Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Turkmaniston: tabiiy gaz eksporti uchun muqobil quvurlar


29/04/2008

Turkmaniston prezident Qubronguli Berdimuhammedov shu kunlarda Afg`onistonda bo`lib qaytdi. Ashgabat-Kobul o’rtasida hamkorlik hujjatlari imzolangan. Asosan, deydi sharhlovchilar, Transafg’on energetika koridori yaratish ustida so’z borgan.

Turkmaniston gazini turli yo’nalishlar bo’yicha eksport qilish siyosatini ishlab chiqqan va uni faol tarzda targ’ib qilmoqda.  

Berdimuhammedov Afg`onistonda Muhammad Agaxon medali bilan taqdirlangan. Afg`oniston va Turkmaniston o`rtasida transport aloqalari, shuningdek, energetik resurslar borasidagi hamkorlik haqida memorandum imzolangan.

Biroz avval Transafg`on koridori ishtirokchilari - Afg`oniston, Turkmaniston, Pokiston va Hindiston energetika vazirlari uchrashgan edi.

Turkmaniston hukumati mamlakat energozaxiralarini nafaqat Rossiya, balki Yevropa, Janubiy Osiyo va Xitoyga ham sotish istagida.  

Turkmanistonda 21 milliard tonna neft va 24 trillion kubometr gaz zaxiralari borligi aniqlangan.

Bugun mamlakat ularni asosan Rossiya orqali sotib keladi.

Siyosiy sharhlovchi Abduvali Soyibnazarov fikricha Transafg`on loyihasi mintaqa mustaqilligini ta`minlashda muhum ahamiyatga ega.

“Shunday qarorga kelinganining o`zi muhum. Turkmaniston avvalgi izolyatsion siyosatdan voz kechib, mintaqada o`z mavqeini tiklamoqda”, - deydi Soyibnazarov.

Loyiha Afg`onistondagi vaziyatning barqarorlashishi uchun xizmat qilishi ham mumkin degan qarashlar mavjud.

Turkmaniston yaqinda Yevropa Ittifoqiga yiliga 10 million kubometr gaz sotishga tayyorligi bildirdi.  “Nabukko” nomi bilan mashhur bu loyiha Ozarbayjon va Turkiya orqali Yevropaga uzatiladi.  

Siyosiy tahlilchi Farhod Tolipov Turkmaniston jahon bozorida o’z o’rnini topadi deydi.

“Energetika bozorini [xilma-xillashtirish], bir davlatning monopoliyasiga chek qo`yishni talab etadi, xususan Rossiyaning yakkahokimligini cheklaydi. Yevropa, AQSh kirib kelyapti…  Bu normal holat. Agar Rossiya ta`siri biroz kamaysa, uning o`rniga AQSh yoki Xitoy chiqadi degani emas. Energetika bozori bozor qununlarini talab etadi. Ertami kechmi yakkahokimlikka chek qo`yilishi kerak edi”, - deydi Tolipov.

Uning fikricha Transafg`on loyihasi ancha yillardan buyon muhokama qilib kelinadi, biroq amalga oshmagan.

Loyihaning amaliyoti mintaqada muhim geosiyosiy o`zgarishlar qilishi mumkin deydi Tolipov.

“Biroq Afg`onistondagi vaziyat beqarorligini hisobga olsak, bu loyiha amaliyoti uchun hozir ham yetarli sharoit yo`qligini ta`kidlash kerak”.

Turkmaniston qo`shni davlatlar, jumladan, O`zbekiston va Qozog`iston bilan ham munosabatlarini mustahkamlashga urinmoqda.  

Energetik resurslar borasida Qozog`iston va Turkmaniston muqobil yo`nalishlar tarafdori. Lekin, deydi sharhlovchilar, O`zbekistonning bu boradagi siyosati aniq emas.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Rossiya demokratik yo'ldan og'maslikka va'da bermoqda

  Boshqa xabarlar
Markaziy Osiyo yonilg'i zaxiralari ustida raqobat qizimoqda
AQSh va Chexiya mudofaa tizimini o'rnatishga kelishdi
Markaziy Osiyo haqiqatda tahlika maydonimi?
Xitoy matbuotni cheklamaslik va'dasi ustidan chiqmayapti
Eron G'arb shartlarini qabul qilmoqchi emas
O'zbekistonda kadrlar saviyasi pasayib bormoqda
AQSh siyosiy sahnasida uchinchi yirik partiyaga o'rin yo'q
Sibir suvlarini Markaziy Osiyoga burish loyihasi yana muhokamada
AQSh qonunchilari Qozog'istonni va'dasida turishga chaqirmoqda
"Ozodlik" o'z jurnalistlari taqdiridan xavotirda
Tahlilchilar: O'zbekistonda korrupsiya - tirikchilik
Qozog'iston Yevropa talablarini qondirish harakatida  Audio Clip Available
Rossiya Yevropa qistovi bilan islohotlar qilishi mumkinmi?
Rossiya-Yevropa hamkorlik bitimi yangilanyapti
O'zbekistonda internet cheklanayotganiga qarshi kurash
Korrupsiya qoradoriga qarshi kurash yo'lida asosiy to'siq
O'zbekiston va Xitoy gaz quvuri qurish arafasida
Jahon Banki O'zbekistonda yangi strategiya asosida ishlaydi  Audio Clip Available
Amerikada qolishning eng oson yo'li soxta nikohmi?
Guantanamodagi uyg'ur mahbus ishi qayta ko'riladi