Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Harbiy emas, ijtimoiy-iqtisodiy yordam mojarolar oldini oladi


25/04/2008

Siyosiy tahlilchilar nazarida xalqaro hamjamiyat zaif mamlakatlarga mojaro boshlanganidan keyin emas, oldinroq yordam berishi kerak.

Dunyoda ko’plab davlatlar siyosiy-ijtimoiy ko’makka muhtoj deydi ular. Ammo repressiv hukumatlar bilan ishlash ko’p hollarda xalq manfaatlariga qarshi harakatdir.

Falastinning Nablus shahrida politsiya markaziy ko’chalardan birini yopib qo’ygan. Bu yer jangari kuchlar va jinoyatchi to’dalar makoni deydi xavfsizlik xodimlari.

Yaqingacha politsiya bu ko’chaga yaqinlasha olmas edi. Biroq Falastin rahbariyati AQSh ajratgan moliyaviy ko’mak bilan 500 ga yaqin yangi va maxsus tayyorgarlikdan o’tgan zobitni ishga soldi.

"Jangarilar xavfni seza boshlagan va biz hududni ulardan tozalashga astoydil kirishganmiz. Jangarilar ham bizga bo’ysunishga majbur ekanini tushunyapti. Aks holda hibsga olinadi va qamoqqa tashlanadi”,- deydi bomba xurujlariga qarshi kurashuvchi guruh rahbari SamarAbdu

Tinchlikni tiklash va barqarorlikni ta’minlash ishlari bilan shug’ullanadigan insonparvarlik tashkilotlari bu kabi strategiyalarni ma’qullaydi.

Pavlina Beyker, Tinchlik uchun Jamg’arma degan muassasa rahbari, qonunni  avvalo hukumatning o’zi hurmat qilsin deydi. 

”AQSh repressiv tuzumlarga harbiy qudrati bilan do’q qilmay, ular bilan diplomatik, iqtisodiy va huquqiy sohalarda ishlashga urinishi kerak. Biz shu yo’l bilan ko’plab davlatlarga yordam bergan, mojarolarning oldini olgan bo’lamiz”.

BMT Sharqiy Timorda tinchlikni ta’minlash vazifasini Avstraliya zimmasiga topshirgan edi.

BMT tinchlikparvar kuchlari uchun mas’ul Jeyn Xoll Lyut Avstraliya ishning uddasidan chiqdi deydi. Missiya samara berdi.

”Ba’zan xalqaro hamjamiyat kelisha olmayotgan tomonlar til topishishi uchun zamin hozirlab berishi kerak toki dushmanlar qurolini tashlab, bir davraga yig’ilsin. Qonli, dahshatli urushlar olib borayotgan guruhlarni bunga ko’ndirish oson emas”.

Yaqinda Serbiyadan mustaqillik e’lon qilgan Kosovo chetdan olayotgan moliyaviy yordamni ish o’rinlari yaratish uchun sarflamoqda. Yangi fabrika va zavodlar ochilayapti. BMT turli sohalarda o’quv kurslari tashkil etgan.   

"Hayot yaxshilanyapti”,- deydi kosovolik hunarmandlardan biri.

AQSh kongressmeni Adam Smit rivojlanayotgan mamlakatlarga iqtisodiy yordamni oshirishi kerak degan fikrda. Yetishmovchilik tanglikka yetaklaydi deydi u. 

"Bugun dunyoda olti milliarddan oshiq odam yashasa, uning deyarli yarmi qashshoqlikda kun kechiradi. Sayyoramiz boy va qashshoqlardan iborat. Shu ham adolatdanmi? O’rtahol aholi sonini oshirish kerak”. 

Iqtisodi eng zaif davlatlardan biri - Zimbabvega chetdan deyarli hech qanday yordam ko’rsatilmaydi.

Insonparvarlik tashkilotlariga ko’ra, odamlar u yerda och-nahor, bir burda non uchun bir-birini o’ldirishga tayyor. AQSh yaqinda uch million dollarga teng oziq-ovqat jo’natdi. Biroq inson huquqlarini tinimsiz buzuvchi hukumat bilan muzokara qilmoqchi emas. Ahvol og’irlashar ekan, deydi sharhlovchilar, xalqaro hamjamiyat baribir aralashishga majbur bo’ladi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
O'zbekiston xalqi o'z huquqini biladimi? Uni talab qila oladimi?

  Boshqa xabarlar
AQSh Kosovoga 400 million dollar yordam ajratmoqda
Oziq-ovqat muammosini yechish katta mablag' talab qiladi
Eron yadro dasturi bo'yicha muzokara muvaffaqiyatiga ishonadi
Jahonda bir milliard odam toza suvga muhtoj
Xitoy hukumati uyg'ur faollarini terrorizmda ayblab, qamamoqda  Audio Clip Available
AQSh Eron yadro dasturi bo'yicha muzokarada qatnashadi
Prezidentlikka da'vogarlar xorij safarlariga e'tibor qaratmoqda
Fransiya O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarini tiklamoqchi
Baltimor - Amerikaning geroin poytaxti
Huquq faollari hamon tazyiqlardan shikoyat qilmoqda
Demokratiya - qator muammolarga javob
AQSh Pokiston-Afg'oniston chegarasidagi ahvoldan tashvishda
O'zbekiston va Qozog'iston erkin savdo haqida gaplashmoqda
Nursulton Nazarboyev Nobel mukofotiga ko'rsatilmoqda
Obama: Afg'oniston - terrorga qarshi urushning asosiy fronti
Inson savdosi bugun uyushgan jinoyatchilik tizimi  Audio Clip Available
Qishloq va suv xo'jaligi islohoti - iqtisodiy zarurat
O'zbekistonda nohukumat tashkilotlar soni keskin kamaygan
Buxoroda harbiy ombor portlab, bir necha kishi halok bo'lgan
O’zbekistonda jurnalistlarga qarshi kampaniya davom etmoqda
Beyker va Kristofer: Urush xatolarni kechirmaydi