Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Sietl-Toshkent birodarlik aloqalari o'rnatilganiga 35 yil to'ldi


23/04/2008
Lavhani tinglang - Download (Real) audio clip
Lavhani tinglang - Tinglang (Real) audio clip

Seattle
Sietl, Vashington shtati
O’zbekistonda Sietl (Seattle) AQShning eng tanilgan shahri desak xato bo’lmaydi. Tinch okeani bo’yida joylashgan bu azim shahar shu kunlarda ikki ming yillikdan oshiq tarixini tantana qilayotgan Toshkent bilan 1973 yildan beri birodarlik aloqalariga ega.

Amerikaliklar nazarida O’zbekiston poytaxti Sovuq Urush davridagi eng “iliq” maskanlardan biri bo’lgan.

Sietl Nyu-York, Chikago va Los Anjeles shaharlari qatorida  Amerikaning eng yirik metropolislaridan biri. Qo’shma Shtatlarning shimoli-g’arbiy nuqtasi.

Toshkent va Sietlni bir-biriga taqqoslash qiyin. Okean bo’yida joylashgani, atrofida suv havzalari ko’pligi, buning ustiga yomg’ir ko’p yoqqani sababli uni “suv shahri” deb ham atashadi. Sietlga ikki yuz yil avval asos solingan.

1970-yillarda, AQSh boshchiligidagi G’arb va SSSR yetakchiligidagi kommunistik blok orasida poyga avjiga chiqqan paytda, ayrim faol amerikaliklar Sovet Ittifoqi aholisi bilan bog’lanishga, har ikki davlat rahbarlarini atom qurollaridan voz kechib, tinchlik yo’lida birga ishlashga undash maqsadida sovet shaharlari bilan aloqa o’rnatishga urinadi.

Sietl
Amerikaliklar nazarida O'zbekiston Sovuq urush davrida SSSRning eng "iliq" maskani bo'lgan
Shu jafokash amerikaliklardan biri Sietlning o’sha damdagi meri Ves Ulman bo’lgan. Ulman o’zbek xalqi mehmondo’st va mehnatkash xalq, Amerika bu yurt bilan do’stona rishtalar o’rnata oladi deya AQSh Kongressi va Davlat departamentiga chiqqan.

Toshkent farzandi, bugun Sietlda yashovchi Margarita Xopshteyn tashabbus ustida ishlagan ko’ngillilardan biri edi.

Uning aytishicha, taklif Toshkent shahar rahbariyatiga ma’qul kelgan. O’zbekiston Kommunistik Partiyasi ham buni olqishlagan. 1988 yilda Toshkentda Sietl-Toshkent Tinchlik Parki tuzilgan.

“Sietllik mehmonlarga tarjimonlik qilganman. Ularning xalqlar do’stligi uchun naqadar berilib ishlayotganini ko’rib, ko’ngilli xizmat qadrini tushunganman. Amerikaliklarning g’ayrati va O’zbekiston bilan yaqinlashishga bel bog’laganini ko’rib juda ruhlanganman”,- deydi Margarita Xopshteyn.

Sietl
"Biz siyosiy emas, madaniy qardoshlikni targ'ib qilamiz",- deydi tashabbus yetakchisi Dan Peterson
Sietl-Toshkent birodarlik aloqalarini yurituvchi uyushma prezidenti Dan Peterson fikricha xalqaro hamkorlik va birodarlik zaminida oddiy odamlarning til topisha olishi, bir-biriga hamdard bo’la olishi, bir-birini tushuna olishi kabi muhim omillar yotadi.

"Ba’zilar uchun “birodar shaharlar” degan tushuncha ko’p ma’no kasb etmasligi, quruq, rasmiy bir munosabatdek tuyulishi mumkin", - deydi u. "Ammo kichik bir doirada boshlangan do’stlik asta keng qanot yozadi, o’zaro mehr-oqibat paydo bo’ladi".

