Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Suv tanqis O'zbekistonda tuproq ham yaroqsiz holga kelmoqda


27/04/2008

Qishloq xo`jaligi fanlari doktori Qurbon Roziqov bir nech yildan buyon hukumat e`tiborini yerlarning sho`rlanish darajasi ortib, tuproq sifati buzilayotganiga qaratib keladi. 

Uning aytishicha, bu jarayonga qarshi zudlik bilan chora ko`rilmasa, yaqin yillarda O`zbekiston yerlarining aksariyati qishloq xo’jaligi uchun yaroqsiz holga keladi.

Olim paxta va boshqa ekinlarda kimyoviy o`g`itlarni qo’llashni keskin cheklash, yer salomatligini tekshirish yuzasidan hukumatdan mustaqil jamoatchilik nazarotini o`rnatish tarafdori.

Mamlakat iqtisodiyotida qishloq xo`jaligiga bo`lgan ehtiyojning kattaligi, paxta va don hosildorligiga zo`r berilayotgani, deydi olim, bu talablar inobatga olinmayotganidan dalolat bermoqda.

Yer salomatligi bo`yicha izlanish olib borayotgan yosh mutaxasislardan biri muammoni zararsiz og`itlar bilan hal etish taklifini bildiradi.

“Yer sho`rlanib borayotgani mamlakatdagi asosiy muammo, buning sababi defoliantlar, (ya’ni) kimyoviy moddalarning haddan ortiq ishlatilishi. Shu ximikatlarni boshqa bir zararsiz turga o`zgartirish haqida gap ketayapti. Biz shunga erishishimiz kerak. Byudjetimiz hozir bu muammoni hal etish qudratiga ega emas, buni xalqaro tashkilotlar ko`magida amalga oshirish mumkin bo`lar,” - deydi u.   

“ECOSAN” xalqaro jamg`armasi rahbari Yusuf Shodimetov O`zbekiston uchun xavf solib turgan asosiy muammo – suv tanqisligi deydi.

“15-20 yildan keyin bu muammoning keskinligi ortadi, mintaqadagi harorat 2-2,5 gradusga ko`tarilishi mumkin. Qurg`oqchilik, tuproq degradatsiyasi, cho`llanish, Orolning qurib borishi natijasida genofond o`zgarishi, biologik xilma-xillikning kamayishi… Bular hammasi bir-biriga qo`shilgan holda global ekologik muammo desa bo`ladi,” - deydi Shodimetov.

Shodimetovning aytishicha, mintaqadagi ekologik inqiroz asoratlari butun dunyo bo`ylab aks sado beradi.

“Agar vaqtni o`tkazib yuboradigan bo`lsak, bu yerdagi ekologik inqirozlar ta`siri G`arbga, AQShga ham yetib boradi. Hozirgi kunda Orol tubidan chiqayotgan 400-500 ming tonna qum, uning tarkibidagi pestisidlar, mutagenlar va boshqa zaharli kimyoviy moddalar tarqalishini to`xtatishimiz kerak,” - deydi Shodimetov.

Bugun Orolbo`yidagi ekologik holatga qaysidir ma`noda ko`nikishdek taassurot bor, turli tadbirlar amalga oshrilayotganiga qaramay vaziyat yaxshilanishiga umid kuzatilmaydi.

Yevropa Ittifoqining global iqlim o`zgarishi haqida bildirgan hisobotida suv tanqisligi mintaqa davlatlari o`rasidagi ziddiyatga bog’liq ekani ta`kidlanadi.

Mintaqa davlatlarida suvdan foydalanish bo`yicha aniq dastur yo`q. Tojikiston O`zbekiston roziligisiz ham Amudaryo irmog’i Vaxsh daryosida gidrostansiyalar qurilishini davom ettirishini bildirdi. O`zbekiston esa mintaqa daryolari yoqalab gidrostansiyalar qurilishiga mutlaqo qarshi.

Mutaxasislarning so’zlariga qaraganda, muammolar yechimi hozirdanoq aniq choralar belgilanishini talab etadi. Keyingi o`n yillikda O`zbekistonda ekologik muammolar kuchaygach, asorati og’ir bo’lishi mumkin.  

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?