlari mustaqillik boshlaridan ham O`zbekistonda ozodlik, demokratiya bo`lishi uchun hech narsa qilmadi va qilish niyati yo`q o`xshaydi. Ozodlik, demokratiya uchun kurash xalqimizning vazifasi”, - deydi Oripov.

Muxolifatning ayrim vakillari siyosiy faoliyat uchun imkoniyat paydo bo`layotgani haqida bayonot qildi. Biroq bayonotlar amalda isbotini topmadi.    

Yevropa Ittifoqi va rasmiy Toshkent o`rtasida boshlangan muloqotdan so`ng Xalqaro Qizil Xoch qo`mitasi O`zbekiston qamoqxonalariga kirishga ruxsat oldi, bir nechta huquq himoyachisi ozodlikka chiqdi.

Yevropa O`zbekiston sud huquq tizimidagi islohotlar, qator xalqaro konvensiyalarning ratifikatsiya qilinishini e`tirof etmoqda.

Muxolifat fikricha, shoir Yusuf Jumaning 5 yil qamoq jazosiga hukm qilinishi Toshkent demokratik o`zgarishlar qilish niyatida degan qarashlar haqiqatdan uzoq ekanini ko`rsatdi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Rossiya demokratik yo'ldan og'maslikka va'da bermoqda

  Boshqa xabarlar
Markaziy Osiyo yonilg'i zaxiralari ustida raqobat qizimoqda
AQSh va Chexiya mudofaa tizimini o'rnatishga kelishdi
Markaziy Osiyo haqiqatda tahlika maydonimi?
Xitoy matbuotni cheklamaslik va'dasi ustidan chiqmayapti
Eron G'arb shartlarini qabul qilmoqchi emas
O'zbekistonda kadrlar saviyasi pasayib bormoqda
AQSh siyosiy sahnasida uchinchi yirik partiyaga o'rin yo'q
Sibir suvlarini Markaziy Osiyoga burish loyihasi yana muhokamada
AQSh qonunchilari Qozog'istonni va'dasida turishga chaqirmoqda
"Ozodlik" o'z jurnalistlari taqdiridan xavotirda
Tahlilchilar: O'zbekistonda korrupsiya - tirikchilik
Qozog'iston Yevropa talablarini qondirish harakatida  Audio Clip Available
Rossiya Yevropa qistovi bilan islohotlar qilishi mumkinmi?
Rossiya-Yevropa hamkorlik bitimi yangilanyapti
O'zbekistonda internet cheklanayotganiga qarshi kurash
Korrupsiya qoradoriga qarshi kurash yo'lida asosiy to'siq
O'zbekiston va Xitoy gaz quvuri qurish arafasida
Jahon Banki O'zbekistonda yangi strategiya asosida ishlaydi  Audio Clip Available
Amerikada qolishning eng oson yo'li soxta nikohmi?
Guantanamodagi uyg'ur mahbus ishi qayta ko'riladi