Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Dunyo bo'ylab ocharchilik alomatlari sezila boshlagan

30/04/2008

Osiyoda guruch tanqislashgan
BMT nazarida dunyo ahli biror chora ko’rmas ekan, yer yuzi bo’ylab oziq-ovqat narxi misli ko’rilmagan darajada oshishi va bu katta inqirozga olib borishi mumkin. Bugun hayotni neft va tabiiy gazsiz tassavvur qilish qiyin.

Olimlar fikricha, aynan shu moddalardan haddan tashqari ko’p foydalanish global iqlim haroratini ko’tarmoqda. Natijada muqobil energiya manbalariga e’tibor qaratilib, makkajo’xori va bug’doyga talab oshgan.

Bugun ko’plab mamlakatlarda oilaviy daromadning 80 foizi oziq-ovqat uchun sarflanadi.

A donkey cart loaded with food aid from the United Nations Relief and Works Agency at Rafah refugee camp, southern Gaza Strip, 24 Apr 2008
G'azo sektori, 24 aprel 2008
Tabiiyki, xalqlar vaziyatdan tobora norozi.

Yaqin Sharqda aholi bir burda nonga zor… 

Karib orollaridagi ocharchilik hukumatga qarshi qozg’olonlarga sabab bo’lmoqda.

Osiyoda guruch tanqis ekan, mahsulotni qo’riqlash armiya zimmasida.

BMT Oziq-Ovqat dasturi xodimi Greg Barrov vaziyatni izohlaydi.

Greg Barrow
Greg Barrov, BMT rasmiysi  
"Bu umumbashariy muammo ortida qator sabablar bor- har bir jamiyatda yonilg’i narxi ko’tarilgan; Xitoy va Hindiston iqtisodiyoti tezlikda o’sar ekan, aholisining talabi ham oshib bormoqda. Natijada bozorda narx-navo ham osmonga chiqmoqda. Buning ustiga don mahsulotlari endi nafaqat oziqa, balki yonilg’i manbai hamdir",- deydi Barrov.

AQShdek iqtisodiy jihatdan qudratli davlat muqobil energiya siyosatini kuchaytirar ekan, deydi mutaxassislar, don mahsulotlari arzonlashmaydi. 

Lekin oziq-ovqat va siyosat bobida izlanuvchi olim Nikolas Mino fikricha un, guruch va boshqa zarur mahsulotlar AQSh dollari qadri tushib ketgani uchun ham qimmatlashgan.

"Bozor qimmatlashganining yana bir sababi ta’minot qisqarganida. Avstraliya qurg’oqchilik tufayli yetarlicha bug’doy yetishtirmadi. Don eksport qiluvchi davlatlar iqtisodiy siyosatini o’zgartirgan. Ukraina kam bug’doy sotayapti. V’etnam va Hindiston endi kamroq guruch eksport qilayapti. Chunki mahalliy talab kuchaygan. Qarabsizki, jahon bozorida bu mahsulotlar tanqislashgan",- deydi Mino.  

Oqibatda, deydi tahlilchi, sayyora aholisining 850 millioni och qolishi mumkin. Jozet Shiran BMT Oziq-Ovqat Dasturini boshqaradi. 

Och odamlarning nolishga holi yo'q, deydi BMT xodimlari
"Dunyoda ocharchilik tarqalmoqda – aholi sukutda, chunki shikoyat qilishga holi yo’q. Ocharchilik chegara bilmaydi",- deydi Shiran. 

BMT mazkur muammoni yechish uchun kamida 755 million dollar kerak deb chiqmoqda. Shuningdek, boy davlatlardan kambag’al mamlakatlar qishloq xo’jaligiga yordam berish so’ralmoqda. Toki dehqonlar ko’proq don mahsulotlari yetishtira olsin deydi Nikolas Mino. 

”Aks holda narx-navo ko’tarilaveradi. Ocharchalik quloch yozaveradi. Ko’proq oziq-ovqat ishlab chiqarish haqida o’ylash kerak”.

Ayrim tahlilchilar hisobicha bug’doy narxi yaqin orada tushishi mumkin, ammo guruch bahosi pasayishidan darak yo’q. Birlashgan Millatlar Tashkiloti oziq-ovqat global miqyosda 80 foizga qimmatlashgan deya ma’lum qilmoqda.  

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
O'zbekiston xalqi o'z huquqini biladimi? Uni talab qila oladimi?

  Boshqa xabarlar
AQSh Kosovoga 400 million dollar yordam ajratmoqda
Oziq-ovqat muammosini yechish katta mablag' talab qiladi
Eron yadro dasturi bo'yicha muzokara muvaffaqiyatiga ishonadi
Jahonda bir milliard odam toza suvga muhtoj
Xitoy hukumati uyg'ur faollarini terrorizmda ayblab, qamamoqda  Audio Clip Available
AQSh Eron yadro dasturi bo'yicha muzokarada qatnashadi
Prezidentlikka da'vogarlar xorij safarlariga e'tibor qaratmoqda
Fransiya O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarini tiklamoqchi
Baltimor - Amerikaning geroin poytaxti
Huquq faollari hamon tazyiqlardan shikoyat qilmoqda
Demokratiya - qator muammolarga javob
AQSh Pokiston-Afg'oniston chegarasidagi ahvoldan tashvishda
O'zbekiston va Qozog'iston erkin savdo haqida gaplashmoqda
Nursulton Nazarboyev Nobel mukofotiga ko'rsatilmoqda
Obama: Afg'oniston - terrorga qarshi urushning asosiy fronti
Inson savdosi bugun uyushgan jinoyatchilik tizimi  Audio Clip Available
Qishloq va suv xo'jaligi islohoti - iqtisodiy zarurat
O'zbekistonda nohukumat tashkilotlar soni keskin kamaygan
Buxoroda harbiy ombor portlab, bir necha kishi halok bo'lgan
O’zbekistonda jurnalistlarga qarshi kampaniya davom etmoqda
Beyker va Kristofer: Urush xatolarni kechirmaydi