Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
O'zbekistonliklar Rossiyada tekinga ishlatilmoqda


24/04/2008

O’zbekistondagi iqtisodiy nochorlik tufayli minglab odamlar ish izlab Rossiyaga jo’nab ketmoqda.

Biroq u yerda og’ir mehnat qilib topilgan maoshni undirib olish oson emas.

Haqini talab qila olmaydigan noqonuniy muhojirlar qalloblarning qo’lida o’yinchoq. Sharhlovchilar nazarida minglab fuqarolar haq-huquqining poymol qilinayotganidan aslida kimlardir manfaatdor.

Rossiyada uch yil mobaynida qullikda ishlatilgan o`zbekistonliklar rossiyalik tadbirkor Valeriy Aganesyandan 72 ming AQSh dollari miqdorida ish haqi undirilishini talab qilmoqda.

Bu o`zbekistonlik mehnat muhojirlari qullikka tushayotgan birinchi holat emas. Huquq himoyachilarining aytishicha, mazkur holatda ish beruvchi kimligi, manzili aniq, da`vogarlar tayin, masala yechimi huquq tartibot organlariga bog`liq. 

Buxoroning Shofirkon tumanilik 11 nafar mehnat muhojiri 2003-2006 yillar oralig’ida Rossiyada bo`lgan. Ular uch yil mobaynida Rossiyaning Barnaul shahri “Zaveti Ilicha” posyolkasida yashovchi Valeriy Aganesyan qo`lida ishlagan.

migrant
Aganesyan ulardan hujjatlarini torib olib, kaltak ostida ishlatgan. 2005 yilda muhojirlardan biri qochishga muvaffaq bo`ladi. U Aganesyan ish haqini to`lamasa, tegishli joyga xabar berishini aytib ogohlantiradi.

Valeriy Aganesyan moddiy qiyinchiliklar bois ish haqini keyinroq to’lashga va`da beradi. O`zbekistonliklar maslahatlashib, ikki kishini ish haqini olish uchun qoldirib, yurtga qaytadi.

Qolgan ikki muhojir - Tolib Qodirov, Ali Avezovlar bir yil mobaynida ayovsiz ishlatiladi,  keyin militsiya ularni O`zbekistonga deportatsiya qiladi. Yaqinda ular huquq himoaychilariga murojaat qilgan.

“Uch yil mobaynida ular ish haqi olmagan. O`zbekistonga kelgach, muhojirlar huquqini himoya qiluvchi biror tashkilot yo`qligi uchun qayerga murojaat qilishni bilmay yurgan. Bu vaqt mobaynida Aganesyanga ham telefon qilib maoshlarini talab qilib kelishgan, oxiri umidlari puchga chiqqach, huquq himoyachilariga murojaat qilishgan,” - deydi Qiynoqlarga tezkor javob berish guruhi vakili Suhrob Ismoilov.

Mazkur tashkilotning Buxoro viloyatidagi vakili Vohid Karimovning aytishicha, Shofirkonning Sho`rob qishlog`ida istiqomat qiluvchi bu yigitlarning ko`pi kasal bo`lib qaytgan.

“Aganesyanni o`zi uyda turib, Aris va  Ardak degan ukalariga bularni nazorat qilsini buyurgan. Ular kelsa, yigitlar yig’lab yuborar ekan, shu darajada qo`rqishgan, sal narsaga kaltaklashgan. Aniq manzili, ishlagan joylari, shahri ma`lum. Rossiya prokuraturasi ham, boshqasi ham shunga  e`tibor qaratadi deb o’ylaymiz. 11 kishidan to`qqiztasi ikki yil ishlagan, qolgan ikki kishi uch yil ishlagan, ular hammasini hisoblab ish haqimiz 72 ming dollar bo`ladi, shuni bersin deb talab qilmoqda,” - deydi Vohid Karimov.

Suhrob Ismoilovning aytishicha, masalani hal qilish Rossiya va O`zbekiston huquq tartibot organlari qo’lida.

“Agar ular birgalashib bu ishni rasmiy darajaga ko`tarsa, albatta, muhojirlarning ish haqini qaytarish imkoniyati bor, hali da`vo ariza bildirish vaqti o`tmagan,” -  deydi u.

O`zbekistonliklar muhojirlar uch yil mobaynida Barnaulning Aleyskiy tumanida ikkita chorva fermasi qurishgan, bolalar bog`chasi, maktab, madaniyat saroyini ta`mirdan chiqarishgan.

Aleyskiy tumani Ichki ishlar boshqarmasi va prokuratura binosini ta`mirlashgan, ko`chalarga asfalt yotqizib, remont qilishgan, kuniga 14 soatdan qul sifatida ishlatilgan.

Shofirkonlik muhojirlar bilan bo`gliq hodisa birinchi va oxirgisi emas, millionlab fuqarolar mamlakat tashqarisidan ish qidirishga majbur, yuzlab o`zbekistonliklar Rossiyada, Qozog`istonda qul qilib ishlayilayotgani  haqidagi xabarlar tez-tez uchraydi.

O’zbekistondagi ishsizlik, og`ir iqtisodiy ahvol, deyarli 6-7 millionga yaqin mehnat muhojirlarining himoyasi uchun hukumat hech narsa qilmayotgani bunga sabab qilib ko’rsatilmoqda.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
O'zbekistonda yangi siyosiy-ekologik harakat shakllanishi mumkin

  Boshqa xabarlar
O'zbekistonlik olimlar kashfiyotini takomillashtirish umidida  Audio Clip Available
BMTda O'zbekistondagi huquq ahvoli muhokamada
AQSh Qozog'istonni islohotlarni jadallashtirishga chaqirmoqda
Tahlilchilar: Rasmiy Toshkent siyosiy burilishlar zaruratini anglamoqda
AQShga qarashli nohukumat tashkilot ro'yxatdan o'tdi
Vashington Kosovo mustaqilligini qo'llab-quvvatlaydi
Amerikaliklar orasida arab dunyosiga qiziqish ortmoqda
AQSh Olimpiya jamoasi Xitoyga otlanmoqda
Nebraska Universiteti - ko'psonli afg'onlar uchun vatan
Amerika Ovozi qurbon bo'lgan jurnalistlarni xotirlaydi
Markaziy Osiyo: Suv taqsimoti bo'yicha kelishuvdan darak yo'q
O'zbekistonda g'alladan daromad ko'rayotgan dehqon emas
Eron yadro dasturini tugatish bo'yicha muzokara natijasiz tugadi
AQSh Kosovoga 400 million dollar yordam ajratmoqda
Oziq-ovqat muammosini yechish katta mablag' talab qiladi
O'zbekiston xalqi o'z huquqini biladimi? Uni talab qila oladimi?
Jahonda bir milliard odam toza suvga muhtoj
Xitoy hukumati uyg'ur faollarini terrorizmda ayblab, qamamoqda  Audio Clip Available
Prezidentlikka da'vogarlar xorij safarlariga e'tibor qaratmoqda
Fransiya O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarini tiklamoqchi
Baltimor - Amerikaning geroin poytaxti