Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Yevropa huquq talabini qo'ymoqda, sanksiyalar qisman kuchda qoladi

29/04/2008

Lyuksemburgda Yevropa Ittifoqi Kengashi yig'iladigan Kiem binosi
Kiem - Lyuksemburgda Yevropa Ittifoqi Kengashi yig'iladigan markaz

Yevropa Ittifoqi O’zbekistonga nisbatan 2005 yil so’nggida qo’yilgan sanksiyalarni yana olti oyga bekor qilishga qaror qilgan.

Ya’ni respublikaning ayrim rasmiylarini ittifoqqa safar qilishini cheklovchi qoidalar vaqtincha olib tashlangan va hozircha shundayligicha qoladi.

Ammo Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlardan O’zbekistonga qurol-aslaha sotish hamon man etilgan.

Sanksiyalarning yana yarim yilga bekor qilinishining asosiy sharti, deyiladi Yevropa Ittifoqi Kengashi bayonotida, O’zbekistonda inson huquqlari bilan bog’liq ahvol yaxshilanishi kerak va Islom Karimov rahbariyati xalqaro majburiyatlarga sodiq ekanini isbotlashi lozim.

Yevropa Ittifoqi nazarida o’tgan oylar mobaynida respublikada huquq va erkinlik bobida qator ijobiy qadamlar tashlangan. 

Jumladan, o’lim jazosi bekor qilingan; qamoqqa olish vakolatini endi faqat sudlar beradi; bolalar mehnatini cheklovchi xalqaro qonun ratifikatsiya qilingan. Shuningdek, inson huquqlari faollari - Saidjahon Zainobiddinov, Ixtiyor Hamroyev, Ulug’bek Kattaboyev va Bobomurod Mavlonovlar qamoqdan ozod etilgan. Gulbahor To’rayeva va Umida Niyozovalarga berilgan jazolar yengillashtirilgan.

Xalqaro Qizil Xoch Qo’mitasiga mamlakat turmalarga kirish uchun ruxsat berilgani ham Yevropa rasmiylari tomonidan ijobiy o’zgarish deya qayd etilmoqda.

Biroq, Yevropa Ittifoqi Kengashiga ko’ra, O’zbekistonda erkinlik ravnaq topishi uchun rahbariyat yana ko’plab choralar ko’rishi va qarorlar qabul qilmog’i lozim.

Talablar: qiynoqlarga barham berish, mahbuslarning huquqlarini hurmat qilish, huquq faollariga nisbatan tazyiqlarni bas qilish, inson huquqlarini himoya qiluvchi mahalliy va xalqaro tashkilotlarga mamlakatda faoliyat yuritish uchun yo’l berish, BMT bilan qiynoqlarga qarshi kurash hamda matbuot va so’z erkinligi yo’lida hamkorlik qilish, nohukumat tashkilotlarni ro’yxatga olish va ularga qo’yilgan cheklovlarni bekor qilish va hokazo.

Huquq tashkilotlari, xususan Xalqaro Amnistiya Yevropa Ittifoqini sanksiyalarni yumshatmaslikka, aksincha, Karimov ma’muriyatiga keskinroq talablar qo'yishga chaqirgan va huquq e’zozlanishi kafolatlanmaguncha cheklovlar amalda qolsin deya so’ragan edi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
"Human Rights Watch" vakili O'zbekistondan chiqarib yuborildi

  Boshqa xabarlar
Eron, Afg'oniston va Tojikiston umumiy telekanal yaratmoqchi
Afg'onistonda afyun balosi uchun hukumat javobgarmi?
Qozog'iston: 300 tonna yadroviy yonilg'i boshqa joyga ko'chiriladi
Bush bo'lg'usi prezidentga maslahat-o'git bermoqda
Amerika yoshlari musulmonlarni faolroq bo'lishga chaqirmoqda
AQSh qonunchilari Xitoy hukumatini huquq bobida siquvga olmoqda
O'zbekistonlik olimlar kashfiyotini takomillashtirish umidida  Audio Clip Available
BMTda O'zbekistondagi huquq ahvoli muhokamada
O'zbekistonda yangi siyosiy-ekologik harakat shakllanishi mumkin
AQSh Qozog'istonni islohotlarni jadallashtirishga chaqirmoqda
Tahlilchilar: Rasmiy Toshkent siyosiy burilishlar zaruratini anglamoqda
AQShga qarashli nohukumat tashkilot ro'yxatdan o'tdi
Vashington Kosovo mustaqilligini qo'llab-quvvatlaydi
Amerikaliklar orasida arab dunyosiga qiziqish ortmoqda
AQSh Olimpiya jamoasi Xitoyga otlanmoqda
Nebraska Universiteti - ko'psonli afg'onlar uchun vatan
Amerika Ovozi qurbon bo'lgan jurnalistlarni xotirlaydi
Markaziy Osiyo: Suv taqsimoti bo'yicha kelishuvdan darak yo'q
O'zbekistonda g'alladan daromad ko'rayotgan dehqon emas
Eron yadro dasturini tugatish bo'yicha muzokara natijasiz tugadi
AQSh Kosovoga 400 million dollar yordam ajratmoqda