“Biz siyosiy emas, madaniy rishtalar tarafdorimiz. Siyosat o’z yo’liga, lekin biz xalq diplomatiyasi tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlovchi vosita deb bilamiz va barcha say-harakatlar shu yonalishda”,- deydi Sietl-Toshkent birodarlik uyushmasi rahbari.

Janob Petersonning aytishicha, Sietlda bugun yuzlab o’zbekistonliklar yashaydi. Jamoa orasida san’atkorlar, madaniyat va ilm-fan namoyondalari bor. “Ilhom” teatri a’zolari shahar teatr sahnalarida O’zbekiston o’tmishi va bugunini aks ettiruvchi asarlar ijro etib turadi.

Sietl
Sietlda yuzlab o'zbekistonlik yashaydi
Jamoa vaqti-vaqti bilan turli sayllar va kechalar tashkil etadi. Navro’z keng nishonlanadi.

Tadbirlarda O’zbekistonning AQShdagi elchisi ham qatnashib turadi. Yaqinda, Sietl-Toshkent birodarligining 35 yilligi tantanasida, so’zlagan elchi Abdulaziz Komilov xalqlarni aslida siyosat emas, madaniy aloqalar yaqinlashtiradi dedi.

“Xalqlar do’stligi har narsadan ulug’”,- deydi Margarita Xopshteyn. "Chunki do’stlar bir-birining dardiga malham bo’lishga harakat qiladi".

“Yakkalanib, boshqalardan ajralib qolgandan ko’ra, uzoq-uzoq o’lkalardagi odamlar bilan tanishish, ular hayoti, tili va san’atini o’rganish insoniyatni birlashtirish  yo’lidagi qadam”, - deydi faol. 

Internet va axborot asrida dunyo kichrayib bormoqda. Yer yuzining ikki uzoq nutqasidagi shaharlar orasida aloqa yuritish ancha osonlashgan.

Jahon tarmog’ida Sietl-Toshkent birodarlik sahifalari ochilgan: www.seattle-tashkent.org va www.seattletashkent.ning.com

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
O'zbekistonda yangi siyosiy-ekologik harakat shakllanishi mumkin

  Boshqa xabarlar
O'zbekistonlik olimlar kashfiyotini takomillashtirish umidida  Audio Clip Available
BMTda O'zbekistondagi huquq ahvoli muhokamada
AQSh Qozog'istonni islohotlarni jadallashtirishga chaqirmoqda
Tahlilchilar: Rasmiy Toshkent siyosiy burilishlar zaruratini anglamoqda
AQShga qarashli nohukumat tashkilot ro'yxatdan o'tdi
Vashington Kosovo mustaqilligini qo'llab-quvvatlaydi
Amerikaliklar orasida arab dunyosiga qiziqish ortmoqda
AQSh Olimpiya jamoasi Xitoyga otlanmoqda
Nebraska Universiteti - ko'psonli afg'onlar uchun vatan
Amerika Ovozi qurbon bo'lgan jurnalistlarni xotirlaydi
Markaziy Osiyo: Suv taqsimoti bo'yicha kelishuvdan darak yo'q
O'zbekistonda g'alladan daromad ko'rayotgan dehqon emas
Eron yadro dasturini tugatish bo'yicha muzokara natijasiz tugadi
AQSh Kosovoga 400 million dollar yordam ajratmoqda
Oziq-ovqat muammosini yechish katta mablag' talab qiladi
O'zbekiston xalqi o'z huquqini biladimi? Uni talab qila oladimi?
Jahonda bir milliard odam toza suvga muhtoj
Xitoy hukumati uyg'ur faollarini terrorizmda ayblab, qamamoqda  Audio Clip Available
Prezidentlikka da'vogarlar xorij safarlariga e'tibor qaratmoqda
Fransiya O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarini tiklamoqchi
Baltimor - Amerikaning geroin poytaxti