Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
O'zbekiston sayohat qilish oson mamlakat emas


21/04/2008

darvoza
Qadim obidalarni ko'rish uchun zarur sharoit yaratilmagan
O`zbekiston qadim obidalari va madaniyati bilan qanchalik faxrlanmasin, deydi ayrim sharhlovchilar, uni jahonga ko'z-ko'z qilish va mo'may daromad olish uchun o'z turizm sektorini rivojlantira olmayapti.

"O`zbekturizm" kompaniyasi nazarida esa xorijlik sayyohlarning O`zbekistonga qiziqishi tobora ortib bormoqda. Biroq mamlakatda turizm tizimini yaratish uchun karra sarmoya talab qilinadi.

“O`zbekturizm” rais o`rinbosari Alisher Shamsiyevning sayyohlik xizmati ko`rsatuvchi tashkilotlar forumida aytishicha, bu yil chet eldan bir millionga yaqin turist kelishi kutilmoqda. Ularni yaxshiroq kutib olish uchun esa mablag’ kerak.

“O`zbekistondan va xorijdan sarmoyalar jalb qilish muhim. Bir million sayyohni qabul qilish, albatta, infratuzilmani rivojlantirishni talab qiladi.   Toshkent- Samarqand, Samarqand – Buxoro, Termez – Shahrizabz o`rtasida infratuzilmani yaxshilash kerak. AQSh va boshqa davaltlardan sarmoya jalb qilish yo`li bilan kichik mehmonxonalar qurilishi bo`yicha ham ancha ishlar qilingan”,  - deydi Alisher Shamsiyev.       

Sayyohlar asosan musulmon davlatlaridan va Yaponiya, Germaniya, Fransiya va AQShdan keladi.   

Mamlakatni dunyo miqyosida asosan O`zbekiston havo yo`llari reklama qiladi.     

Mutaxassislar fikricha sayyohlik tizimini rivojlantirish uchun avvalo viza tizimini bekor qilish kerak. O`zbekiston hatto ayrim qo`shni davlat fuqarolaridan ham viza talab qiladi.

Sayyohlik xizmati ko`rsatuvchi firma vakillaridan biri reklama va targ`ibot oqsamoqda deydi. Shuningdek, viza tartibini yengillashtirilish ham sayyohlar sonini ko`paytirgan bo’lar edi.

“Deylik, sayyoh O`zbekistonga  shu ikki- uch kun orasida kelmoqchi.  Viza olish tartibi ancha uzun”, -  deydi u.

Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasida madaniyat va turizm bo`yicha maslahatchi Erdog`an To`lanning aytishicha uning yurtdoshlari O`zbekistonga viza olish uchun bir oy kutadi. Bu jarayon osonlashsa, deydi u, Turkiyadan sayyohlar oqimi kengayishi turgan gap.  

Turkiya, shuningdek, O`zbekistonga sayyohlik tizimini rejalashtirish, infratuzilmani tashkil qilishda texnik yordam ko`rsatishga tayyor ekanini bildirgan.

Turkiya mintaqa davlatlari, jumladan  O`zbekiston bilan viza tartibini bir tomonlama bekor qilgan.    

“O`zbekturizm” raisi o`rinbosari Alisher Shamsiyev fikricha yaqin orada respublikada bu borada o’zgarishlar bo’lishi tabiiy.    

“Viza olish AQSh va boshqa G`arb davlatlari fuqarolari uchun muammo emas. Hozir tashqaridan kelayotgan sayyohlar soni, ularni yuborayotgan davlatlar talabiga qarab, hukumatimiz viza siyosatini o`zgartirish haqida o`ylayapti”,  - deydi Alisher Shamsiyev.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
"Human Rights Watch" vakili O'zbekistondan chiqarib yuborildi

  Boshqa xabarlar
Eron, Afg'oniston va Tojikiston umumiy telekanal yaratmoqchi
Afg'onistonda afyun balosi uchun hukumat javobgarmi?
Qozog'iston: 300 tonna yadroviy yonilg'i boshqa joyga ko'chiriladi
Bush bo'lg'usi prezidentga maslahat-o'git bermoqda
Amerika yoshlari musulmonlarni faolroq bo'lishga chaqirmoqda
AQSh qonunchilari Xitoy hukumatini huquq bobida siquvga olmoqda
O'zbekistonlik olimlar kashfiyotini takomillashtirish umidida  Audio Clip Available
BMTda O'zbekistondagi huquq ahvoli muhokamada
O'zbekistonda yangi siyosiy-ekologik harakat shakllanishi mumkin
AQSh Qozog'istonni islohotlarni jadallashtirishga chaqirmoqda
Tahlilchilar: Rasmiy Toshkent siyosiy burilishlar zaruratini anglamoqda
AQShga qarashli nohukumat tashkilot ro'yxatdan o'tdi
Vashington Kosovo mustaqilligini qo'llab-quvvatlaydi
Amerikaliklar orasida arab dunyosiga qiziqish ortmoqda
AQSh Olimpiya jamoasi Xitoyga otlanmoqda
Nebraska Universiteti - ko'psonli afg'onlar uchun vatan
Amerika Ovozi qurbon bo'lgan jurnalistlarni xotirlaydi
Markaziy Osiyo: Suv taqsimoti bo'yicha kelishuvdan darak yo'q
O'zbekistonda g'alladan daromad ko'rayotgan dehqon emas
Eron yadro dasturini tugatish bo'yicha muzokara natijasiz tugadi
AQSh Kosovoga 400 million dollar yordam ajratmoqda