Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Tojikiston Eron va Afg'onistondan iqtisodiy imkoniyat izlamoqda


28/04/2008

imomali rahmon

O’tgan bir yil ichida Tojikiston- Eron- Afg’oniston munosabatlari sezilarli darajada yaxshilandi.

Uch davlat rahbarlarining Dushabedagi so’nggi uchrashuvida Eron Tojikiston va qo’shni respublikalar yordami bilan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo bo’lish niyatida ekanini bildirgan.

Tojikistonlik tahlilchilar nazarida hukumat bugunga kelib tashqi siyosatini ancha o’zgartirgan. Mamlakat tashqi dunyo bilan, ham g’arbu-sharq bilan bir paytda yaqindan bog’lanishni maqsad qilgan.

Ba’zi mahalliy tahlilchilar fikricha Tojikistonning Eron va Afg’oniston bilan aloqalaridagi faollik sababi uning Rossiya bilan munosabatlarining sovuqlashishidadir. Lekin taniqli tojik jurnalisti Tilav Rasulzoda ta’biricha Tojikistonning Eron bilan yaqinlashuvi ortida uch omil bor. Birinchisi tojik va eroniylar orasidagi madaniy yaqinlikdir.  

“Ikkinchisi esa sabab dunyo globalizasiyasi davrida  Tojikiston Eronni o’z manfaatlarini himoya qiluvchi kuchli va iqtidorli davlat sifatida ko’rishida. Uchinchidan, Eron Tojikistonga sanoatni rivojlantirish, iqtisodni ko’tarish va investitsiya uchun kerak”,- deydi Rasulzoda.

Eron prezidenti Ahmadinajod ham Tojikistonga safari chog’ida Tojikistonning rivojlanishi va obodonchiligi Eron manfaatlariga mosligini ta’kidlagan edi.

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon  Eron va Afg’oniston bilan hamkorlikning rivojlanishi mintaqa birligining o’zagi bo’lib xizmat qilishini qayd etgan.

Rahmon fikricha Afg’onistonda ham qator ijobiy o’zgarishlar yuz bermoqda.  

“Xorijiy kompaniyalar ishtirokida Afg’onistonda milliardlab dollarga yo’llar qurilmoqda. Erondan Afg’oniston orqali Tojikistonga, so’ng esa Qig’izistondan Xitoygacha temir yo’llar quriladi. Bu yo’l nafaqat bizni, balki Rossiya, Qozog’iston, umuman barcha Markaziy Osiyo davlatlari  va Xitoyni Pokiston orqali Hind okeaniga olib chiqadi. Bu ishlar Afg’onistonga tinchlik qaytayotganidan dalolat beradi”,-deydi Tojikiston prezidenti.

Mahalliy  jurnalistlariga ko’ra Eronning moliyaviy va iqtisodiy ko’magi bilan Tojikiston hozirda o’zi qolayotgan yo’l qamalidan chiqib olishi mumkin bo’ladi. Ularning fikricha Afg’oniston va Eron orqali o’taigan yangi yo’llar Tojikistonga mollarni Rossiyani chetlab turib arzonroq va osonroq tarzda chetga chiqarishga imkon beradi.

Ba’zi tahlilchilar Eronning Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zolikka da’vogarligida Moskvaning harakatini ko’radi va bu yo’lda Rossiya Tojikiston orqali ish ko’rayotganini tilga oladi. Ammo tojik  jurnalisti Rasulzoda fikricha Tojikiston Eronni iqtisodiy manfaatlarni ko’zlab, quvvatlab chiqmoqda.  

“Zero bu tashkilotga Tojikistonga yaqin va do’st mamlakatlar a’zo bo’lishini bizning hukumat albatta istaydi. Bu yerda Tojikistonu - Amerika yoki Tojikiston – Rossiya  o’rtasida biron kelishivu - ixtiloflar bo’lishiga ishonib bo’lmaydi”, - deydi Rasulzoda.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Rossiya demokratik yo'ldan og'maslikka va'da bermoqda

  Boshqa xabarlar
Markaziy Osiyo yonilg'i zaxiralari ustida raqobat qizimoqda
AQSh va Chexiya mudofaa tizimini o'rnatishga kelishdi
Markaziy Osiyo haqiqatda tahlika maydonimi?
Xitoy matbuotni cheklamaslik va'dasi ustidan chiqmayapti
Eron G'arb shartlarini qabul qilmoqchi emas
O'zbekistonda kadrlar saviyasi pasayib bormoqda
AQSh siyosiy sahnasida uchinchi yirik partiyaga o'rin yo'q
Sibir suvlarini Markaziy Osiyoga burish loyihasi yana muhokamada
AQSh qonunchilari Qozog'istonni va'dasida turishga chaqirmoqda
"Ozodlik" o'z jurnalistlari taqdiridan xavotirda
Tahlilchilar: O'zbekistonda korrupsiya - tirikchilik
Qozog'iston Yevropa talablarini qondirish harakatida  Audio Clip Available
Rossiya Yevropa qistovi bilan islohotlar qilishi mumkinmi?
Rossiya-Yevropa hamkorlik bitimi yangilanyapti
O'zbekistonda internet cheklanayotganiga qarshi kurash
Korrupsiya qoradoriga qarshi kurash yo'lida asosiy to'siq
O'zbekiston va Xitoy gaz quvuri qurish arafasida
Jahon Banki O'zbekistonda yangi strategiya asosida ishlaydi  Audio Clip Available
Amerikada qolishning eng oson yo'li soxta nikohmi?
Guantanamodagi uyg'ur mahbus ishi qayta ko'riladi