Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
O'zbekistonda erkin e'tiqod qilish mumkinmi?


02/05/2008

Huquq himoyachilari fikricha, O`zbekistonda diniy ayblov yuzasidan ta`qiblar kuchaymoqda.

Xalqaro hisobotlarda O`zbekiston diniy e`tiqod erkinligi keskin cheklangan sanoqli davlatlar qatorida tilga olinadi.

Chunonchi yaqinda missionerlik bilan shug’ullangan bir necha fuqaro ustidan sud jarayoni o`tgan. 

Ekstremist tashkilotlarga aloqadorlikda ayblangan bir guruh musulmonlar uzoq muddatga qamalgan.

O`zbekistonda fuqarolarni noqonuniy diniy tashkilotlarga aloqadorlikda ayblab, sudlash hollari tez-tez kuzatiladi. Yaqinda boshqa diniy konfessiyaga aloqador odamlar javobgarlikka tortilgani xabar qilingan.

“Uzmetronom” axborot sayti Samarqandda nasroniylikning “Iyegova shohidlari” oqimi a`zosi Olimjon To`rayev missionerlikda ayblanib, to`rt yil qamoq jazosiga hukm qilingani haqida xabat bergan. Biroz avval bu oqimning boshqa bir a`zosi missionerlikda ayblanib, 2 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Mazkur sayt muharriri jurnalist Sergey Yejkovning aytishicha, ko`p davlatlarda missionerlik taqiqlanmagan, insonning kimga sig`inishi o`ziga xavola.

“Biroq bu mamlakat qonunchiligiga to`g`ri kelmasa, boshqa masala. Menimcha, bu yerda biror siyosiy sabablar haqida gapirish kerak emas. Har bir davlat bu sohada o`ziga ma`qul ravishda tartib o`rnatishga harakat qiladi, bunday tartib o`rnatilishi to`g`rimi yoki noto`g`rimi, boshqa masala”, - deydi Sergey Yejkov.

O`zbekistonda diniy e`tiqodi uchun ta`qibga uchraganlarning ko’pi musulmonlar bo`lsa-da, keyingi paytda nasroniylarga ham tazyiq kuchaygani ta`kidlanmoqda.

Samarqand va Toshkentda nasroniylikning turli oqimiga qarashli bir necha cherkov va ibodatxona yopilgan. Ayrim xabarlarga ko`ra, missionerlikka qarshi kurashish uchun mahallalarda tushuntirish ishlari boshlangan.

O`zbekistonda yuzlab odamlar diniy ekstremizga aloqadorlikda ayblanib qamalgan. Huquq himoyachilari fikricha bu mahbuslar hukumat ta`kidlayotganidek ekstremistlar emas, balki asosan diniy e`tiqodi uchun jazolangan musulmonlar.

Yaqinda Qashqadaryoda diniy ekstremizm va aksilkonstitutsiyaviy harakatda ayblangan 14 kishi 13 yildan 20 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilindi.

Ayblanuvchilarni himoya qilgan advokat Ruhiddin Komilov bu borada o`tgan sud-tergov jarayonini sharmandalik deb ataydi.

“13-14 kishi ayblanayapti. Qanaqadir yangi oqim, jihodchilar oqimi tashkil qilib, davlat to`ntarishi qilmoqchi emish. Vaholanki, sud jarayonida aniq bo’ldiki, ko`pchiligi bir-birini tanimaydi. Ularni yagona maqsad atrofida birlashgan deb, yo`q narsadan bor narsa qilishdi. Diniy e`tiqod yuzasidan o`tgan bu ishni oladigan bo`lsak, ayblov mavhum, g`ayriqonuniy, g`ayri-insoniy. Besh mahal namoz o`qisam, nimasi gunoh deyishayapti sudda”, - deydi Ruhiddin Komilov.

Huquq himoyachisi Abdusalom Ergashev fikricha islom bag’rikenglikni targ`ib etadi, biroq O`zbekistonda bu qoidalar buzilmoqda.

“1990-yillardan boshlab sobiq ittifoqdagi ko`pchilik musulmonlarda haj ziyoratiga borish imkoniyati tug`ildi. Odamlar bu mamlakatlarda islomdagi bag`rikenglikni o`z ko`zlari bilan ko`rishayapti. U yerda bir necha xil mahzabdagi odamlar namoz o`qishadi. Hech kim hech kimga tanbeh bermaydi. Sen nega bu mahzabda namoz o`qiyapsan deb. Bag`rikenglik emas, bag`ritorlik avj olib borayapti. Bu aslida boshqa mahzablar huquqini poymol qilishdan boshqa narsa emas,” - deydi Abdusalom Ergashev.

O`zbekiston musulmonlar idorasi mamlakatda diniy e`tiqod erkinligi buzilayotganini inkor etadi. Rasmiy idoralar O`zbekistonda turli konfessiyalar ro`yxatga olingani, ochiq faoliyat yuritayotganini, missionerlik qonun bo`yicha taqiqlanganini ta`kidlaydi.  

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Katta Sakkizlikka a'zo davlatlar sammiti ish boshlayapti

  Boshqa xabarlar
Dollar qadri pasayishda, neft narxi o'sishda davom etyapti
O'zbekistonda yosh kadrlar saviyasi nima uchun pasaymoqda?
AQSh siyosiy sahnasida uchinchi yirik partiyaga o'rin yo'q
AQSh harbiylari Eron bilan urush boshlash ortiqcha degan fikrda
Bush Afg'onistonga qo'shimcha askar jo'natishga va'da bermoqda
Sibir suvlarini Markaziy Osiyoga burish loyihasi yana muhokamada
Rossiya va Ukraina gaz, NATO va Sevastopolni muhokama qilgan
Siyosiy maydonda ayollar hamon ozchilik
AQSh qonunchilari Qozog'istonni va'dasida turishga chaqirmoqda
"Ozodlik" o'z jurnalistlari taqdiridan xavotirda
Tahlilchilar: O'zbekistonda korrupsiya - tirikchilik
Qozog'iston Yevropa talablarini qondirish harakatida  Audio Clip Available
Rossiya Yevropa qistovi bilan islohotlar qilishi mumkinmi?
AQSh Pokistonning terrorchilarga qarshi sust harakatidan norozi
Rossiya-Yevropa hamkorlik bitimi yangilanyapti
O'zbekistonda internet cheklanayotganiga qarshi kurash
Korrupsiya qoradoriga qarshi kurash yo'lida asosiy to'siq
O'zbekiston va Xitoy gaz quvuri qurish arafasida
Jahon Banki O'zbekistonda yangi strategiya asosida ishlaydi  Audio Clip Available
Amerikada qolishning eng oson yo'li soxta nikohmi?
Guantanamodagi uyg'ur mahbus ishi qayta ko'riladi