Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
Birmada tabiiy ofat 22 mingdan ziyod kishining yostig'ini quritdi


06/05/2008

Birmada Nargis to’fonidan halok bo’lganlar soni 22 mingdan oshgan. To’fon harbiylar boshqaruvidagi bu mamlakatni xonavayron qilgan, 41 ming kishi bedarak yo’qolgan. Oziq-ovqat va ichimlik suvi narxi ko’tarilgani xabar qilinmoqda.

Guvohlarning aytishicha aholi orasida hukumatning sust yordamiga nisbatan norozilik kuchaymoqda. O’tmishda xalqaro yordamdan voz kechgan hukumat bu gal AQSh, Yevropa Ittifoqi va Osiyo davlatlari taklif qilayotgan ko’makni qabul qilishga tayyorligini bildirgan.

Qo’shma Shtatlar dastlab elchixonasi orqali e’lon qilgan 250 ming dollar yordamini  3 million dollarga oshirgan. Ammo Birma hukumati talofat ko’lamiga baho berish uchun AQSh mutaxassislarini mamlakatga kiritmayapti. AQSh - Birmaga iqtisodiy sanksiya qo’ygan mamlakatlardan biri.

Yevropa Ittifoqi 3 million dollar, Xitoy 1 million dollar va Britaniya alohida qariyb 10 million dollar va’da qilmoqda. Hindiston Birmaga oziq-ovqat, palatka va dori-darmon bilan to’ldirilgan ikki harbiy kemasini safarbar etgan.

Xorijiy tez yordam guruhlari Birmaga kirish uchun viza olishga majbur. Birlashgan Millatlar Tashkiloti harbiy xuntani bu talablarni vaqtincha bekor qilishga undamoqda.

Xalqaro Qizil Xoch qo’mitasi falokat ko’lamini 2004 yilgi tsunami oqibatlariga qiyoslaydi. Kamida 1 million aholi favqulodda ko’makka muhtoj.

Osiyodagi eng qashshoq mamlakatlardan biri Birma xalqaro hamjamiyatdan juda oz miqdorda ko’mak oladi. Chunki 10 yil oldin qo’yilgan sanksiyalar hali ham amalda. O’tgan yili hukumatga qarshi namoyishlar kuch bilan bostirilgan edi.

Birma konstitutsiyasi 10 may kuni ovozga qo’yilishi kutilgan edi. Eng ko’p ziyon ko’rgan shaharlarda referendum 24 mayga qoldirilgan.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Rossiyaga oltin, Gruziyaga kumush, AQShga esa bronza?

  Boshqa xabarlar
Rossiya Gruziya kuchlarini Abxaziya va Osetiyaga yo'latmaydi
NATOning nimaga qodirligi sinovdan o'tmoqda
O'zbeklar tarixi haqida yangi kitob  Audio Clip Available
Paxtakorlar: O'quvchilarsiz hosilni kim teradi?
Polsha AQSh mudofaa tizimini qabul qilishga tayyor
Rossiya Gruziyadan chiqishga undayotgan hujjatga veto qo'yadi
Rossiya tinchlikparvar kuchlari Janubiy Osetiyani tark etmaydi
So'zlar urushi: AQSh "ko'zbo'yamachi"; Rossiya "buzg'unchi"
O'zbekiston Janubiy Osetiyaga insonparvarlik yordami beradi
O'zbekiston aholisining qariyb uchdan biri xorijda
Tahlilchilar: Gruzin va osetinlar siyosiy o'yinlar qurboni
Millatchilik - Kavkazdagi mojaro zaminida yotgan omil
Rossiya AQShga: Yo biz bilan hamkorlik, yo "demokratik proyekt"
Rossiya MDHning istalgan davlatini istilo qilishi mumkinmi?
Bushning yosh mustaqil davlatlarga nisbatan siyosati qoralanmoqda
Hukumatni muloqotga chorlagan muxolifatchi badarg'a qilingan
Sharh: Rossiya agressor, ammo Gruziya ham farishta emas