Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
AQShda prezident saylovlari oldidan yoshlar har qachongidan faol


19/04/2008

Ijtimoiy so’rov natijalariga ko’ra, Amerikada idrokli va g’ayratli yoshlarning aksariyati senator Barak Obama mamlakatning navbatdagi prezidenti bo’ladi degan umidda.

AQShda saylovchilarning 14 foizini yoshlar tashkil etadi. Ularning uchdan ikki qismi demokratlar, qolgani esa asosan respublikachilar. 

Garvard Universiteti professori Tomas Patterson yoshlarning bu faolligi Iroq urishiga qarshi kayfiyat bilan bog’liq deydi. 2004 yilgi prezident saylov kampaniyasida ko’pchilik yoshlar demokrat nomzod Xovard Dinni quvvatlagan edi.

“Xovard Din Iroqqa qarshi bayonotlari bilan chiqqanida atrofida minglab yoshlar unga ergashgan. 1992, 96 va 2000 yillardagi saylovlarda yosh saylovchilarning uchdan bir qismi qatnashgan edi xolos. AQSh Iroqqa kirishi bilan yoshlarning ham siyosiy faolligi oshdi”, - deydi Patterson.

Bu yilgi saylovlarda Amerika tarixida eng ko’p fuqaro ovoz berishi kutilmoqda. Bunda yoshlarning hissasi. Aynan ular katta yoshdagilarni davlat kelajagini belgilashda fuqarolik burchini o’tashga undamoqda. 

“Barak Obama saylov kampaniyasini boshlabdiki, yoshlar e’tiborida. Obama yoshlar ko’ngliga yo’l topa olyapti, fikrlarini yetkaza olyapti”, - deydi professor Patterson.

Siyosiy tahlilchi Uilyam Galston AQSh aholisi yildan yilga etnik va irqiy jihatdan boyib bormoqda deydi. “Bugungi yoshlar madaniy jihatdan juda boy jamiyatda katta bo’lyapti. Obama ham internatsionalist. Turli ijtimoiy kelib chiqishga ega odamlar bilan bog’lana oladi.”

“Bugungi yoshlar siyosiy-ijtimoiy jihatdan ancha tolerant – bag’rikeng”,- deydi Skot Kiter. “Amerikada gomoseksualizm, xorijdan muhojirlar oqimining keng ekani, xilma-xil mafkuralar, liberal kino va san’at… Ko’pchilik yoshlar bu masalalarni mantiqan muhokama qiladi”, - deydi sharhlovchi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Katta Sakkizlikka a'zo davlatlar sammiti ish boshlayapti

  Boshqa xabarlar
Dollar qadri pasayishda, neft narxi o'sishda davom etyapti
O'zbekistonda yosh kadrlar saviyasi nima uchun pasaymoqda?
AQSh siyosiy sahnasida uchinchi yirik partiyaga o'rin yo'q
AQSh harbiylari Eron bilan urush boshlash ortiqcha degan fikrda
Bush Afg'onistonga qo'shimcha askar jo'natishga va'da bermoqda
Sibir suvlarini Markaziy Osiyoga burish loyihasi yana muhokamada
Rossiya va Ukraina gaz, NATO va Sevastopolni muhokama qilgan
Siyosiy maydonda ayollar hamon ozchilik
AQSh qonunchilari Qozog'istonni va'dasida turishga chaqirmoqda
"Ozodlik" o'z jurnalistlari taqdiridan xavotirda
Tahlilchilar: O'zbekistonda korrupsiya - tirikchilik
Qozog'iston Yevropa talablarini qondirish harakatida  Audio Clip Available
Rossiya Yevropa qistovi bilan islohotlar qilishi mumkinmi?
AQSh Pokistonning terrorchilarga qarshi sust harakatidan norozi
Rossiya-Yevropa hamkorlik bitimi yangilanyapti
O'zbekistonda internet cheklanayotganiga qarshi kurash
Korrupsiya qoradoriga qarshi kurash yo'lida asosiy to'siq
O'zbekiston va Xitoy gaz quvuri qurish arafasida
Jahon Banki O'zbekistonda yangi strategiya asosida ishlaydi  Audio Clip Available
Amerikada qolishning eng oson yo'li soxta nikohmi?
Guantanamodagi uyg'ur mahbus ishi qayta ko'riladi