Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
"Buyuk rus shovinizmi" yana siyosiy sahnaga ko'tarilgan


29/04/2008

rus
“Sankt-Peterburgda tojikistonlik ishchi o’ldirilgan. Moskva metrosida O’zbekiston fuqarosi pichoqlab ketilgan”. So’nggi paytlarda bu kabi xabarlar tez-tez quloqqa chalinadi.

Rossiyada millatchilik va ksenofobiya, ya’ni chet elliklarga nisbatan ishonchsizlik va qo’rquv avj olayotgani sir emas.

Rossiya ziyolilari Markaziy Osiyoga ko’pincha muammolar manbai sifatida qarasa-da, Kreml energetik resurslarini ishga solib mintaqada geosiyosiy nufuzini oshirishga urinib keladi.

Vatanparvarlik va millatchilik – so’nggi yillarda Rossiya jamiyati va siyosiy sahnasidagi o’zgarishlar mana shu ikki so’z bilan yo'g'rilgan, deydi Marlen Laruel (Marlene LaRuelle), Rossiya va Kavkaz bo’yicha izlanuvchi fransuz olimasi.

Laurelle
Marlen Laruel
“Vatanparvarlik mafkurasi bugun Rossiyada davlat siyosati darajasiga ko’ratilgan, deydi olima. Bu ko’pgina mamlakatlarda oddiy hol, lekin Rossiyada yangicha tus va ma’no kasb eta boshlagan”.

1990-yillarda radikal va millatchi guruhlar targ’ib qilgan g’oyalar bugun jamiyat hayotining bir qismi. Siyosatchilar o’z nutqlarida vatanga sodiqlik va Rossiyaning oliy manfaatlariga xizmat qilishga va’da beribgina yuqori lavozimlarga erisha oladi, deydi Marlen Laruel, “Imperial Mahobatni Qo’msab” nomli yangi kitob muallifi.

“Rossiyadagi ko’pgina siyosiy guruhlar”, deydi olima, “millatchilarning “Rossiya rossiyaliklar uchun” nomli shiorini o’ziga bayroq qilgan”.

Marlen Laruel bu lobbichi guruhlarning Markaziy Osiyoga munosabatini uch kategoriyaga bo’ladi.

Birinchisi, mintaqani diniy ekstremizm, terrorizm, mafiya o’chog’i deb biluvchi va noqonuniy immigrantlarni Rossiyadan chiqarishga chaqirayotganlar.

Ikkinchisi sobiq Sovet davlatlaridagi slavyan aholini qo’llab-quvvatlash kerak deb chiqayotgan guruhlar.

Uchinchi kategoriyaga esa Rossiya Markaziy Osiyoda o’z siyosiy-iqtisodiy qudratini oshirishi kerak deyayotgan siyosatchilar kiradi. Jumladan, Kommunistlar rahbari Gennadiy Zyuganov va Liberal-Demokratik Partiya raisi Vladimir Jirinovskiy.

“Millatchilik kuchayganiga qaramasdan”, deydi Laruel xonim, “Rossiya markaziy osiyolik millionlab ishchi migrantlar uchun pul topish imkoniyatini beruvchi mamlakat bo’lib qolmoqda”.

So’nggi ikki yil ichida qonunlar qabul qilinib migratsiya ancha tartibga solingan bo’lsa-da, muhojirlar sonini kamaytirishga ko’rsatma berilgan.

Mazkur yilda Rossiya 2 million ishchini qabul qiladi, xolos. Millatchi guruhlar Rossiya ulgurji bozorlari va savdo sohasini noqonuniy muhojirlardan tozalash harakatlarini olqishlamoqda. Prezident Vladimir Putin buni tub aholi manfaatlarini himoya qilish bilan izohlaydi.

Tahlilchilarning xulosa qilishicha, Rossiya Markaziy Osiyoda siyosiy-iqtisodiy qudratga, ta’sir kuchiga ega bo’lish uchun boshlangan musobaqada G’arb va Xitoydan orqada qolmoqchi emas. Gazprom kompaniyasi yaqinda Turkmaniston, Qozog’iston va O’zbekiston gazi uchun ko’proq to’lashga rozilik berdi. Rossiya yillik byudjeti deyarli 290 milliard dollarga teng ekan, daromadning uchdan-bir qismi yonilg’i savdosidan tushadi.

Rossiya Markaziy Osiyoning yaqin hamkori bo’lib qolaveradi, deydi mutaxassislar, chunki mintaqaning avtokrat rahbarlari Kremlga tayanadi. Migratsion jarayonlar, o’z navbatida, rus tiliga ehtiyojni ham oshirmoqda.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Katta Sakkizlikka a'zo davlatlar sammiti ish boshlayapti

  Boshqa xabarlar
Dollar qadri pasayishda, neft narxi o'sishda davom etyapti
O'zbekistonda yosh kadrlar saviyasi nima uchun pasaymoqda?
AQSh siyosiy sahnasida uchinchi yirik partiyaga o'rin yo'q
AQSh harbiylari Eron bilan urush boshlash ortiqcha degan fikrda
Bush Afg'onistonga qo'shimcha askar jo'natishga va'da bermoqda
Sibir suvlarini Markaziy Osiyoga burish loyihasi yana muhokamada
Rossiya va Ukraina gaz, NATO va Sevastopolni muhokama qilgan
Siyosiy maydonda ayollar hamon ozchilik
AQSh qonunchilari Qozog'istonni va'dasida turishga chaqirmoqda
"Ozodlik" o'z jurnalistlari taqdiridan xavotirda
Tahlilchilar: O'zbekistonda korrupsiya - tirikchilik
Qozog'iston Yevropa talablarini qondirish harakatida  Audio Clip Available
Rossiya Yevropa qistovi bilan islohotlar qilishi mumkinmi?
AQSh Pokistonning terrorchilarga qarshi sust harakatidan norozi
Rossiya-Yevropa hamkorlik bitimi yangilanyapti
O'zbekistonda internet cheklanayotganiga qarshi kurash
Korrupsiya qoradoriga qarshi kurash yo'lida asosiy to'siq
O'zbekiston va Xitoy gaz quvuri qurish arafasida
Jahon Banki O'zbekistonda yangi strategiya asosida ishlaydi  Audio Clip Available
Amerikada qolishning eng oson yo'li soxta nikohmi?
Guantanamodagi uyg'ur mahbus ishi qayta ko'riladi