Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Yevropa O'zbekistonga nisbatan yumshoq siyosat yuritayaptimi?


30/04/2008

Yevropa Ittifoqi O`zbekistonga qo’yilgan sanksiyalarni yana yarim yilga bekor qildi. Sharhlovchilar fikricha, Yevropa inson huquqlari borasida O’zbekistonda ijobiy o’zgarishlar bo’ladi degan umidda.Yevropa Ittifoqi inson huquqlari bilan bo`gliq vaziyatdan kelib chiqqan holda o`z qarorini uch oydan so`ng o`zgartirishi mumkin.

Lekin huquq himoyachilari bu umidlarga shubha bilan qaraydi.

“(Sanksiyalarning) yumshatilishi hech qanaqa yaxshi natija bermaydi bu rejim uchun. Borgan sari ahvol og`irlashib borayapti. Hukumat vaziyatni yaxshilash uchun hech narsa qilayotgani yo`q. Shu paytgacha hatto Human Rights Watch (tashkiloti) ni ham ro`yxatga olmadi,” - deydi O`zbekiston inson huquqlari bo`yicha tashabbus guruhi rahbari Surat Ikromov.

“Ezglik” inson huquqlari jamiyati vakili Abdurahmon Tashanovning aytishicha, sanksiyalar bekor qilinadigan ko’rinadi.

“Biz norozimiz, chunki O`zbekiston hukumati sanksiyalar joriy etilgan paytdagi talablarni bajarmaganiga qaramasdan, sanksiyalar yumshatildi”.

Qiynoqlarga tezkor javob berish guruhi vakili Suhrob Ismoilov fikriga ko`ra, Yevropa Ittifoqining qarori mamlakatga imkoniyat bermoqda.

“Yevropa Ittifoqi O`zbekiston bilan konstruktiv muloqot tarafdori, hukumat bu muloqotga qanchalik tayyorligini aytish qiyin. Yuzaki islohotlar bo`lgani bilan hali real bir o`zgarishlar haqida gapirishga vaqt bor,” - deydi u.

Yevropa Ittifoqi rasmiy Toshkent inson huquqlari borasida ijobiy qadamlar tashlaganini inobatga oldi, biroq vaziyat tashvishli qolayotganini ta`kidlaydi va hukumatga bir necha talablar qo`yadi.

Bu qiynoqlarni to`xtatish, BMT qiynoqlar qo`mitasi bilan muzokaralar yuritish, nodavlat tashkilotlar faoliyatiga imkoniyat berish, huquq himoyachilarini ozodlikka chiqarish kabi talablar.

Yevropa Ittifoqi yana uch oydan keyin o`z talablaridan kelib chiqqan holda sanksiyalarni muhokama qiladi.

Mamlakat huquq himoyachilari ijobiy o’zgarish bo`lishiga shubha bilan qaraydi.

“Bu shunchaki chalg`itish, va`dabozlik oldingiga o`xshab. Kelib qarashsin, odamlardan so`rashsin, jurnalistlarning O`zbekistonga kirishi, kuzatib ketishi uchun viza ham berishmaydi. Hech narsa bo`lmayapti-ku, faqat quruq gaplar, siyosiy o`yin ketayapti. Qanaqa qilib ular bergan va`dasini ustidan chiqadi, kim bunga javobgar bo`ladi. Bu quruq gaplar, sanksiya kiritilgandan buyon eshitib kelayapmiz. Uch yil davomida biror bir natija bo`lishi kerak edi,” - deydi huquq himoyachisi Surat Ikromov.

Abdurahmon Tashanovning aytishicha, uch oy yoki yaqin bir yilda o`zgarish bo`lishi qiyin.

“Yevropa Ittifoqi optimist jihatdan yondashib, umid qilayapti, lekin men huquq himoyachisi va jurnalist sifatida biror o`zgarish bo`lishiga shubha qilaman, yana  vaqt ko`rsatadi,” - deydi Tashanov.

Huquq himoyachisi Suhrob Ismoilov o`zgarish bo`lishi mamlakatni ichidagi siyosiy irodaga bog’liq, agar hukumat xohlasa qiynoqlar bir kunda to`xtashi mumkin deydi.

Yevropa Ittifoqi va rasmiy Toshkent muloqotlarida qamoqdagi inson huquqlari himoyachilarining taqdiri ham muhim o`rin tutadi. 

Hozirgacha bir necha faol ozodlikka chiqdi, yana ko`plari qamoqda saqlanmoqda. Yaqinda esa hukumat tanqidchisi sifatida tanilgan shoir Yusuf Juma militsiyani haqoratlash va tan jarohati yetkazish aybi bilan 5 yil qamoq jazosiga hukm qilindi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
O'zbekistonda yangi siyosiy-ekologik harakat shakllanishi mumkin

  Boshqa xabarlar
O'zbekistonlik olimlar kashfiyotini takomillashtirish umidida  Audio Clip Available
BMTda O'zbekistondagi huquq ahvoli muhokamada
AQSh Qozog'istonni islohotlarni jadallashtirishga chaqirmoqda
Tahlilchilar: Rasmiy Toshkent siyosiy burilishlar zaruratini anglamoqda
AQShga qarashli nohukumat tashkilot ro'yxatdan o'tdi
Vashington Kosovo mustaqilligini qo'llab-quvvatlaydi
Amerikaliklar orasida arab dunyosiga qiziqish ortmoqda
AQSh Olimpiya jamoasi Xitoyga otlanmoqda
Nebraska Universiteti - ko'psonli afg'onlar uchun vatan
Amerika Ovozi qurbon bo'lgan jurnalistlarni xotirlaydi
Markaziy Osiyo: Suv taqsimoti bo'yicha kelishuvdan darak yo'q
O'zbekistonda g'alladan daromad ko'rayotgan dehqon emas
Eron yadro dasturini tugatish bo'yicha muzokara natijasiz tugadi
AQSh Kosovoga 400 million dollar yordam ajratmoqda
Oziq-ovqat muammosini yechish katta mablag' talab qiladi
O'zbekiston xalqi o'z huquqini biladimi? Uni talab qila oladimi?
Jahonda bir milliard odam toza suvga muhtoj
Xitoy hukumati uyg'ur faollarini terrorizmda ayblab, qamamoqda  Audio Clip Available
Prezidentlikka da'vogarlar xorij safarlariga e'tibor qaratmoqda
Fransiya O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarini tiklamoqchi
Baltimor - Amerikaning geroin poytaxti